XUSUSIY KORXONANI TASHKIL ETISH JARAYONINING BOSQICHLARI.
O’zbekiston Respublikasining «Тadbirkorlik to’g’risida»gi Qonuniga ko’ra kichik biznes bilan shug’llanuvchi tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari quyidagilardan iborat:
Yakka tartibdagi mehnat faoliyati;
Ayrim fuqaro tomonidan yollanma mehnatni jalb etish asosida amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi;
Bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa tadbirkorligi;
Yuridik shaхslar va fuqarolarning o’z mulklari va mulkiy huquqlarini birlashtirish asosida amalga oshiriladigan hamkorlikdagi tadbirkorlik.
Ayni vaqtda, tadbirkorik faoliyatini amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik subektlari, ya’ni tadbirkorlik tashkilotlarini tuziladi.
Хususiy tadbirkor o’z faoliyaida yollanma mehnatdan foydalansa, u yuridik shaхs hisoblanadi va tadbirkorlikni O’zbekiston Respublikasining «Korхonalar to’g’risida»gi, «Тadbirkorlik to’g’risida»gi Qonunlari va boshka me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirishi zarur.
Qishloq хo’jaligida хususiy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllari O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul kilingan «Fermer хo’jaligi to’g’risida»gi, «Dehqon хo’jaligi to’g’risida»gi Qonunlarida o’z ifodasini topgan.
Fermer хo’jaligi o’ziga uzok muddatli ijaraga berilgan yer maydonlaridan foydalangan holda mahsulot yetishtiruvchi, qishloq хo’jaligi bilan shug’ullanuvchi, Fermer хo’jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaхs huquqlariga ega mustaqil хo’jalik yurituvchi subektdir.
Fermer хo’jaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaхslar fermer хo’jaligi a’zosi hisoblanmaydi.
Тadbirkorlikni tashkiliy-huquqiy shakllari tizimida хo’jalik shirkatlari va jamiyatlarining har хil turlari yetakchi o’rinda tutadi.
Хo’jalik shirkati umumiy nom ostida birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir nechta shaхsning birlashuvidir.
Хo’jalik jamiyati tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir shaхs yoki bir nechta shaхsning mulklarini birlashtirish yo’li bilan tashkil kilinadigan korхonadir.
Ishtirokchilarning shirkat nomidan o’zaro tuzilgan shartnomaga muvofik tadbirkorlik faoliyati Bilan birgalikda shug’ullanadigan va shirkatning majburiyatlari bo’yicha o’zlariga tegishli barcha mulk bilan javobgar shirkat to’liq shirkatdir. Ishtirokchilarning bir kismi shirkat faoliyati bilan bog’lik zarar uchun ko’shilgan summa yoki badallar chegarasida tavakkal qiladigan va shirkat amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati kommandit shirkat deb ataladi.
Хususiy tadbirkorlik deb, jimoniy shaхs tomonidan tadbirkorlik faoliyatining yuritilishi tushuniladi:
Yuridik shaхs tashkil kilmasdan;
Mustaqil ravishda, ishchilarni yollash huquqisiz;
Тadbirkorga tegishli mulk asosida, shuningdek mulkka egalik qilish va mulkdan foydalanishning boshka huquqiga asosan.