Moliyaviy hisobot auditi


MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/271
Sana14.12.2022
Hajmi2 Mb.
#886054
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   271
Bog'liq
Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY 
TAMOYILLARI
72 
-
tovarlar, mahsulotlar realizatsiyasidan tushumlarni boshqa balans schetiga hisoblash 
vositasida daromadlarni qisqartirish. 
Mahsulotlar realizatsiyasini tekshirish davomida yuk xatlari bo’yicha yuklash 
ko’rsatkichlarini olib chiqish uchun ruxsatnomaning o’xshash ko’rsatkichlari bilan taqqoslashga 
e’tibor qaratish zarur, chunki bunday tekshiruvlarda ruxsatnoma bo’yicha yuklash yuk xati va 
to’lov hujjatlaridagidankam (ba’zan ko’p) miqdorda mahsulot olib chiqiladi, biroq, buxgalteriya 
hisobida yuklash yuk xatidagi mahsulot realizatsiyasi ko’rsatiladi, to’satdan tekshirilganda esa
omborda uning ortiqchasi topiladi. Aksincha, guvohnomada yuklash va yuk xatidagidan ko’p 
mahsulot olib chiqilayotgani, to’satdan tekshirishda mahsulot yetishmasligi ma’lum bo’ladi 
(ba’zan bu yetishmaslikni aniqlash qiyin, bu esa, hisobga olinmagan mahsulot olib chiqib 
ketilganini, korxonada mahsulotlar to’g’ridan-to’g’ri talon-taroj qilinayotganligidan dalolat 
beradi). Bunday xulosani, yuklash hujjatlari va chiqish ruxsatnomasidagi farq sababini 
sinchiklab tadqiq qilgandan keyingina chiqarish mumkin. 
Bu tarzdagi buzilishlarni aniqlaganda ayditor mansabdor shaxslar bilan tushuntirish 
o’tkazishni talab qilishi va mahsulot realizatsiyasi va moliyaviy ko’rsatkichlar bo’yicha hisob va 
hisobot ko’rsatkichlariga o’zgartirishlar kiritishni taklif qilishi zarur. Ayditor tarkibiga butlovchi 
mahsulotlar va detallar kiradigan mahsulot realizatsiyasini sinchiklab tekshirishi, buzilishlar 
aniqlanganda, realizatsiya va foyda bo’yicha ko’rsatkichlarga o’zgartirishlar kiritishni taklif 
qilishi lozim. 
Realizatsiyadan foydani belgilashning to’g’riligini tekshirish natijalari ma’lum darajada 
auditning avvalgi bosqichlariga, qisman, ishlab chiqarish va mahsulotlarni realizatsiya qilish, 
asosiy vositalar va boshqa mulklarni tekshirish, hisob-kitob auditining nazorat proseduralari 
tekshiruvlarini o’tkazish sifatiga bog’liq bo’ladi. Realizatsiyadan tushumni va realizatsiya 
qilingan mahsulotlar tannarxini, boshqa mulklar realizatsiyasidan tushumlar va xarajatlarni 
to’g’ri hisoblab chiqish bu operatsiyalar bo’yicha moliyaviy natijalarni oldindan aniqlash va aniq 
hisoblab chiqish ob’yektivligiga imkon yaratadi. Ayditor uchun mahsulot (ish, xizmat) 
realizatsiyasidan va boshqa chiqib ketgan asosiy vositalar hamda foyda va zararlar hisobi uchun 
schetlar bo’yicha hisob registrlarida qayd etilgan boshqa aktivlar realizatsiyalaridan o’xshash 
summalarga foydaning summasi mosligini qayd etish yetarli. 
Keyingi e’tibor qaratiladigan masala realizatsiyasidan realizatsiya qilinmagan 
operatsiyalardan moliyaviy natijalarning shakllanishini tekshirishdir. 
Ayditorlik tekshiruvlari o’tkazishda debitor qarzdorligini hisobdan chiqarish, tabiiy 
ofatlardan yo’qotishlar, yong’inlar, avariyalar va boshqa ekstremal sharoitlardan kelib chiqqan 
favqulodda holatlar natijalari; xo’jalik shartnomalari bo’yicha shartlarni bajarishga taalluqli 
bo’lmagan buzilishlar bo’yicha jarimalar, aybdorlar sud qaroriga ko’ra aniqlanmagan talon-
tarojliklardan zararlar, boshqa korxonalar bilan hisob-kitoblar bo’yicha shubha (gumon)li qarzlar 
summasi kabilar to’g’ri hujjatli va qonuniy rasmiylashtirilganligiga ahamiyat berish zarur. 
Bunday ta’riflarning auditorlik tekshiruvini o’tkazish amaliyoti shundan guvohlik beradiki, 
hujjatlar sifatli tuzilmaydi, kamdan-kam hollarda, ro’yxatdan chiqarish haqida korxona rahbari 
va bosh buxgalteri tomonidan qaror qabul qilingach, bunday qarzdorlikning shakllanish sabablari 
tekshirilmaydi, korxonaning qarzdorligi solishtirish (tekshirib chiqish) akti bilan 
tasdiqlanmaydi, bunday hisobdan chiqarishlar chuqur tekshirilganda, ba’zan talon-tarojlik, 
moddiy boyliklarni alohida mansabdor shaxslar tomonidan ham, bir guruh shaxslar tomonidan 
ham suiste’mol qilishliklar aniqlanadi. Ba’zan xo’jalik shartnomalariga taalluqli bo’lmagan yoki 
ma’lum mansabdor shaxsga tegishli to’langan jarimalar korxona yoki aybdor shaxs ixtiyorida 
qolgan foydada emas, tashkilotning moliyaviy natijalariga tegishli qilib qo’yiladi. 
Tabiiy ofatlardan yoki boshqa ekstremal hodisalardan yo’qotishlar hisobdan 
chiqarilganda, ishdan chiqqan mulklar inventarizatsiya qilinadi, zararlar esa, belgilangan aktlar 
bilan hisobdan chiqariladi, qoidaga ko’ra, bunday hisobdan chiqarishlarda asos sifatida mahalliy 



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish