5. Rejalashtirish boshqarishning muhim vazifalari. Boshqarishning vazifalari orasida rjalashtirish va nazorat funktsiyalari o’zaro o’ta kuchli bog’likdir. Rejalashtirish va nazoratlarning o’zaro bog’likligini quyidagilar bilan ifodalash mumkin:
-rasmiy ma’lumotlar tizimiga zarurat (ma’lumot – boshqarish tizimining eng muhim vazifasi zarur odamga o’z vaqtida kerakli ma’lumotni berish);
-kompьyuter revolyutsiyasi va ma’lumot boshqarish tizimi;
-ma’lumot-boshqarish tizimini loyihalash;
-ma’lumot-boshqarish tizimining samaradorligini oshirish.
Biznes-reja boshqarishning ishchi mexanizmi yoki asbobi hisoblanadi, xuddi shuningdek faoliyat ko’rsatib turgan korxona uchun tadbirkorlik doirasining barchasida ishlatiladi. Ko’pgina tadbirkorlar biznes-rejani yetarlicha kadirlayotganlari yo’q. Ular yaxshi ishlangan biznes-reja yangi biznesga sarmoya topishga, kelajakka rejani aniqlashga, ishni qanday o’sib borishini baholash imkoniyatini beruvchi analitik jadval tuzishga katta yordam berishini tasavvur qilishlari kerak.