Moliyaviy hisobot auditi


MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/271
Sana14.12.2022
Hajmi2 Mb.
#886054
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   271
Bog'liq
Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY 
TAMOYILLARI
11 
farqdir. Qolgan hollarda auditorlarning ixtisoslashuvi biznesning auditor etarli bilim va tajribaga 
ega bo’lgan tarmog’iga bog’liq. Auditorning ixtisosi boshqa omillarga masalan, auditorlar 
amalga oshiradigan tashkiliy-huquqiy shakllarga bog’lik bo’lishi ham mumkin. 
Xalqaro amaliyotda auditorlar va auditorlik tashkilotlari ko’rsatadigan xizmat turlarining 
orasidan avvalo auditni ajratib ko’rsatadilar. Shu boisdan, bizningcha, audit turlarini tadqiq 
etishni auditorlik xizmatining boshqa turlarini tadqiq etish bilan aralashtirmaslik lozim. 
1.4. Moliyaviy hisobotda nomuofiqlik topilganda auditorning xarakati 
Moliyaviy hisobotda buzib ko’rsatishlarni aniqlash. Auditorlik tashkiloti auditorlik 
tekshiruvini rejalashtirayotganida tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy 
hisobotda buzib ko’rsatishlarning mavjudligi ehtimolini hisobga olish va undan kelib chiqqan 
holda auditorlik taomillarini ishlab chiqishi kerak. 
Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi taomillarini shunday tarzda tashkil qilishi 
kerakki, uning natijasida auditorlik tekshiruvi davomida moliyaviy hisobotdagi mavjud barcha 
muhim buzib ko’rsatishlarni aniqlash mumkin bo’lsin. 
Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvini o’tkazishda moliyaviy hisobotda buzib 
ko’rsatishlarning mavjudligi ehtimolini ko’rsatuvchi bir qator omillar borligini hisobga olishi
kerak. Ushbu omillar o’z ichiga quyidagilarni oladi: 
a)xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini samarali boshqarishni 
tashkil qilish masalalarida rahbariyatning salohiyatiga shubha qilish; 
b)auditor tomonidan berilgan savollarga to’liq asoslanmagan javoblar berish yoki to’g’ri 
javob berishdan o’zini olib qochish; 
v)xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarni uning faoliyat turiga 
yoki tashkiliy tuzilmasiga mos kelmaslgi; 
g)hisob siyosatini tez-tez va asoslanmagan holda o’zgartirish; 
d)buxgalteriyada ishlovchi xodimlar tarkibi tez-tez o’zgarib turishi (xodimlar 
qo’nimsizligini yuqoriligi); 
e)zarur auditorlik isbotlarni olishdagi yuzaga keladigan muammolar; 
j)birlamchi hujjatlar va boshqa hisob registrlaridagi (kompyuterdagi ma’lumotlar) 
ma’lumotlari bir-biriga mos kelmaslgi; 
z)hisob registrlaridagi (kompyuterdagi ma’lumotlar) ma’lumotlar va moliyaviy hisob 
ma’lumotlarining bir-biriga mos kelmasligi. 
Auditorlik tashkiloti tomonidan moliyaviy hisobotni buzib ko’rsatish holati aniqlansa, u 
holda aniqlangan buzib ko’rsatish tekshirilayotgan hisobotning ishonchligiga qay darajada ta’sir 
ko’rsatishni baholash kerak. Agarda, auditorlik tashkiloti buzib ko’rsatish dalillari moliyaviy 
hisobotning ishonchligiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi deb hisoblasa, u holda auditorlik
tashkiloti o’z fikrini tasdiqlash maqsadida qo’shimcha taomillarni amalga oshiradi. 
Qo’shimcha taomillar auditorlik tashkiloti tomonidan o’rganilayotgan masalaning 
mohiyatidan kelib chiqqan va audtorning kasbiy vakolatlaridan tashqariga chiqmagan holda 
belgilanadi. 
Agar qo’shimcha taomillar moliyaviy hisobotni buzib ko’rsatish holatini tasdiqlasa, u 
holda auditorlik tashkiloti tegishli auditorlik xulosasini tayyorlash mavjud buzib 
ko’rsatishlarning ta’sir ko’rsatish ehtimolini har tomonlama tahlil qilib chiqishi kerak bo’ladi. 
Moliyaviy hisobotni buzib ko’rsatishning sezilarli darajadagi dalillari aniqlanganda
auditorlik tashkiloti ushbu buzib ko’rsatishlarga olib keluvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektning 
faoliyatida turli xil xatoliklarni oldini oluvchi amaldagi ichki nazorat tizimining qanchalik 
samaradorligini baholashi kerak. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish