Moliya-kredit tizimi stаtistikаsi


Bank statistikasining asosiy ko‘rsatkichlari



Download 280,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana07.04.2022
Hajmi280,42 Kb.
#533942
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8 mavzu ma\'ruza Moliya kredit tizimi statistikasi Aholi turmush

2. Bank statistikasining asosiy ko‘rsatkichlari. 
Bank tizimi (markaziy, tijorat va jamg‘arma) mamlakatning moliya-kredit faoliyatida 
etakchi o‘rinda turadi. Banklar faoliyatini ifodalvchi ko‘rsatkichlar tizimi, ularning faoliyati 
ishonchligini va samaradorligini baholashi lozim. Ko‘rsatkichlarning birinchi guruhi statistik 
mutloq ko‘rsatkichlardan iborat bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: 
a) bank aktivlari va resurslari; 
b) bank depozitlari; 
v) bank kreditlari; 
g) kapital yoki ustav fondi; 
d) foyda. 
Bular xaqida ma’lumot manbai bo‘lib, matbuotda e’lon qilinadigan banklar balansi 
hisoblanadi. Lekin chuqur tahlil uchun bu ko‘rsatkichlar etarli emas, chunki bunday balanslarda 
kredit resurslari va ulardan foydalanish muddatlari ko‘rsatilmaydi. 
Bank aktivlari foydalanilgan kredit resurslari (qo‘yilmalar) bo‘lib, ular balansning jami 
(valyutasi)ga teng. 
Bank resurslari bular bank ixtiyoridagi mablag‘lar hajmi bo‘lib, ular kreditlash va boshqa 
faol operatsiyalar o‘tkazishda foydalaniladi, ular balansning jami (valyutasi)ga teng. 
Bank resurslarini ikki guruhga ajratish mumkin: 
1) Xususiy mablag‘lar. Bankning xususiy kapitaliga aksioner va rezerv kapitali kiradi, bank 
aksiyalarini qimmatli qog‘ozlar bozorida joylashtirish natijasida hosil bo‘ladi, shuningdek ijtimoiy 
fondlar, ular foydasidan ajratmalar, taqsimlanmagan foyda hisobidan tashkil topadi. 
2) Jalb etilgan va qarz mablag‘lar. Bankning jalb etilgan mablag‘lariga, korrespondent va 
banklararo depozit hisoblarida saqlanayotgan mablag‘lari; bank hisoblariga o‘tkazilgan 
(depozitlar) korxona va tashkilotlarning mablag‘lari; aholining jamg‘arma mablag‘lari; byudjet 
mablag‘lari va boshqalar. Qarz (depozit bo‘lmagan) mablag‘lar – markaziy bankdan olingan 
ssudalar, banklararo ssudalar, banklararo vaqtincha moliyaviy yordam va boshqalar. 
Tahlilning birinchi bosqichida guruhlash usulini qo‘llagan holda balans moddalarini tarkibi 
aniqlanadi. So‘ngra har bir guruh va guruh ostining ulushi aniqlanib, resurslar va qo‘yilmalar 
ulushining o‘zgarishi baholanadi. Buning uchun: 1) tarkibiy o‘zgarishlarning integral koeffitsienti 
aniqlanadi: 
yoki 2) quyidagi indeks hisoblanadi: 
bunda: d
1i
– joriy davrda aktiv (passiv)lar i – moddasining ulushi 
d
0i
– shu moddalarning bazis davrdagi ulushi 
P – resurslar yoki qo‘yilmalar hajmi. 
Agar solishtirilayotgan davrda tarkib o‘zgarmay qolsa, bu ko‘rsatkich nolga teng bo‘ladi, 
agar tarkib butunlay o‘zgarsa bu ko‘rsatkich birga teng bo‘ladi. Ko‘rsatkich 0,1ga teng yoki undan 
katta bo‘lsa, sezirarli darajada tarkibiy o‘zgarishlar yuz berganini ifodalaydi. 
Aktiv va passivlar umumiy summasi yoki ularning ayrim guruhlari summasi dinamikasini 
o‘rganish tahlilning alohida yo‘nalishi bo‘lib hisoblanadi. 


Banklar faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, aktivlar va kapitalning 
daromadlilik ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
Foydaning (F) aktivlar umumiy summasiga (A) nisbati aktivlarning daromadlilik darajasini 
ifodalaydi, kapitalga (K) nisbati esa kapital daromadlilik darajasini ifodalaydi. Aktivlar 
daromadlik darajasi 2ta omilga bog‘liq: 
1) kapital va aktivlar nisbati; 
2) kapital daromadliligi: 
F/A=K/A x F/K; 
Har bir omilni ta’sirini baholash uchun indeks usulidan foydalaniladi. 

Download 280,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish