Moliyaviy hisob va hisobat



Download 0,84 Mb.
bet97/174
Sana19.11.2022
Hajmi0,84 Mb.
#869021
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   174
Bog'liq
moliyaviy hisob va hisobot 2707

Franshizalar odatda davlat tomonidan davlat mol-mulkidan (masalan, kabel televideniesi kompaniyasi) foydalanish huquqiga egalik qilish uchun yoki kommunal xizmatlar ko‘rsatish (elektr energiyasi), shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan aniq maqsadlar va aniq xizmatlardan (“O‘zbekiston havo yo‘llari”) foydalanish huquqiga egalik qilishlari uchun beriladi.
Ko‘pgina hollarda franshizani olish qiymati yuqori bo‘ladi va odatda franchayzi franchayzorga uning boshlang‘ich qiymatini to‘lashi talab etiladi. Franshizaning boshlang‘ich qiymati kapitallashtirilishi va undan keyingina xarajatlar yuzasidan hisobdan chiqarilishi lozim. Franshizalardan amortizatsiya qilish uning oldingi davriy baholari bilan birgalikda aniq belgilangan xizmat qilish muddatiga asoslanadi. Biroq to‘liq amortizatsiya davri 40 yildan oshib ketishi mumkin emas.
Eng ommaviy tarqalgan va oddiy aktivlar bo‘lib Gudvill (firma bahosi) hisoblanadi. U o‘zida firmaning aniqlanadigan aktivlaridan olinishi ko‘tilayotgan daromadlariga qo‘shimcha ravishda daromadlarning ko‘payishiga olib keluvchi firmaning imidji natijasida yuzaga kelgan qimmatlikni aks ettiradi.
Gudvill, faqat, bir xo‘jalik yurituvchi subyekt ikkinchisini sotib olgan hollardagina ro‘yxatdan o‘tkaziladi. U sotib olish dalilisiz ham amal qilishi mumkin, biroq buxgalteriya hisobida, bir korxona boshqasini sotib oladigan bo‘lsa eki ularning qo‘shilishi yuz beradigan bo‘lsagina tan olinadi.
7-sonli BHMSda aktivlarni buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlar sifatida bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
a) moddiy-ashyoviy tuzilish (shakl)ga ega bo‘lmasligi;
b) aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funktsiyalari uchun uzoq muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u 12 oydan oshadigan bo‘lsa, oddiy operatsion tsikl mobaynida foydalanish. Bunda aktivning qiymati bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekistonda belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqi miqdorining kamida 50 baravarini tashkil qiladi. Korxona rahbari nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olish maqsadida hisobot davri uchun aktivlar qiymatining kamroq chegarasini belgilashga haqli;
c) korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni mo‘ljallamaydi;
d) ishonchlilik, ya’ni korxonada aktiv va unga bo‘lgan mutlaq huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar (patentlar, guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasi)ning mavjudligi;
e) identifikatsiyalash imkoniyati. Identifikatsiyalash sharti mezonlaridan biri - nomoddiy aktivlarni korxonadan ajratish va uning shartnomaviy hamda boshqa yuridik huquqlardan, ushbu huquqlar beriladigan yoki korxonadan ajratiladigan bo‘lishidan qat’i nazar yoxud boshqa huquqlar va majburiyatlardan yuzaga kelishi mavjudligida bajariladi. Nomoddiy aktiv identifikatsiyalanadigan bo‘lib hisoblanadi, agarda u quyidagi mezonlardan biriga muvofiq kelsa:
a) ajraladigan bo‘lsa, ya’ni uni korxonadan ajratib bo‘lsa hamda sotish, berib yuborish, ijaraga berish, alohida yoki ular bilan bog‘liq aktiv, kontrakt yoki majburiyat bilan birga ayirboshlash (gudvilldan tashqari) mumkin bo‘lsa. Agar EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning (shu jumladan o‘rnatilmagan) tarkibiy qismi hisoblansa, u moddiy aktiv ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vosita bilan birga qaraladi. Agar EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning tarkibiy qismi hisoblanmasa va mutlaq huquq korxonaga tegishli bo‘lsa, u nomoddiy aktiv hisoblanadi;
b) ushbu huquqlar beriladigan yoki korxonadan yoxud boshqa huquq va majburiyatlardan ajraladigan bo‘lishidan qat’i nazar, shartnomaviy va boshqa yuridik huquqlardan paydo bo‘ladi.
Intellektual mulk obyektlarining huquqiy tabiati O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1031-1111-moddalari bilan, ularning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining uslubiy asoslari esa 7-son BHMS “Nomoddiy aktivlar”, 21-son BHMS “Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma” bilan belgilangan.
Mulkchilik huquqi korxonaga tegishli nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0410 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xau”;
0420 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari”;
0430 “Dasturiy ta’minot”;
0440 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari»;
0460 “Franchayz”;
0470 “Mualliflik huquqlari”;
0480 “Gudvill”;
0490 “Boshqa nomoddiy aktivlar”.
Nomoddiy aktivlar obyektlari bo‘yicha jamlangan amortizatsiya to‘g‘risida ma’lumotlar quyidagi schyotlarda umumlashtiriladi:
0510 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xauning amortizatsiyasi”;
0520 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining amortizatsiyasi”;
0530 “Dasturiy ta’minotning amortizatsiyasi”;
0540 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlarining amortizatsiyasi”;
0560 “Franchayzning amortizatsiyasi”;
0570 “Mualliflik huquqlarining amortizatsiyasi”;
0590 “Boshqa nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi”.
Barcha turdagi nomoddiy aktivlarning dastlabki bahosi boshlang‘ich qiymat bo‘lishi kerak va ular buxgalteriya hisobiga ushbu qiymat bo‘yicha qabul qilinadi.
Haq evaziga sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
a) huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq huquq egasi (sotuvchi)ga to‘langan summalar;
b) huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (sotib olish) munosabati bilan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, davlat bojlari, patent bojlari va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar;
c) bojxona bojlari va yig‘imlari;
d) nomoddiy aktivlarni sotib olish munosabati bilan to‘lanadigan soliqlar va yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa);
e) nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘langan summalar;
f) nomoddiy aktivlar ular orqali sotib olingan vositachilarga to‘lanadigan haqlar;
g) asosiy vositalar obyektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar;
h) aktivdan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar.
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (akkreditiv ochish bo‘yicha xarajatlar, o‘tkazmalar uchun bankning vositachilik haqi, nomoddiy aktivlarni chet el valyutasiga sotib olish chog‘ida valyuta konvertatsiyasi bo‘yicha vositachilik haqi va bankning boshqa xizmatlari), sotib olish bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinishi kerak.
Agar shartnoma shartlarida to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash chog‘ida haqiqiy xarajatlar buxgalteriya hisobiga dastlab tan olingan kreditorlik qarzi summasi bo‘yicha qabul qilinadi.
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lashga doir xarajatlar qarzga olingan kapital hisobidan to‘liq yoki qisman sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish