3-nazorat uchun savol
Nima uchun korporatsiya menejerlari foydani maksimallashtirish qoidasiga
emas, balki aksiyadorlar boyligini maksimallashtirish qoidasiga rioya qilishlari
kerak?
Albatta, menejerlar oldida turgan masala juda murakkab: o‘zlari qabul
qiladigan qarorning firma aksiyalari qiymatiga ta’sirini baholash. Masalan,
yuqorida keltirilgan misollarda, “A” va “B” yoki “A” va “V” loyihalaridan birini
tanlashda menejerlar shu loyihalardan qaysi biri firmaning bozor bahosini eng ko‘p
darajada oshirishini aniqlashlariga to‘g‘ri kelgan bo‘lardi. Bu oddiy emas, balki
juda murakkab vazifadir. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bunday qarorni qabul
qilish uchun aniq mezon qo‘llaniladi.
Shunday qilib, korporativ boshqaruvning asosiy vazifasi firma bahosini
aksiyadorlar manfaatiga mos tarzda maksimallashtiradigan qaror qabul qilishdan
iborat. Mazkur mezonni amalga oshirishda yuzaga keladigan asosiy muammo
qabul qilingan qarorning firma bo‘lajak qiymati (baho-si)ga eng yuqori ta’siri
ehtimoli qanday bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotni olishdan iborat.
Agar menejer o‘z firmasi va boshqa kompa-niyalar aksiyalarining bozor bahosi
o‘zgarishini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘lsa, uning vazifasi ancha
yengillashadi.
Darhaqiqat, bozordagi narx (baho)lar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmay
turib, bu mezon umuman qanday qilib amalga oshirilishi mumkinligini tasavvur
qilib bo‘lmaydi. Albatta, yaxshi menejer o‘z firmasidagi ishlab chiqarish jarayonini
har kimdan ham ko‘proq biladi deb faraz qilish maqsadga muvofiq bo‘lar edi,
ammo bunday ichki (firma nuqtai nazaridan) ma’lumot samarali qaror qabul qilish
20
“Kontekst” lotincha “contextus” – qo‘shilish, ulanish, bog‘lanish. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B. 402.
25
uchun yetarli bo‘la olmaydi. Fond bozori bo‘lmagan taqdirda menejerlarga tashqi
(firma uchun) ma’lumotlar, masalan mulkdorlarning boyligi, nimalarni xush
ko‘rishlari va boshqa investitsion imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot kerak bo‘ladi.
Bunday ma’lumotni qo‘lga kiritish uchun esa katta mablag‘ sarflanishi mumkin
(agar, umuman bunday ma’lumotni sotib olish mumkin bo‘lsa).
Shu sababdan, fond bozorining borligi (mavjudligi) menejerlarga to‘plash
nisbatan oson bo‘lgan ma’lumotlar, xususan aksiya va obligatsiyalar bahosi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda deyarli qo‘lga kiritib bo‘lmaydigan ma’lumotlar,
ya’ni aksiyadorlarning boyligi, ular xush ko‘radigan narsalar va boshqa
investitsion imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash imkonini beradi.
Shunday qilib, yaxshi rivojlangan fond bozorlarining mavjudligi firma mulkiga
egalik huquqini uni boshqarishdan ajratishni samarali amalga oshirishga yordam
beradi.
E’tibor bering, qaysidir ma’noda korporatsiyaning oliy rahbariyati va
korporatsiya faoliyatini kuzatib boradigan tashqi moliyaviy tahlilchilar oldida
turgan vazifa bitta. Ikkala guruhdagi mutaxassislar oxir oqibat bitta savolga javob
berishlari kerak: qanday qilib boshqaruv xodim-larining qarorlari firma
aksiyalarining bozor bahosiga ta’sir qilishi mumkin? Farqi esa shundaki,
tahlilchilardan farqli o‘laroq, menejerlar bu qarorlarni qabul qiladilar va ularning
amalga oshirilishi uchun javob beradi (mas’uldir)lar.
Biror korporatsiya oliy darajadagi boshqaruv xodimlarining asosiy
vazifalarini bilib olish uchun boshqaruv aksiyadorlarga taqdim etadigan yillik
hisobotga ko‘z tashlashning o‘zi kifoya. Odatda, bu hujjatga so‘zboshi sifatida
korporatsiya ijrochi direktorining xati ilova qilinadi. Ushbu xatda boshqaruvning
moliyaviy maqsadlari va ushbu maqsadga yetishish (erishish)ning umumiy
strategik rejasi bayon etiladi.
Quyida Honeywell Corporation korporatsiyasining 2016 yil yakuni bo‘yicha
o‘z aksiyadorlariga taqdim etgan yillik hisobotidan ko‘chirma keltiramiz.
Korporatsiya boshqaruvi raisi Maykl R.Bonsinor (Michael R.Bonsignore)
aksiyadorlarga quyidagi yozma murojaatni yo‘llagan: “Daromadli biznesning
o‘sishi. Qoniqish hosil qilgan iste’molchilar. Boshqaruv borasida dunyo miqyosida
yetakchilik. Men va dunyoning turli mamlakatlarida Honeywell korporatsiyasida
mehnat qiladigan barcha ishchi-xodimlar bizning korpo-ratsiya kelajagini aynan
shunday tasavvur qilamiz, ya’ni biz shuni istaymiz. Aynan shu bilan bizning asosiy
vazifalarimiz aniqlanadi va kompa-niyaning asosiy maqsadiga – kompaniya
aksiyadorlarining manfaatlariga mos tarzda uning aksiyalari bozor bahosi o‘sishini
ta’minlashga – erishish yo‘llari ko‘rsatib beriladi.
Hozirgi paytda rompaniya o‘zining birinchi navbatdagi moliyaviy vazifasini
bajarishni maqsad qilgan: aksiyadorlar bizning firma bilan taqqoslasa bo‘ladigan
va shu kompaniyalar ro‘yxatining birinchi chorak bo‘lagidan o‘rin olgan firmalar
ko‘rsatkichiga
teng
yillik
umumiy
daromad
olishlarini
ta’minlash.
Aksiyadorlarimizning umumiy yillik daromad-lari aksiyalar kursi
21
o‘sishi va
21
“Kurs” lotincha “sursus” so‘zidan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘z “yugurish, poyga; harakat, yo‘l, yo‘nalish” deb
tarjima qilinsa-da, bu yerda “aksiya, obligatsiya, veksel kabi qimmatli qog‘ozlar sotiladigan va xarib qilinadigan
26
korporatsiya aksiyalariga reinvestitsiya qilingan dividendlar umumiy summasiga
teng miqdorda belgilanadi.
Bizning menejerlar ushbu maqsadga erishish uchun belgilangan yo‘ldan
chetga og‘ishmay boradilar. Bizning qisqa muddatli kompensatsiya
22
dastu-rimizga
muvofiq korporatsiya xodimlari kompaniya daromadida erishilgan yaxshi
ko‘rsatkichlar uchun mukofotlanadilar. Biz kompleks
23
moliyaviy reja ishlab
chiqdik va ushbu rejada sotuv, foyda, aylanma kapital, kapital qo‘yilmalar va
soliqlar hajmi o‘sishi kabi aksiyador boyligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan har
bir omildan foydalanish bo‘yicha murakkab topshiriqlar belgilab berilgan”.
Do'stlaringiz bilan baham: |