184
berilgan ma’lumot ustida amalllar bajarish tartibi bo‘yicha to‘liq xujjatlar
majmuasi.
Ikkinchi sinf konfidensial ma’lumotlari bilan ishlashda yuqorida keltirilgan talablar
qatoriga quyidagilar kiritiladi
:
axborotga bo‘lgan xurujlar ehtimolini avvaldan hisoblash;
berilgan ma’lumotga murojaat etishga ruxsati bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga ega
bo‘lish;
mumkin qadar ma’lumotlarni ( shu jumladan elektron) berilishida tilxat olish;
tizimning to‘liqliligi va uning xavfsizlik vositalarini avtomatik tekshirish tizimi;
ishonchli sxema asosida aniq manzilga etkazib berish;
aloqa kanali orqali uzatishda majburiy shifrlash;
kompyuter texnikasini uzliksiz elektr ta’minoti sxemasi.
Uchinchi sinf konfidensial axborot bilan ishlashda barcha yuqorida keltirilgan
talablarga quyidagilar qo‘shiladi
:
favqulotda holatlarda (yong‘in, suv bosishi, portlash)
axborotlarni ishonchli
yo‘qotish yoki undan batafsil qutilish mukammal rejasi;
yuqori temperatura va suvdan axborot tashuvchilarni va kompyuterni
himoyalash;
axborotning to‘liqligini kriptografik tekshirish.
Elektron hukumat interaktiv xizmati axborot xavfsizligi
siyosatini tashkil etishda
asosiy omillardan biri axborotning konfidensiallik darajasi hisoblanadi.
Konfidensiallik darajasi bo‘yicha to‘rtta sinfga ajratiladi. Bular:
1.
Ochiq axborot.
2.
Ichki axborotlar.
3.
Konfedensial axborotlar.
4.
Maxfiy axborotlar.
Uning sxemasi bilan ma’ruza mashg‘ulotida tanishganmiz.
Interaktiv xizmatlar axborot resurslarini konfidensiallik darajasini toifalashdan
ko‘zlangan maqsad – elektron hukumat interaktiv xizmati
axborot resurslarining
konfidensialligini ximoya qilish vositalari,
usullari, uslubiyatlari va zamonaviy
texnologiyalarini tizimli tahlil etish va muqobillarini tanlash, amalda joriy etishdan
iborat.
Qo‘yilgan maqsadga erishish masalalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
1.
Axborot xavfsizligini asosiy tashkil etuvchilar tarkibini aniqlash;
2.
Konfidensial toifasiga kiritilishi maqsadga muvofiq bo‘lgan ma’lumotlar
tarkibini aniqlash;
3.
Konfidensial ma’lumotlarning chiqishi va tarqalishi kanallari va keng tarqalgan
xurujlarini aniqlash;
4.
Konfidensial ma’lumotlarni hismoyalash vositalari va usullarini o‘rganish;
5.
Konfidensial ma’lumotlar bilan ish yuritishning meyoriy-huquqiy bazasini tahlil
qilish;
6.
SHaxsning konfidensial xujjatlar bilan ishlash
tartibini va tashkilotning
konfidensial xarakterga ega bo‘lgan ma’lumotlarga murojaat etish xavfsizlik
siyosatini o‘rganish;
7.
Konfidensial xujjatlarni qayta ishlash texnologik tizimini o‘rganish;
185
8.
Elektron hukumat interaktiv xizmati axborot resurslarini
konfidensialligini
ta’minlash tizimga baho berish va takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar
ishlab chiqish.
Interaktiv xizmatlar axborot resurslarini konfidensiallik darajasini toifalash
jarayonida quyidagi tadqiqot usullaridan foydalanish mumkin:
anglash usullari (ifodalash, tahlil, kuzatish, so‘rov o‘tkazish);
umumilmiy usullar (mavzu bo‘yicha chop etilgan ishlanmalarni tahlili),
shuningdek tashkilotning xujjatlarini tahlil etish kabi xujjat yuritish usullari.
Eslatib o‘tish joiz, bugungi kunda ixtiyoriy mamlakatning
milliy xavfsizligining
asosiy tashkil etuvchi qismi uning axborot xavfsizligi bilan xarakterlanadi. Axborot
xavfsizligini ta’minlash muammolari ommaviy axborot texnologiyalarining
qog‘ozsiz avtomatlashtirilgan boshqaruv asoslariga o‘tishi
munosabati bilan
murakkablashib va konseptual muhim ahamiyat kasb eta boshladi.
Konfidensiallikni
ta’minlashning meyoriy-huquqiy bazasi O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga asosolanadi. Konstitutsiyaning tegishli moddalarida
shaxsning, oilaning sirlari, xat yozishmalari, telefon muloqotlar, pochta, telegraf va
boshqa ma’lumotlarning sir saqlanishi kafolatlanadi. Bu turdagi ma’lumotlarga ega
bo‘lish faqad sud qarorlari bilan amalga oshiriladi. Konstitutsiyada shaxsning
shaxsiy hayotiga bog‘liq ma’lumotlarni uning roziligisiz yig‘ish, saqlash,
foydalanish va tarqatish qatiyan man etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: