Kichik biznes va xususiy tadbirkorlika xorijiy investitsiyalarni jalb etish muammolari
Reja
1. Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ahamiyati
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xalqaro hamkorlik
3. Tadbikorlarni huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmi
4. Kichik biznes va sub`ektlarini moddiy-texnika bilan ta`minlanishi
1. Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ahamiyati
2009 yilda Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida iqtisodiy o`sishni ta`minlash, yangi ish o`rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o`rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag`batlantirish va qo`llab-quvvatlashga alohida e`tibor qaratildi.
Kichik biznes sub`ektlari – korxona ko`lami, ishlab chiqarish hajmi, ishlovchilar soni, moliyaviy mablag`lari miqdori va boshqalar jihatidan imkoniyatlari cheklangan ishlab chiqaruvchi sub`ektlar. Respublikamizda kichik biznes sub`ektlari toifasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar va kichik korxonalar kiradi.
YAkka tartibdagi tadbirkorlik – alohida fuqarolar tomonidan o`zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo`jalik faoliyati.
Mikrofirma – kichik biznes sub`ektlarining bir turi bo`lib, mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka ko`ra sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlarida 20 kishigacha, xizmat ko`rsatish sohasida 10 kishigacha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishigacha ishlovchi korxonalar mikrofirma hisoblanadi.
Kichik korxona – kichik biznes sub`ektlarining bir turi bo`lib, mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka ko`ra sanoat ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida (masalan, engil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik sanoati va h.k.) 100 kishigacha, ayrimlarida (masalan, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg`i-energetika sanoati va boshqalarda) 50 kishigacha, xizmat ko`rsatish sohasida 25 kishigacha ishlovchi korxonalar kichik korxona hisoblanadi.
|
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznes sub`ektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2009 yilda 50 foizdan oshdi. Holbuki, 2000 yilda bu ko`rsatkich 31 foizni tashkil etgan edi. Bunday natija birinchi navbatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan doimiy qo`llab-quvvatlanayotgani samarasidir (2.4.1-rasm).
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining kengayishi iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlari ishlab chiqarish hajmidagi salmog`ining oshishi orqali ham namoyon bo`ldi. Xususan, mazkur sohaning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 2008 yildagi 13,9 foizdan 2009 yilda 16,9 foizga, qishloq xo`jaligida tegishli ravishda 97,8 foizdan 97,9 foizga, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida – 23,1 foizdan 23,7 foizga, pullik xizmat ko`rsatish hajmida – 48,5 foizdan 48,7 foizga, eksport hajmida – 12,4 foizdan 14,6 foizga qadar oshdi (2.4.1-jadval).
O`zbekistonda kichik biznesning iqtisodiyot asosiy tarmoqlarida ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)lar hajmidagi ulushi, foizda
Do'stlaringiz bilan baham: |