MAVZU: KORXONA FAOLIYATINI REJALASHTIRISHNING MOHIYATI, ASOSIY TAMOYILLARI VA USULLARI.
REJA:
1. Rejalashtirishning moxiyati va korxona faoliyatini baholash usullari, rejalashtirish jarayoni hamda yechim qabul qilish.
2. Reja tuzishning variantlari va tamoyillari.
3. Korxona tuzilishi va rejalashtirish.
4. Tavakkallikni baholash.
5. Rejalashtirish boshqarishning muhim vazifalari.
1.Rejalashtirishning moxiyati va korxona faoliyatini baholash usullari,
rejalashtirish jarayoni hamda yechim qabul qilish.
Rejalashtirish jarayoni deganda rejali-iqtisodiy masalalarning turkimlarini va ruyxatini, ketma-ketligini, ularning yechish vositalari va usullarini tushunish lozim. Rejalashtirish bu korxona uchun maqsadlarni tanlash jarayonini bildiradi, shu bilan birga ushbu maqsadlarni amalga oshirish yo’lida qanday yechimlar qabul qilish lozimligini ko’rsatadi. Ustuvor (strategik) rejalashtirish barcha boshqarish yechimlari uchun asosini ta’minlaydi. Uning faoliyatiga resurslar (sarmoyalar, yer, Mehnat, tadbirkorlik kobilyati) ni taksimlash, tashki muhitga moslashuv, ichki muvofiklashuv va tashkiliy bosh vazifani tanlash kabilar kiradi. Bosh maqsad oliy rahbar tomonidan shakillanadi va ishlab chiqiladi. SHaxsiy korxonalarda korxonaga asos solgan odam (mulkdor) o’zining maqsadlarini kushib olib borishi va uni korxona rejasida amalga oshirishi mumkin. Bosh vazifa va maqsadlarni aniqlangandan keyin rahbariyat tashki muhitni quyidagi uchta ulcham bilan baholaydi:
1).Joriy rejalashtirishning har xil yo’nalishlarda paydo bo’ladigan o’zgarishlarni baholash:
2). Korxonaning joriy bosh yo’nalishi uchun qaysi omillar xavf solishini aniqlash.
3). Rejani to’g’rilash yo’li bilan korxonaning maqsadlariga erishish uchun qaysi omillar yuqori imkoniyatga egaligini aniqlash.
Omillar sifatida quyidagilarni tahil etish lozim:
Iqtisodiy, siyosiy, bozor, texnologik, xalqaro, raqobatchilik va ijtimoiy xulk, tashki xavf va imkoniyatlar ruyxati.
Rejaning hamma ko’rsatkichlari bo’yicha boglangan umumiy yechim olish uchun ba’zi bir masalalarni o’zaro kichiq yechimlarini moslash usullarini ishlab chiqish, har bir masalani quyilishi va yechimi uchun javobgar bo’limlar tarkibi va shaxslarni aniqlash va nixoyat umumiy reja bo’yicha belgilangan davrada yechim qabul qilish katta ahamiyatga ega. Yechim qabul qilishda hisobga olishning mavjud usullari va tavakkal baholashlarni tahil etishga asoslanib, olimlar( O. Lange, P. Fishberna, T. Bochkan, R Kinni, X Rayfi, A. Pervozvanskiy, L. Yevlanov, O. Lorichev va boshqalar ) ikkita asosiy yo’nalishlarni ajratib ko’rsatgan edilar. Bu usullar foydalilik nazariyasi va «muvozanatli ifodalash» usulidir. Foydalilik nazariyasi ma’lumotlari noaniqligi darajasi tobeligidan kelib chiqkan ko’pgina mumkin bo’lgan yechimlarni qisqartirish usullrini beradi. Juda ko’p mumkin bo’lgan yechimlarda yagona yechim qabul qilishni insonga yuklatiladi. Rejalashtirishning uslublari alohida ko’rsatkichlar va rejaning bo’limlarini ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan, ularni o’zaro muvofiklashtirish va boglash hamda rejaning bajarilishini tahil etish uchun zarur bo’lgan texnikaviy-iqtisodiy va iqtisodiymatematik hisoblashlarning muayyan usullarini ifodalaydi. Rejalashtirishning talimoti (ilmiy metodologiyasi) ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish rejalari ishlab chiqishning umumiy talablari va usullari yigindisidir. U uslublar va rejalashtirishni tashkil etish amalga oshiriladi. Rejalashtirishning ilmiyligi ilmiy kerakli ilmiy bashorat qilish, jamiyat extiyojini aniqrog o’rganish, o’zok muddatli oldindan bilishni ishlab chiqish, hisoblashdagi variantlar o’tkazishlarni kuzatadi. Ilmiy-texnik taraqqiyotlar, matematika, iqtisodiy kibernetikaning barcha yo’nalishlari zamonaviy EXT lari, rejaning texnik-iqtisodiy asoslangan barcha ko’rsatkichlari va ilmiy asoslangan me’yor va me’yorlashlarning ilg’or tizimlarini qo’llashlarini hisobga olgandagina rejalashtirishning ilmiyligini oshirishga erishiladi. Rejalashtirishning muhim vazifalaridan biri: istiqboldagi va joriy rejalarni ishlab chiqa olish bilimlarni shakillantirish va rejalarni ishlab chiqishdagi ilmiylik darajasini oshira olish bo’yicha korxona jamoasi mo’ljallangan chora tadbirlarni ruyobga chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |