Moliyaviy hisob va hisobat



Download 0,84 Mb.
bet86/174
Sana19.11.2022
Hajmi0,84 Mb.
#869021
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   174
Bog'liq
moliyaviy hisob va hisobot 2707

- ajratilgan bo‘linma tomonidan amalga oshirilganda:
Debet 8910 24 000 000 so‘m;
Kredit 6110 24 000 000 so‘m;
- sho‘ba va xo‘jalik jamiyatlari tomonidan amalga oshirilganda:
Debet 8910 24 000 000 so‘m;
Kredit 6120 24 000 000 so‘m.
Rezervga ajratmalar me’yori har bir hisobot yili oxirida qayta ko‘rib chiqiladi va zarurat bo‘lganda yangi moliya yili uchun ajratma­lar miqdori ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Agar kapital ta’mirlashga rezerv mablag‘lari summasi ushbu obyektni ta’mirlashga qilingan haqiqiy xarajatlar summasidan oshib ketsa, oshib ketgan summa bo‘yicha tuzatish (storno qilish) kiritilishi kerak.
Asosiy vositalar obyektlarini ta’mirlashdan, rekonstruktsiya qilishdan, modernizatsiya qilishdan qabul qilish-topshirishni rasmiylashtirish va hisobga olish Asosiy vositalar obyektlarini ta’mirlashdan, rekonstruktsiya qilishdan, modernizatsiya qilishdan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-3-son shakl) bilan rasmiylashtiriladi.
Dalolatnoma ikki bo‘limdan iborat. Birinchisida asosiy vosita­lar obyektlarini ta’mirlashga, rekonstruktsiya qilishga, moderniza­tsiya qilishga berish vaqtidagi ma’lumotlar, ikkinchisida esa asosiy vositalar obyektlarini ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish, moderni­zatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlar ko‘rsatiladi.
Dalolatnoma asosiy vositalar obyektlarini qabul qilish komissi­yasi a’zolari yoki qabul qilishga mas’ul shaxs tomonidan imzolanadi. Agar ta’mirlash boshqa korxona tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda dalolatnoma ushbu korxonaning vakili tomonidan imzolagan bo‘lishi kerak. Agar ta’mirlash korxonaning tarkibiy bo‘linmasi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda dalolatnomaga ta’mirlashni, rekonst­ruktsiya qilishni, modernizatsiya qilishni amalga oshirgan tarkibiy bo‘linmaning vakili o‘zining imzosini qo‘yishi va korxona rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi ke­rak. Dalolatnomaning bir nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, agar ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish, modernizatsiya qilish o‘zga korxona tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda dalolatnoma ikki nusxada tuziladi va birinchi nusxa korxonada qoladi, ikkinchi nusxa esa ta’mirlashni, rekonstruktsiya qilish­ni, modernizatsiya qilishni amalga oshirgan korxonaga beriladi. Ta’­mirlash, rekonstruktsiya qilish, modernizatsiya qilish bo‘yicha ma’lu­motlar asosiy vositalar obyektlarini hisobga olish kartochkasi (AV-6-son shakl)ga kiritiladi.
Asosiy vositalarni uzoq vaqt davomida natural shaklini saqlagan va qiymatini bir vaqda o‘zgartirishi bilan ishlashi bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlari amortizatsiya miqdorini aniqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbu miqdor asosiy vositalardan foydalanish jarayonida ularning eskirishi yoki boshlang‘ich qiymatini kamayishi miqdorini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, asosiy vositalar qiymati odatda amortizatsiyani hisoblash yo‘li bilan qoplanadi. Amortizatsiyalanadigan qiymat butun foydali xizmat muddati mobaynida subyekt xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida muntazam taqsimlanadi. Bu yerda amortiza­tsiyalanadigan qiymat deganda, moliyaviy hisobotlarda faraz qilinayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda ko‘rsatilgan aktivning boshlang‘ich (tiklash) qiymati summasi tushuniladi.
Amortizatsiya foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amor­tizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va o‘tkazish ko‘rinishida eskirishning qiymat ifodasi sifatida aniqlanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, asosiy vositalar obyekti bo‘yicha amor­tizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur obyekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning dastlabki sanasidan boshlanadi hamda mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘liq qoplangunga qadar yoxud bu obyektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi. O‘z navbatida agar asosiy vositalar obyekti bo‘yi­cha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur obyektni qabul qilingan oydan keyingi oyning dastlabki sanasidan boshlanadigan bo‘lsa, u holda mazkur obyektlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash ushbu obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘liq qoplangan yoki bu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oy­ning dastlabki sanasida to‘xtatiladi.
Asosiy vositalar obyektini foydali ishlatish muddati davomida amortizatsiya ajratmalarini hisoblash to‘xtatilmaydi, uni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilishga o‘tka­zish, shuningdek uni butkul to‘xtatish sharti bilan obyektni qurib bitkazish, qo‘shimcha jihozlash, rekonstruktsiya qilish, modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirish holatlari bundan mustasno49.
Asosiy vositalarning texnik darajasi zamonaviy talablarga muvofiq emasligi aniqlanganda yoki 3 oy mobaynida ulardan ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanish zarurati bo‘lmaganda - ularga bo‘lgan talab tiklangungacha yoki yangi mulkdorga sotish davrida, biroq 24 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga asosiy vositalar konservatsiya qilinishi mumkin. Bunda, aniq bir texnologik majmuaga kiradigan va (yoki) tugallangan texnologik jarayonga ega bo‘lgan asosiy vositalar obyektlari konservatsiya qilishga o‘tkazilishi mumkin. Buxgalteriya hisobiga qabul qilingan foydalanilmayotgan asosiy vositalar obyektlarini konser­vatsiya qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-sentyabrdagi 401-son qarori bilan tasdiqlangan “Foy­dalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish