TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
“MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR”
TA’LIM YO’NALISHI 3-BOSQICH KECHKI 219-GURUH TALABASI
________________________________________________ning
MOLIYA
FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
TAYYORLADI: _________________________________ __________
QABUL QILDI: _________________________________ __________
BIZNESNING TASHKILIY SHAKLLARI VA ULARNING MOLIYAVIY QARORLAR QABUL QILISHGA TA’SIRI
REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM
Biznesning tarixi va tashkiliy-huquqiy shakllari.
Xususiy korxonani tashkil etish jarayonining bosqichlari.
Biznesning tashkiliy shakllari va ularning moliyaviy qarorlar qabul qilishga ta’siri.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
KIRISH
Mavzununing dolzarbligi: Mamlakatimizda 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi. Bu o’z navbatida faol tadbirkorlikni aynan innovatsion texnologiyalarga mos holda rivojlantirishga hamda innovatsion g’oyalarga asoslangan holda olib borishlarini taqozo etadi. Albatta bunday faoliyatni yo’lga qo’yish eng avvalo biznes sohasidagi zamonaviy tadqiqotlarni olib borishni zaruriyatini tug’diradi. Ma’lumki, bugungi kunda biznes faoliyati bilan shug’ullanayotganlar innovatsion taraqqiyotning global o’zgarishlariga, jumladan, ijtimoiy, texnologik va iqtisodiy tarkibiy o’zgarishlariga to’qnash kelmoqdalar. Bu o’z navbatida ular faoliyatida yangi va ko’plab o’rganilmagan biznesning o’ziga xos qirralarni va jahon taraqqiyotidagi biznes sohasidagi olib borayotgan tadqiqotlarni chuqur o’rganishni taqozo etmoqda. Global o’zgarishlarga javoban iqtisodchi olimlar, yirik mutaxassislar va amaliyotchi tadbirkorlar bunday tarkibiy o’zgarishlarga ta’sir etuvchi korxonani yanada zamon talablariga mos ravishda mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarning innovatsion usullarini topishga harakat qilmoqdalar. Erkin raqobat asosida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli to’xtovsiz ortib bormoqda.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotni yaratish, jamiyatning ijtimoiy barqarorligini asosi hisoblanuvchi o’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, raqobat muhitini vujudga keltirish va barqaror iqtisodiy o’sishga erishishda muhim omil bo’lib hisoblanadi. Respublikamizda iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil etish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularni rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Lekin bugungi kunda O’zbekistonda bu sohada hali ishga solinmagan juda katta salohiyat va imkoniyatlar mavjud ekanini, dunyodagi taraqqiy topgan davlatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yalpi ichki mahsulot hajmida etakchi va hal qiluvchi o’rinni egallayotganini inobatga oladigan bo’lsak, bu yo’nalishda hali qiladigan ishlarimiz naqadar ko’pligi ayon bo’lib bormoqda. O’zbekiston Respublikasida 2018 yil “Faol tadbir-korlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili” e’lon qilinishi fikrimizning amaliy isboti sifatida keltirib o’tish mumkin. Mamlakatimizda tadbirkorlik jadal rivojlanib borayotgan bo’lsada, mazkur sohani yanada rivojlantirish yo’llarini aniqlash va ustuvor yo’nalishlarini belgilash bo’yicha amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |