• 0‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan
korxona faoliyatini ay rim
tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuksaltirilgan boshqa
davlat organlariga.
0‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan:
- barcha korxona va muassasalar uchun hisobot yili 1 уanvardan 31-dekabrgacha
bo‘lgan davr hisoblanadi.
- yangi tashkil etigan korxona va muassasalar uchun birinchi liisobot yili boMib,
ular yuridik huquqqa ega bo‘lgan sanadan shu yilning 31 dekabrigacha bo‘lgan davr
hisoblanadi. 1-oktyabrdan keyin tashkil etilgan (tugatilgan, qaytadan tashkil etilgan)
korxonalar va ulaming strukturaviy bo‘linmalari asosida tashkil etilganlardan
tashqari korxonlara uchun ulaming yuridik huquqqa ega bo‘lgan sanadan keyin
yilning 31-dekabrigacha bo‘lgan davmi birinchi hisobot yili davri hisoblashga ruxsat
beriladi.
- korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini 0‘zbekiston Respubilkasi
Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar.
Shuni ham eslatib o‘tish kerakki, korxonaning xo‘jalik faoliyati natijalari, mulkiy va
moliyaviy holati to‘g‘risidagi yillik buxgalteriya hisoboti foydalanuvchilar (birja,
xaridor, mol yurituvchi va boshqalar) uchun ochiq bo‘lib nashr etilishi mumkin.
Nashr etilgan hisobotning to‘g‘riligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan
tasdiqlanadi.
Hisobot buxgalteriya hisobining natijasi bo‘lib, subyektning moliyaviy bo‘g‘indagi
o‘zgarishlarini aniqlab beradi131.
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi tizimining yakuniy natijasi sifatida moliyaviy
hisobot subyektining moliyaviy holatini va
uning moliyaviy ahvolidagi
o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Bunday axborotlardan ko‘plab iste’molchilar quyidagi
maqsadlardla foydalanadi:
a) kreditlar berish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va investitsion qarorlar qabul qilish
uchun;
b) subyektning kelgusidagi pul oqimlarini baholash;
c) subyektning resurslari, majburiyatlari va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida
tasavvurga ega bo‘lish.
Moliyaviy hisobotning tarkibi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 22-
moddasi va 1-son BHMSning 12-bandida ko‘rsatilgan.
Xo‘jalik subyektlarining (kichik korxona va mikrofirmalardan tashqari) yillik
moliyaviy hisobotlari quyidagilardan tashkil topadi:
- «Buxgalteriya balansi» (1-shakl);
- «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» (2-shakl);
- «Pul oqimi to‘g‘risida hisobot» (4-shakl);
- «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot» (5-shakI);
- izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Moliyaviy hisobotlarda quyidagi axborotlar to‘liq aks ettirilishi kerak:
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, mulkchilik shakli,
yuridik manzili,
identifikatsiyalangan nomeri va subyektni aniqlab olish uchun zarur bo‘ladigan
boshqa
rekvizitlar;
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili,
indentifikatsiyalangan nomeri va subyektni aniqlab olish uchun zarur boMadigan
boshqa rekvizitlar;
3. Moliyaviy hisobot bir korxonanikimi yoki bir guruh korxonanikimi;
4. Hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotlar qaysi davami o‘z ichiga olishi;
Topshirilgan hisobot axborotlarini to‘g‘ri tushunish uchun quyidiga rekvizitlar
keltirilishi lozim;
1. Moliyaviy hisobotda qo‘llanilgan valyuta turi;
2. Hisobotda foydalanilgan raqamlaming aniqlik darajasi, masalan, keltirilgan
raqamlar ming hisobida yoki million hisobida ekanligi va h.k.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarini keyingi yilning 15 fevraldan
kechiktirmasdan topshirishlari kerak.
Bir shaharda joylashgan subyektlar uchun moliyaviy hisobotni topshirgan kuni deb
uni tegishli joyga haqiqiy taqdim etgan kuni hisoblanadi. Boshqa shaharlarda
joylashgan subyektlar uchun moliyaviy hisobotni pochta orqali jo‘natgan kuni
hisoblanadi (bu kun pochta korxonasini qo‘ygan shtampasida ma’lum).
Basharti hisobotni jo‘natgan sana dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, hisobot topshirish
sanasi dam olish kunidan keyingi kunga ko‘chiriladi.
Choraklik yoki yillik hisobotlarni o‘z vaqtida tuzishni ta’minlash
uchun
buxgalteriyaning barcha bo‘limlarini ishlarni bajarishi muddatlarini ko‘rsatib
yig‘ma ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi t|iiyida yuritilsa, grafik bilan
belgilangan muddatlarda jumal - ordcrlaming jami chiqariladi, zarur bo‘lsa bir
registrdagi summa boshqa registrlarga o‘tkaziladi va korrespondentlanuvchi
schyotlar o‘zaro muqobil tekshiriladi.
Moliyaviy hisobotga tushuntirishlaming asosiy maqsadi korxonaning moliyaviy
ahvoli
va uning mahsulot, tovar, ish va xizmatlar bo/.oridagi o‘mi to‘g‘risida
to‘liqroq axborotlar olish uchun hisobot •.liakllarining mazmunini to‘ldirishdan
iborat.
Tushuntirish xatining mazmuni korxonaning joriy investitsion va moliyaviy
faoliyatining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, jnmladan korxona ixtiyorida
qoladigan foydaning taqsimlanishi yoki (aqsimlanmasligi to‘g‘risidagi
ma’lumotlami o‘z ichiga oladi. Hisob siyosatining tovar-moddiy zaxiralami
baholash, ulaming tayyorlanishi va ishlatilishi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar
bo‘yicha amortizatsiya hisoblash hamda ular faol qismidan foydalanishning
samaradorligini tahlil qilish, mahsulot (ish, xizmat) realizatsiyasidan olinadigan
tushumlami
hisoblash variantlari, yangi mahsulotlami ishlab chiqishga doir turli
investitsion loyihalaming rejalashtirilish va amalga oshirilishi, uning sifatini
yaxshilash va hokazolar bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.
2015-yilga qadar soliq to‘lovchilar qay tarzda hisobot taqdim etishni o‘z
xohishlariga qarab tanlashlari mumkin edi - shaxsan olib borib berish, pochta orqali
buyurtma xat bilan yoki Internet tarmog‘i orqali elektron hujjat tarzida. Biroq, 2015-
yilning 1-yanvaridan boshlab barcha tadbirkorlik subyektlari soliq hisobotlarini
faqat elektron hujjat tarzida taqdim etishlari lozim.
Moliyaviy hisobot shakllariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi, imzolar muhr
bilan tasdiqlanadi.
Moliyaviy hisobotda o‘chirish va ustiga yozishlar bo‘lmasligi kerak. Xatolar
tuzatilgan taqdirda
tegishli qaydlar qilinadi, ulami moliyaviy hisobotlarga imzo
chekkan shaxslar tasdiqlab, tuzatish sanasini ko‘rsatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: