6.4-rasm. Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash usullari
Amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulining mohiyati shundaki, bunda amortizatsiya teng maromda, asosiy vositalarni foydali ishlatish muddati mobaynida ularning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblanadi. Mazkur usulga muvofiq asosiy vositalar obyektining amortizatsiyalanadigan qiymati uning xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga teng maromda hisobdan taqsimlanadi. Usul amortizatsiya me’yori foydali xizmat muddatining davom etishi muddatiga bog‘liqligiga asoslangan. Har bir davr uchun amortizatsiya ajratmalari summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni obyektdan foydalanilgan hisobot davrlari soniga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi.
Misol. Kompyuterning boshlang‘ich qiymati 2680 ming so‘m, uning besh yillik foydalanish muddati oxiridagi tugatish qiymati 80 ming so‘m. To‘g‘ri chiziqli hisobdan chiqarish usuliga muvofiq mazkur vaziyatda yillik amortizatsiya summasi amortizatsiyalanadigan qiymatidan 20 foizli, ya’ni 520 ming so‘mni ((2680000-80000)/5) tashkil qiladi.
6.9-jadval
Kompyuterga amortizatsiya hisoblash jadvali
Yil oxiri
|
Boshlang‘ich qiymati
|
Yillik amortizatsiya
|
Jamlangan eskirishi
|
Qoldiq qiymati
|
summa
|
D-t
|
K-t
|
1
|
2680000
|
520000
|
9420
|
0250
|
520000
|
2160000
|
2
|
2680000
|
520000
|
9420
|
0250
|
1040000
|
1640000
|
3
|
2680000
|
520000
|
9420
|
0250
|
1560000
|
1120000
|
4
|
2680000
|
520000
|
9420
|
0250
|
2080000
|
600000
|
5
|
2680000
|
520000
|
9420
|
0250
|
2600000
|
80000
|
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish usuli).Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli har bir muayyan yildagi asosiy vositalar obyektining mahsulotlarini hisobga olishga asoslangan. Mazkur usul bo‘yicha har yillik amortizatsiya hajmini hisob-kitob qilish uchun butun foydali ishlatish muddatidagi umumiy baholangan mahsulotlar yig‘indisini va mazkur muayyan yildagi mahsulotlarni aniqlash lozim. Mahsulot sifatida ishlab chiqariladigan mahsulot birliklari soni, ishlangan soatlar soni, o‘tib bo‘lingan tonna-kilometrlar soni va boshqalar olinishi mumkin.
Misol. Matiz engil avtomobilining kutilayotgan umumiy bosib o‘tadigan yo‘li 500 000 km, boshlang‘ich qiymati 45 000 000 so‘mni, foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatish) qiymati 5 000 000 so‘mni tashkil etadi. Hisobot davrida 10 000 km yo‘l bosishi kerak. Hisob siyosatida amortizatsiya ishlab chiqarish usulini qo‘llash bilan hisoblanishi nazarda tutilgan.
Oldin amortizatsiyalanadigan qiymatni aniqlaymiz. Amortizatsiyalanadigan qiymat 40 000000 so‘m (45 000000 so‘m – 5 000000 so‘m)dan iborat.
Keyin bajarilgan ish hajmining bir birligi, ya’ni har bir kilometrga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya summasini aniqlaymiz. Har bir kilometrga to‘g‘ri keladigan amortizatsiya summasi 80 so‘m (40 000000so‘m/ 500000 km)ni tashkil etadi.
Hisobot davrida amortizatsiya ajratmasi summasi 800 000 so‘mga teng:
10 000 km x 80 so‘m.
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli amortizatsiyani hisoblash davrida amortizatsiyalanadigan aktiv qiymatining kamayishini anglatadi. Mazkur usulga ko‘ra teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulidan ikki baravar amortizatsiya me’yori mazkur hisobot davridagi asosiy vositaning tegishli qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli bo‘yicha amortizatsiyani hisoblashda faraz qilinayotgan tugatish qiymati boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan chegirilmaydi.
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot yili boshidagi asosiy vositalar obyektining qoldiq qiymatidan va mazkur obyektni foydali ishlatish muddatiga bog‘liq holda hisoblangan amortizatsiyaning ikki baravar me’yoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Misol. MChJ kesuvchi dastgohiga ega. Uning boshlang‘ich qiymati 52000 ming so‘mni, foydalanish muddati oxiridagi tugatish qiymati 2000000 so‘mni, foydali xizmat muddati 5 yilni tashkil etadi. Hisob siyosatida amortizatsiya ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulini qo‘llash bilan hisoblanishi nazarda tutilgan. Bunda to‘g‘ri chiziqli usulda amortizatsiya me’yori har bir yil uchun 20 % (100 %/5)ni tashkil etadi. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida amortizatsiya me’yori 40 % (2 x 20 %)ga teng bo‘ladi. Ushbu qatiy belgilangan 40 % stavka hisobot yili boshidagi balans qiymatiga nisbatan foydalaniladi.
Foydalanishning birinchi yilida amortizatsiya ajratmasining yillik summasi dastgohni buxgalteriya hisobiga qabul qilinganda shakllangan boshlang‘ich qiymatidan kelib chiqib 20800000 so‘m (52000000 so‘m x 40 %/100) qilib aniqlanadi. Foydalanishning ikkinchi yilida amortizatsiya 40 foiz miqdorda yil boshidagi qoldiq qiymatidan, ya’ni obyektning boshlang‘ich qiymati va birinchi yil uchun hisoblangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi farqdan hisoblanadi va 12480000 so‘m (52000000 - 20800000 so‘m) x 40 % / 100)ni tashkil etadi hamda keyingi yillar uchun shu zaylda davom ettiriladi.
Yillar summasi usuliga (kumulyativ usulga) muvofiq har yili amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to‘liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar tartib sonlari summasiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Misol. MChJ bo‘yoq quysh dastgohiga ega. Uning boshlang‘ich qiymati 60 000 000 so‘mni, foydali xizmat muddati 5 yilni tashkil etadi. Masalan, hisob siyosatida amortizatsiya yillar summasi usuli (kumulyativ usuli)ni qo‘llash bilan hisoblanishi nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |