13-amaliy mashg‘ulot (2 soat)
MAVZU:
“
MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM
ETISH
”
Maqsad:
Moliyaviy hisobotining maqsad va vazifalari, moliyaviy hisobotlarini
tuzish va taqdim etish, buxgalteriya balansini tuzish tartibi
ni talabalarga o’rgatish.
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi BHMS 21-son O’zR Moliya Vazirligining
2002 y. 9 - sentyabrda 103-sonli buyrug’i.
2.
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonuni.
1996 y. 30 avgust.
3.
Makarov B.C. Teoriya buxgalterskogo ucheta. MT.: «Statistika», 1974
g.
Ishning mazmuni:
13.1. Moliyaviy hisobotining maqsad va vazifalari
Buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy maqsadi ma’lum bir xo‘jalik subyektining
barcha xo‘jalik muomalalarini rasmiy ravishda hisobda aks ettirish va ma’lum bir
davrlarda foydalanuvchilarga zaruriy ma’lumotlami berish hisoblanadi.
Moliyaviy hisobot alohida mustaqil korxona bo‘lishi yoki xo‘jalik yurituvchi
korxonalaming uyushgan guruhiga kirishidan qat’iy nazar, bajaradigan va subyektga
ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy voqealarni va muomalalami ko‘rsatish usuli
hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlaming maqsadi korxonaning moliyaviy ahvolidan,
uning
faoliyatidan va uning pul mablagMari harakati bo‘yicha ma’lumot berishdan iborat
bo‘lib, u foydalanuvchilarning keng guruhiga iqtisodiy qarorlar qabul qilishlari
uchun zarurdir.
Buxgalteriya shaxs, firma uchundir, faqat xarajatlar va daromadlar ta’sirining
xolisligi moliyaviy hisobotlarda e’tirof etiladi. Barcha tashqi ma’lumotlarga e’tibor
berilmaydi. Shuning uchun firmalar jamiyat, kelajak
avlod va jahonga tartibga
soluvchi joriy qilingan muayyan qonun va jarimalarsiz zarar yetkazishi mumkin.
Tashqi faktorlar mas’uliyatining samaradorligi bunga misoldir, faqat jamoatchilik
fikri va siyosiy bosim uni orbitani o‘rtasiga harakatlantiradi, shundan keyin,
kutilayotgan kelajak avlod joriy jamiyatni o‘mini egallaydi. Agar siyosiy bosim
yetarlicha kuchli bo‘lsa, muammo uni mas’uliyatli
ichki orbitasiga uni
harakatlantiradigan qonunchilikni tortadi, huquqni muhofaza qilish xodimlari
muvofiqligini ta’minlash uchun vakolatli bo‘ladi Korxonaning joriy faoliyati
ma’muriyat tomonidan boshqaruv lunksiyalarini safarbar qilish yo‘li bilan amalga
oshirilib, uning natijalari buxgalteriya hisobi tizimida aks ettiriladi. Xo‘jalik
yurituvchi subyekt lomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan xo‘jalik
muomalalari to‘g‘risidagi axborotlar tegishli hisob registrlarida umumlashtiriladi va
guruhlangan holda ulardan buxgalteriya liisobotlariga o‘tkaziladi.
Buxgalteriya
hisobini huquqiy-me’yoriy lartibga solish tizimida hisobot korxonaning mulkiy va
moliyaviy ahvoli liamda moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlaming yagona tizimi sifatida qaraladi. Hisobotlar ma’lum hisobot davri
uchun belgilangan shakllar bo‘yicha tayyorlangan buxgalteriya hisobi axborotlari
asosida tuziladi. 0‘z navbatida hisobot davri - bu korxona moliyaviy hisobotini
tuzishi lozim boigan davr.
Hisobot - xo‘jalik yurituvchi subyektlaming o‘tgan vaqt ichidagi ishlari natijalari va
sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui bo‘lib, undan faoliyatini tahlil, nazorat
qilish va boshqarish maqsadida foydalaniladi.
Buxgalteriya hisoboti - bu hisobot davri uchun korxona faoliyatining natijalari,
tegishli tarzda tasdiqlangan
shakllarda taqdim etiladigan, o‘zaro bog‘liq
ko‘rsatkichlar to‘plami.
Hisobot - ma’lum bir davr mobaynida amalga oshilgan biznes operatsiyalari
natijalari tog‘risidagi ma’lumotlar majmuidir. Hisobot faoliyatning ma’lum bir davr
oralig‘ini tahlil qilish va boshqarish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi .
Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar,
ularni ishlab chiqarish
xarajatlari, xo‘jalik mablag‘lari va ularni tashkil qilish manbalari, ishlaming
moliyaviy natijalari, soliqqa tortish va dividendlar to‘g‘risidagi ma’lumotlami o‘z
ichiga oladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyati ustidan kundalik nazoratni hujjatlar va
hisobot registrlariga asosan olib boradilar. Lekin uzoq vaqt (oy, chorak, yil)
davomida xo‘jalik faoliyatini yakunini bilish uchun bu ma’lumotlar yetarli emas.
Ularni umumlashtirish va tizimga keltirish zarur. Bunga hisobot tuzish yo‘li bilan
erishiladi.
Moliyaviy hisobotga qo‘yiladigan talablardan biri - uni rasmiylashtirish hisoblanadi.
Bu moliyaviy hisobotni tuzish ham mulklar, majburiyatlar va xo‘jalik muomalalarini
buxgalteriya hisobida aks ettirish kabi, o‘zbek tilida va milliy valyuta - so‘mda
amalga oshirilishini bildiradi. Moliyaviy hisobot
korxonaning rahbari va bosh
buxgalteri tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi.
Ichki buxgalteriya hisobotlari korxonaning tijorat sirlari oshkor qilinmasligi uchun
e’lon qilinmaydi. Tijorat siri hisoblangan ma’lumotlami noqonuniy olish va oshkor
etish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Hisobotning har bir shakli va undan foydalanish xo‘jalik mablag‘larini hamda ularni
qoplash manbalarini tahlil qilishda batafsilroq ko‘rib chiqiladi.
Birinchi uch guruh elementlar (aktivlar, majburiyatlar va aksiyadorlik kapitali/sof
aktivlar) to‘g‘risidan - to‘g‘ri balans hisobotiga, keyingi turt element esa
(daromadlar, xarajatlar, foyda va zararlar) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi
hisobotga tegishlidir.