Moliya-kredit tizimi stаtistikаsi


  АHOLI TURMUSh DАRАJАSI STАTISTIKАSI



Download 280,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana07.04.2022
Hajmi280,42 Kb.
#533942
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8 mavzu ma\'ruza Moliya kredit tizimi statistikasi Aholi turmush

8.2. 
АHOLI TURMUSh DАRАJАSI STАTISTIKАSI. 
Reja: 
1. Аholining turmush darajasi koʼrsatkichlari 
2. Аholi daromadlarining shakllanishi va uning tarkibi 
3. Аholi isteʼmoli. Isteʼmol manbalari va uning tarkibi 
4. Аholining material boyliklar va xizmatlarni isteʼmol qilish koʼrsatkichlari. 
 


 
Tayanch iboralar: 
Аholi turmush darajasini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar tizimi, 
yalpi mavjud daromad, uy xoʼjaliklarning yalpi daromadlari, uy xoʼjaliklarning oxirgi isteʼmoli, 
aholining sotib olish qobiliyati, minimal yashash darajasi va kambagʼallik chegarasi, isteʼmolchi 
talabini tahlili, elastiklik koeffitsientini hisoblash. 
 
1. Aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlari. 
Turmush darajasi ijtimoiy kategoriyalarning muhimlaridan biri bo‘lib, uni tor va keng 
ma’noda tushunish mumkin. Tor ma’nodagi turmush darajasi – bu aholining moddiy boyliklar va 
xizmatlarni iste’mol qilishdagi erishilgan darajasi. Keng ma’noda esa jamiyatning yashashi uchun 
yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar majmuasini o‘z ichiga oladi. 
Aholi turmush darajasi kategoriyasi iqtisodiy adabiyotlarda har xil talqin qilinadi va uni aks 
ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi ham turli xil ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni uch guruhga ajratish 
mumkin: daromadlar, iste’mol va yashash sharoitlari. SHu ko‘rsatkichlarning barchasi butun aholi 
miqyosida va aholining jon boshiga nisbatan hisoblanadi. 
Aholining pul daromadlari hajmi, tarkibi, ulardan foydalanish yo‘nalishlari va aholining 
ayrim guruhlari orasida taqsimlanishi xaqidagi va boshqa ma’lumotlar asosida aholi turmush 
darajasini asosiy ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlari tuziladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar o‘rtacha va median ko‘rsatkichlarda o‘zgarish darajasi, 
uchrashish tezligi, to‘plash, diferensiyalash va sotib olish qobiliyati kabilarda ifodalanadi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlarni hisoblash makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tuzishga qo‘yilgan 
talablarga asosan, lekin ijtimoiy ko‘rsatkichlarning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan 
holda amalga oshiriladi. 
Turmush darajasini uch xil yo‘nalishda o‘rganish mumkin: 
1) barcha aholiga nisbatan; 
2) uning ijtimoiy guruhlariga nisbatan; 
3) har xil daromadga ega bo‘lgan uy xo‘jaliklariga nisbatan. 
Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyot vazirligi qoshidagi «iqtisodiy kon’yunktura va 
bashoratlash markazi» tomonidan 1992 yilda ishlab chiqilgan «Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi 
turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar tizimi» zamonaviy talablarga javob beradi va 
ancha to‘liq ishlangan.
Inson rivojlanish indeksi (J
i.r.
) uchta omilning ta’sirini hisobga oladi: 
1) umr uzunligi
2) ta’lim olish darajasi; 
3) jon boshiga ishlab chiqarilgan YAIM hajmi. 
Bu ko‘rsatkich (J
i.r.
) turmush tarzini ifodalovchi uch ko‘rsatkich asosida o‘rtacha arifmetik 
usulda aniqlanadi: 
J
i.r.
=1/3 x (

J
xi
); bunda, 
J
xi
– turmush darajasi indikatorlari, shu jumladan: 
J
x1
– kutilayotgan umr uzunligi
J
x2
– aholining ta’lim olish darajasi (yig‘ma ko‘rsatkich: yoshi katta aholining savodxonlik 
darajasi va boshlang‘ich, o‘rta va oliy ma’lumot olayotgan yoshlar salmog‘i); 
J
x3
– jon boshiga to‘g‘ri kelgan real YAIM hajmi, uni pulni sotib olish qobiliyatini e’tiborga 
olgan holda hisoblanadi AQSH dollarida). 
Indeksning har bir omili hisoblanayotganda uning minimal va maksimal qiymati belgilangan 
andozasidan foydalaniladi va u bilan mamlakatdagi amaldagi ko‘rsatkich solishtiriladi: 
J
x

x
i
amaldagi hajmi – x
i
minimal hajmi 
x
i
maksimal hajmi – x
i
minimal hajmi 
Bo‘lajak umr uzunligi indeksi hisoblanayotganda maksimal daraja sifatida 85 yosh olinadi, 
minimal daraja sifatida esa 25 yosh olinadi. Ta’lim olish indeksi hisoblanayotganda andozalar 


100% va 0% deb olinadi, jon boshiga real YAIM hajmi indeksi – 100 va 5500 AQSH dollari 
olinadi. 
Jon boshiga real YAIM hajmi ko‘rsatkichi ishlab chiqarilgan, taqsimlangan va iste’mol 
qilingan darajani aks ettiradi. Umr ko‘rish uzunligi ko‘rsatkichi millatning sog‘lomlik darajasini 
ifodalaydi. U mamlakatning iqtisodiy o‘sish darajasiga, olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga, 
meditsina xizmati darajasiga, ekologiyaga va boshqa omillarga bog‘liq. Aholining ta’lim olish 
darajasi jamiyatning intellektual va ijodiy salohiyatini ifodalaydi. 
BMT rivojlanish dasturining «1995 yilda inson rivojlanish darajasi tendensiyasi» nomli 
ma’ruzasida ta’kidlaganidek, oxirgi 30 yil mobaynida insoniyat o‘z rivojida sezirarli o‘sishga 
erishgan. Hozirgi vaqtda umr uzunligi 1960 yilga nisbatan 17 yilga ortgan. Bolalar o‘imi esa 
yarmiga qisqargan. 
1960 yildan 1995 yilgacha bo‘lgan davrda butun dunyo bo‘yicha hisoblangan inson 
rivojlanish koeffitsienti 247 foiz punktga o‘sgan. Jumladan, aholi jon boshiga real YAIM ishlab 
chiqarish (solishtirma baholarda) 1,8 marta ortgan, o‘rtacha umr uzunligi 50 yoshdan 64 
yoshgacha ko‘tarilgan, aholi savodxonlik darajasi esa 50%gacha ortgan. 


Download 280,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish