Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari


Pul mablag’larining ekvivalentlari



Download 82,4 Kb.
bet4/5
Sana13.07.2022
Hajmi82,4 Kb.
#792188
1   2   3   4   5
Bog'liq
mhxs

Pul mablag’larining ekvivalentlari
Pul mablag’larining ekvivalentlari - belgilangan summadagi pul mablag’lariga oson aylantiriladigan va qiymatining o’zgarishi jihatidan sezilarsiz darajadagi hatarga ega bo’lgan, qisqa muddatli va yuqori likvidli investitsiyalardir. Pul mablag’larining ekvivalentlari investitsiya yoki boshqa maqsadlari uchun emas, balki qisqa muddatli majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi. Investitsiyani pul ekvivalenti deb hisoblash uchun, u belgilangan summadagi pul mablag’iga oson aylantiriladigan va qiymatidagi o’zgarishlar hatari sezilarsiz darajada bo’lishi lozim. Shu sababli, investitsiya odatda uning so’ndirish muddati qisqa bo’lsagina, ya’ni xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy yoki undan kam muddat ichida to’lanadigan bo’lsa, pul mablag’larining ekvivalenti deb hisoblanishi mumkin. Ulushli investitsiyalar pul ekvivalentlariga kirmaydi, bundan ular, aslini olganda, pul mablag’larining ekvivalentlari bo’lgan holatlari istisno, masalan so’ndirilishiga qisqa muddat qolganda sotib olingan va so’ndirilish muddati aniq belgilangan imtiyozli aktsiyalar misolida kabi. Oshiqcha pul mablag’larini ularning ekvivalentlariga investitsiya qilish pul mablag’larini boshqarish bo’lib hisoblanadi.
Pul oqimlari - pul mablag’lari va pul ekvivalentlarining kirimi va chiqimi.
Operatsion faoliyat - xo’jalik sub’ektining asosiy daromad keltiruvchi faoliyati hamda investitsion va moliyaviy faoliyat hisoblanmagan boshqa faoliyat turlari.
Investitsion faoliyat - uzoq muddatli aktivlarning hamda pul ekvivalentlariga kirmaydigan boshqa investitsiyalarning sotib olinishi va chiqib ketishi.
Moliyaviy faoliyat - xo’jalik sub’ektining qo’yilgan kapitali va qarz mablag’larining miqdori va tarkibidagi o’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi faoliyat.

Hisob ciyosati – bu xo’jalik sub’ekti tomonidan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda va taqdim etishda qo’llaniladigan muayyan tamoyillar, usullar, odatlar, qoidalar va amaliyotlardir.


Buxgalteriya hisobi maqsadida baholashdagi o’zgarish - aktivlar va majburiyatlarning joriy holatini hamda ular bilan bog’liq bo’lgan, kelgusida kutilayotgan manfaat va majburiyatlarni baholash natijasida, aktiv yoki majburiyatning balans qiymatini, yoki aktivdan davriy foydalanish summasini tuzatishdir. Buxgalteriya hisobi maqsadida baholashdagi o’zgarishlar yangi ma’lumotlar olinishi yoki yangi hodisalar ro’y berishi natijasida yuzaga keladi, va, shu sababdan, xatolarni tuzatish bo’lib hisoblanmaydi.
Oldingi davr xatolari xo’jalik sub’ektining bir yoki undan ortiq oldingi davrlari uchun moliyaviy hisobotlaridagi buzilishlar va tushirib qoldirishlardir; ular ishonchli axborotdan foydalanmaslik yoki noto’g’ri foydalanish natijasida yuzaga keladi va ushbu axborot:

  1. mazkur davrlar uchun moliyaviy hisobotlar chiqarilishi ruxsat etilganida mavjud bo’lgan; va

  2. mazkur moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish chog’ida olinishi va hisobga olinishi oqilona ravishda kutilishi mumkin bo’lgan axborotdir.Bunday xatolar matematik yanglishishlar, hisob siyosatini qo’llashda yo’l qo’yilgan xatolar, e’tiborsizlik yoki faktlarni noto’g’ri talqin etish oqibatlarini hamda firibgarlikni o’z ichiga oladi.

Restrospektiv qo’llash - yangi hisob siyosatini operatsiyalar, boshqa hodisalar va vaziyatlarga nisbatan ushbu siyosat oldin ham har doim qo’llanilganidek tarzda qo’llash.
Retrospektiv qayta hisoblash - moliyaviy hisobotlardagi elementlar summalarinining tan olinishi, baholanishi va oshkor qilinishini oldingi davrda xatoga hech qachon yo’l qo’yilmaganidek tarzda tuzatish.
Hisobot davridan keyingi hodisalar - hisobot davri tugagan sana bilan moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish uchun tasdiqlash sanasi o’rtasidagi oraliqda yuzaga kelgan, ijobiy va salbiy, hodisalardir. Hodisalar ikki xil bo’la oladi:

  1. hisobot davrining oxirida mavjud bo’lgan shart-sharoitlarni tasdiqlaydigan hodisalar (tuzatishlar kiritilishini talab etadigan hisobot davridan keyingi hodisalar); va

  2. hisobot davridan keyin yuzaga kelgan shart-sharoitlarni ko’rsatadigan hodisalar (tuzatishlar kiritilishini talab etmaydigan hisobot davridan keyingi hodisalar).



Xulosa
Shunday qilib, MHXSK tomonidan hozirgacha ishlab chiqilgan standartlardan foydalanish xalqaro hamjamiyatga yuqori samara bermoqda, deb xulosa qilish mumkin.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha Komitet (MHXSK) – nodavlat tashkilot bo’lib, unga butun jaxon buxgalterlik faoliyati sohasining vakillari a’zodirlar. Komitet doimiy ravishda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini ishlab chiqish va rivojlantirish uchun javobgardir. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari esa, ma’lumki, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish bo’yicha xalqaro miqyosda umumqabul qilingan qoidalardir.
MHXSK – mustaqil notijorat tashkilot bo’lib, u butun jaxonda tijorat korxonalari va boshqa tashkilotlar tomonidan moliyaviy hisobotlarni tuzish jarayonida qo’llaniladigan buxgalterlik printsiplarini muvofiqlashtirishga erishish maqsadida tuzilgandir.
Gap shundaki, BMT davlatlararo ekspert guruhi bir qancha korporatsiyalar buyicha hisobni tashkil etish amaliyoti va 46 milliy hisob tizimi buyicha hisobot berilishini o’rganib chiqib, ko’p ko’rsatkichlar bo’yicha milliy hisob tizimlarini taqqoslab bo’lmasligi haqidagi xulosaga keldi. Markaz hisobotida shunday xulosaga kelindi: ayrim rivojlangan mamlakatlarda ko’p sonli kompaniyalar hisob davrining oxirigacha e’lon kilingan foydaga tenglash maqsadida turli rezerv tizimlarini ishlatadilar. Milliy hisob tizimlarida amaldagi barcha belgilari bo’yicha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda milliy tizimlarni ajratib turgan bir qancha farqlar o’rin egallar ekan.



Download 82,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish