Moliyaviy hisobot auditi


MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/271
Sana14.12.2022
Hajmi2 Mb.
#886054
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   271
Bog'liq
Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY 
TAMOYILLARI
73 
organlarning ushbu joylarda tabiiy ofatlar bo’lib o’tgani faktini tasdiqlovchi mos keluvchi 
hujjatlari tikib qo’yilmaydi. 
Moliyaviy natijalarni tekshirishda auditor foydadan byudjet solig’iga ajratma 
(vznos)larning to’g’ri va o’z vaqtida hisoblanganligini, muassislar orasida foydaning to’g’ri 
taqsimlanganligini, maxsus fondlar to’g’ri shakllantirilganligini ham tekshirishi lozim. Foydaga 
ajratmalar va soliq to’lovlarini tekshirishdan tashqari uning ajratish va to’lov muddatlariga amal 
qilinayotganligi tekshiruvi ham o’tkaziladi. Ayditorning asosiy ishi soliqqa tortish bazasi 
hisoblashmalari va soliqlar, majburiy to’lovlar to’langanidan keyin foyda hisobiga qilinadigan 
xarajatlar to’g’riligini tasdiqlash hisoblanadi. 
Keyin ayditor korxonalarda sof foydadan foydalanishning haqiqiy tartibini va uni hisob 
siyosatida shakllantirilgan tartibga mosligini tekshiradi. Arifmetik nazorat yo’li bilan yalpi 
foyda, asosiy faoliyatdan foydalar, umumxo’jalik faoliyatdan foydalar, soliqqa tortilgunga qadar 
foydalar vas of foyda, foydadan soliqqa imtiyozlar ko’rsatkichlarining hisoblab chiqilgan 
buxgalteriya qiymatini tekshirish maqsadga muvofiq. Bunda ayditor O’zR Moliya vazirligi va 
DSQning 14.01.2002 y. va 14.01.2002 yildagi 15-sonli “Yuridik shaxslar daromadlaridan 
(foydalaridan byudjet solig’iga ajratmalar va to’lovlar (yangi tahriri)) haqida”gi va korxonaning 
hisob siyosati haqidagi Instruksiyaga tayanishi lozim. 
Ayditor buxgalteriya hisoblari schetida byudjetga to’lovlar bo’yicha operatsiyalar to’g’ri 
aks ettirilganligini tekshiradi. 
Byudjet bilan hisob-kitoblar to’lov hisob-kitobi bilan mos ravishda tashkilotning hisoblash 
schetidan to’lovlarni o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu hisoblashlar 6410- “Byudjetga 
to’lovlar bo’yicha qarzdorlik” schetida aks etadi, unda subschet ochiladi. Foydadan soliqqa 
ajratmalar bo’yicha yozuvlar quyidagicha: 
Debet 9810 “Soliq bo’yicha daromadga (foydaga) xarajatlar”. 
Kredit 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik”. 
Pul mablag’larini byudjetga o’tkazish fakti quyidagi yozuv bilan qayd etiladi: 
Debet 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik”
Kredit 5110 “Hisoblash scheti”. 
6410- “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik” schetining subscheti bo’yicha sal’do 
tashkilotning foydaga soliq to’lovlari bo’yicha haqiqiy hisob-kitoblari natijalarini xarakterlaydi. 
Debet sal’do byudjetga soliqlarni qayta to’lash summasini, kreditlisi - ushbu hisobot sanasida 
byudjetga hisoblanadigansummani bildiradi. 
Ish (tekshirish)ning yakunida auditor moliyaviy natijalarni shakllantirish, balansni isloh 
qilish operatsiyalarini tekshirishni ham qo’shgan holda, hisobi bo’yicha schetlar 
korrespondensiyalarida qo’llaniladigan sxemalar to’g’riligini aniqlashi kerak. 
9910- “Yakuniy moliyaviy natija” scheti korxona faoliyatining hisobot yilidagi yakuniy 
moliyaviy natijalari ma’lumotlarini umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Yakuniy moliyaviy 
natija foyda yoki zarar asosiy faoliyat daromadlaridan, moliyaviy faoliyat va faoliyatning bu turi 
bo’yicha xarajatlar summasiga kamaytirilgan favqulodda daromadlardan jamlanadi. 
9910 schet debeti bo’yicha korxonaning xarajatlari, kredit bo’yicha - daromadlari aks 
ettiriladi. 
Har bir hisobot davrining oxiriga 9910- “Yakuniy moliyaviy natija” schetining debet va 
kredit bo’yicha aylanmalari jamlanadi va shu schet bo’yicha umumiy sal’do hisoblab chiqiladi. 
Hisobot yilining tugashiga yillik moliyaviy hisobot tuzilishida 9910- schet 8710- “Hisobot 
yilining taqsimlanmagan foydasi (zarari)” scheti bilan korrespondensiyada yopiladi. 
Balansni isloh qilish yil oxirida bajariladi va foydani hisobga olish va foydadan 
foydalanish schetini yopishni ko’zda tutadi. 
Tekshiruv davomida aniqlangan xatolar va buzilishlarni auditor ishchi hujjatlarda 
ro’yxatdan o’tkazadi. 



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish