Moliyaning mohiyati va vazifalari



Download 309,95 Kb.
bet7/9
Sana11.09.2021
Hajmi309,95 Kb.
#172098
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Moliyaning mohiyati va vazifalari

Depozit sertifikatlari, bu – pulni omonatga qo`yilganligi to`g`risidagi va omonat muddati tugagandan keyin omonatchiga depozit summasi va tegishli foizlarni qaytarib olish huquqini beruvchi guvohnomadir.

Depozit sertifikatlari bank muassasalari tomonidan quyidagi ikki xil ko`rinishda chiqariladi:

1. Yuridik shaxslar uchun 1 yilgacha bo`lgan muddat bilan;

2. Jismoniy shaxslar uchun 3 yilgacha muddatga.

Sertifikat yuridik shaxslarga sotilganda, ular bilan bank o`rtasida shartnoma imzolanib, oldi-sotdi naqd pulsiz amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslarning depozit (jamg`arma) sertifikatlari ularning arizalari asosida rasmiylashtiriladi.

Veksel deganda, uning egasiga belgilangan muddat kelganda ma`lum miqdordagi summani to`lash haqidagi so`zsiz majburiyatni tasdiqlovchi xujjat tushuniladi. Ularni mamlakatimizda belgilangan tartibga ko`ra, korxona va tashkilotlar O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda chiqarishlari mumkin.

Hosila qimmatli qog`ozlar, odatda, shartnoma ko`rinishida bo`lib, ular bo`yicha bir tomon qimmatli qog`ozlarning ma`lum bir miqdorini ma`lum muddatda kelishilgan holda sotib oladi yoki sotadi. O`zbekiston Respublikasida bu turdagi qimmatli qog`ozlarning optsion, fьyuchers va varrant deb ataluvchi xillari chiqarilishi ko`zda tutilgan.

Bozor iqtisodiyoti tizimining to`laqonli amal qilishi va samaradorligini t ovar-pul munosabatlarisiz tasavvur qilib bo`lmaganidek, uning muhim unsuri bo`lgan moliya bozorini ham qimmatli qog`ozlar bozorisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. “Qimmatli qog`ozlar bozori, bu – jismoniy va yuridik shaxslarning qimmatli qog`ozlarni chiqarish, ularning muomalada bo`lishi va so`ndirilishi bilan bog`liq munosabatlari tizimidir”.

Har qanday bozorda bo`lganidek, qimmatli qog`ozlar bozorida ham 2 xil toifadagi tomonlar (sub`yektlar) qatnashadi. Birinchi toifaga bo`sh pul mablag`lariga ega bo`lgan va ularni ko`paytirish istagidagi sarmoyadorlar kirsa, ikkinchisiga tovar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohasida faoliyat ko`rsatuvchi va ayni vaqtda ularni rivojlantirish uchun qo`shimcha pul mablag`lariga muhtoj bo`lgan sub`ektlar kiradi.

Qimmatli qog`ozlar bozori moliya bozorining ajralmas qismi sifatida, pul mablag`larini bir joyga to`plashga va ularni keyinchalik xalq xo`jaligiga investitsiya qilishga, bank tizimidagi kredit resurslarini to`ldirishga xizmat qiladi.

Qimmatli qog`ozlar bozori ham bozorlarga o`xshab talab va taklifga binoan amal qiladi. Bu erda talab asosan ikki yo`nalishda bo`ladi: birinchisi, investitsiyani moliyalashtirish maqsadida korxona, korporatsiya va davlat tomonidan kredit olish, ikkinchisi, uy-joy, qo`zg`almas mulk egasi bo`lish maqsadida aholi va shaxsiy sektor tomonidan qimmatli qog`ozlarni (qarz beruvchi sifatida) sotib olish.
Qimmatli qog`ozlar bozori tashkiliy jarayon nuqtai nazaridan birlamchi va ikkilamchi, shaklan esa birjaviy va nobirjaviy bozorlarga bo`linadi.

Qimmatli qog`ozlarning birlamchi bozori deganda, qimmatbaho qog`ozlarni dastlabki egalari (sarmoyadorlar)ga, ya`ni yuridik va jismoniy shaxslarga sotish maqsadida ularni ilk bor va takror emissiya qilish va muomalaga chiqarish tushuniladi. Bu bozor qimmatbaho qog`ozlarni joylashtirilishini tashkil qiluvchi va ta`minlovchi bozordir.

Boshqacha qilib aytganda, birlamchi bozor, bu – birlamchi va takror emissiya qilingan qimmatbaho qog`ozlarning dastlabki egalari (sarmoyadorlar)ga joylashtiruvchi bozordir. Bu bozorda davlat va munitsipal obligatsiyalar, shuningdek, turli aktsiyadorlik jamiyatlarining aktsiyalari va obligatsiyalari emissiya qilinadi.

Qimmatli qog`ozlarning birlamchi bozorida quyidagi muassasalar sarmoyadorlar bo`lib hisoblanadi: investitsiya banklari, tijorat banklari, investitsiya fondlari, investitsiya kompaniyalari va boshqa investitsiya institutlari, sug`urta kompaniyalari, fondlar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari.

Qimmatli qog`ozlarning ikkilamchi bozori deganda, egasi bor qimmatbaho qog`ozlarni talab va taklifdan kelib chiqqan holda qayta oldi-sotdisini tashkil qilib va ta`minlab beruvchi bozor tushuniladi. Uning funktsiyasi qimmatli qog`ozlarning oldi-sotdisini tezkorlik bilan ta`minlashdir. Bunda sotuvchi va xaridorni uchratish, bo`sh kapitalni iqtisodiyotning eng unumli sohasiga zudlik bilan safarbar qilish, tomonlarning o`zaro manfaatlarini ta`minlash ikkilamchi bozorning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Ikkilamchi bozor yuqori likvidlikka ega, ya`ni qisqa muddat ichida katta miqdordagi qimmatli qog`ozlarni ular kursining sezilarsiz o`zgarishi sharoitida kam xarajat bilan oldi-sotdiga jalb qila oladi. Ikkilamchi bozor birjaviy va nobirjaviy bozor ko`rinishida bo`ladi.

Qimmatli qog`ozlarning birjaviy bozori, bu – fond birjasi bo`lib, u belgilangan tartibda, qimmatli qog`ozlar erkin savdosini brokerlar (vositachilar), maklerlar (dallollar), dilerlar (savdogarlar) tomonidan amalga oshirilishini ta`minlab beruvchi bozordir.

Qimmatli qog`ozlarning nobirjaviy bozori ularning muomalada bo`lishini ta`minlovchi muhit bo`lib, unda fond birjalariga sotuvga qo`yilmagan qimmatli qog`ozlarning erkin savdosi dilerlar tomonidan maxsus telekomunikatsiya tarmoqlari (telefon, telefaks, kompьyuter vositalari) yordamida amalga oshiriladi.

Qimmatli qog`ozlar bilan bo`ladigan operatsiyalarni to`la qamrab oluvchi nobirjaviy bozorni stixiyali bozor va dilerlar bozoriga bo`lish mumkin.

Stixiyali bozorda oldi-sotdi xaridor bilan sotuvchilarning shaxsiy kontakti asosida pala-partish tarzda yuzaga keladi. Uning ishtirokchilariga nisbatan hech qanday talab qo`yilmaydi. Savdo-sotiq ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.

Dilerlar bozorida sotuvchilar sotuvga tushadigan qimmatbaho qog`ozlarning narxini ochiqdan-ochiq e`lon qiladilar. Shu sababli xaridor bilan sotuvchi o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri ochiq muloqot yuz bermaydi.

Hozirgi kunda nobirjaviy bozor respublikamizda brokerlik idoralari, investitsiya kompaniyalari va xususiylashtirish milliy investitsiya fondlari qoshidagi fond do`konlari shaklida faoliyat ko`rsatmoqda.

Qimmatli qog`ozlar bozorining o`ta murakkabligi, uning tez o`zgaruvchanligi, ishtirokchilar sonining ko`pligi, xilma-xilligi, katta hajmlarda shartnomalar va amallarning bajarilishi, har xil turdagi axborotlarning mavjudligi va boshqa omillar tufayli mazkur bozorda turli g`ayriqonuniy ishlar sodir bo`lishi mumkin. Bunday holatlar investorlarning manfaatlarini va huquqlarini poymol qilishga, ularning fond bozoriga nisbatan ishonchlarining kamayishiga, pirovard natijada esa bozor nufuzining pasayishiga olib keladi.

Shuning uchun ham qimmatli qog`ozlar bozori davlatning vakolatli organlari tomonidan nazorat qilinadi va boshqariladi.

Davlat tomonidan qimmatli qog`ozlar bozorini boshqarish asosan bozor faoliyatiga bevosita va bilvosita ta`sir ko`rsatish yo`li bilan amalga oshiriladi.

Qimmatli qog`ozlar bozoriga bevosita ta`sir ko`rsatish yo`lini qo`llashda davlatning vakolatli organlari quyidagilarni amalga oshiradi:

-qimmatli qog`ozlar va emissiya prospektlarini chiqarishni ro`yxatga olish, emitentlarning ularda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarga rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshirish;

-emitentlar va qatnashchilarni qimmatli qog`ozlar bozori to`g`risidagi axborotlar bilan ta`minlash;

-mutaxassislarni attestatsiyadan o`tkazish, investitsiya institutlari faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish;

-investorlar hamda qimmatli qog`ozlar bozorining boshqa ishtirokchilari bergan takliflarni ko`rib chiqish va bozor ishtirokchilari bajarishi majburiy bo`lgan xulosalar chiqarish.

Qimmatli qog`ozlar bozoriga bilvosita ta`sir ko`rsatishda quyidagilar qo`llaniladi:

-pul-kredit siyosatini yuritish va shu orqali foiz stavkalariga ta`sir qilish;

-soliq siyosatini o`tkazish;

-xususiy sektorning depozitlari va kreditlari bo`yicha kafolatlarni muvofiqlashtirish;

-tashqi iqtisodiy faoliyatdagi holatni inobatga olish.

Qimmatli qog`ozlar bozorini boshqarish Moliya vazirligi, davlat banki va boshqa davlat organlari vakolatiga kiradi.



Xulosa

Milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda, pul-kredit siyosati rejimlarining o‘ziga xos jihatlari va ta’sirchanligi tahlili o‘rta muddatli istiqbolda Markaziy bankning ustuvor maqsadi sifatida narxlar barqarorligiga erishish vazifasiga inflyatsion targetlash rejimi juda mos kelishini ko‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tamoyil va usullarining inflyatsion targetlashga bosqichma-bosqich yo‘naltirish uchun zaruriy huquqiy asoslar va tayanch iqtisodiy sharoitlar yaratildi.

Xususan, valyuta siyosatining liberallashtirilishi va bozor sharoitlarida almashuv kursining shakllanishini ta’minlash bo‘yicha choralar, Markaziy bankning ustuvor maqsadlari va amaliy mustaqilligini aniq belgilanishi, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning faol bosqichiga o‘tilishi, inflyatsiyani hisoblash va baholash usullarini takomillashtirilishi, shuningdek shaffoflikning oshirilishi va kommunikatsion siyosatning kuchaytirilishi kabi amaliy choralar inflyatsion targetlashga o‘tish uchun asosiy sharoitlarni yaratadi.

Shu bilan birga, mavjud xatarlar va to‘siqlar inflyatsion targetlash rejimini joriy etish vazifasining bajarilishini qiyinlashtiradi.

O‘z navbatida, Markaziy bank asosiy e’tiborni prognozlash va tahliliy bazani mustahkamlashga, pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va ularning ta’sir kanallarini kuchaytirishga, komunikatsion siyosatni rivojlantirish va aholining ishonchini oshirish kabi vazifalarga qaratadi.

Markaziy bank ushbu rejimga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda tegishli vazirlik va idoralar bilan sa’y-harakatlarni birlashtiradi va hamkorlikda faoliyat yuritadi.


Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Download 309,95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish