“Moliya” kafedrasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

To‘rtinchidan,  mulkka  egalik  huquqini  boshqarishdan  ajratish  axborot 
olishga  ketadigan  xarajatlarni  tejash  imkonini  beradi.  Odatda,  menejer-lar 
firmaning  ishlab  chiqarish  texnologiyalari,  ishlab  chiqarish  resurslari  bahosi 
(qiymati) va mahsulotga bo‘lgan talab to‘g‘risida juda aniq va atroflicha ma’lumot 
to‘play  oladilar.  Kompaniya  egalariga  esa  ishlab  chiqarish  texnologiyalari,  firma 
faoliyatining  samaradorlik  darajasi  va  uning  mahsulotiga  talabning  qandayligi 
to‘g‘risida umumiy yoki yuzaki tasavvurga ega bo‘lishning o‘zi kifoya.  
Ko‘ngil  ochish  industriya
13
si  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  yana  bir  misolni  ko‘rib 
chiqamiz.  Kinofilmlar  ishlab  chiqarish  va  ularning  prokat
14
i  bilan  shug‘ullanish 
uchun  juda  keng  ma’lumot  to‘plash  kerak  bo‘ladi.  Avvalo,  yangi  filmda  ishtirok 
                                                           
12
 “Investor” inglizcha “investor”, lotincha “investire” – kiyintirmoq. Investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi 
shaxs, tashkilot yoki davlat. Qarang: o‘sha manba. J.II.–B. 207. 
13
 “Industriya” lotincha “industria” – mehnatsevarlik, tirishqoqlik. Sanoat;  milliy xo‘jalikning jamiyat iqtisodiy 
rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan muhim tarmog‘i. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B.209. 
14
 “Prokat” ruscha “prokat” – ijara (kira)ga berish yoki olish. U yoki bu narsani ma’lum miqdordagi haq evaziga 
vaqtincha foydalanish uchun berib yoki olib turish. Qarang: o‘sha manba. J.III. – B.312. 


20 
 
etishga  yollanishi  mumkin  bo‘lgan  taniqli  aktyorlar  va  rejissyorlar  to‘g‘risida 
ma’lumotni  ortiqcha  sarf-xarajatlarsiz  qo‘lga  kiritish  mumkin.  Ammo  kinofilm 
ishlab  chiqarish  va  uning  prokatiga  zarur  boshqa  resurslar  to‘g‘risida  so‘z 
boradigan  bo‘lsa,  buning  uchun  ko‘plab  mablag‘  talab  etilishi,  tabiiy.  Aktyorlar 
tanlash bo‘yicha mutaxassislar bilan aloqa o‘rnatish juda qimmatbaho jarayon va 
bu  vazifani  shu  kasbga  ixtisoslashgan  professional  ma’murlar  hammadan  a’lo 
darajada baja-radilar.  
Beshinchidan,  ta’lim  olish  (o‘qish)  egri  chizig‘i  effekt
15
i  (samarasi),  yoki 
faoliyat  yuritib  turgan  tashkilot  effekti  (samarasi)  degan  narsa  mavjud  va  u 
quyidagilarda  namoyon  bo‘ladi:  agar  kompaniya  egasi  bir  vaqtning  o‘zida  firma 
menejeri  bo‘lsa,  kompaniyaning  yangi  egasi  yangi  biznesni  muvaffaqiyatli 
boshqarish uchun undan ish yuritishni o‘rganishiga to‘g‘ri keladi. Agar kompaniya 
egasi bir vaqtning o‘zida menejer bo‘lmasa, biznes sotilgan taqdirda ham tajribali 
menejer tashkilotda ishlashda davom etadi, faqat endi u boshqa xo‘jayinga ishlaydi 
(xizmat  qiladi).  Kompaniya  birinchi  bor  o‘z  aksiyalarini  ochiq  muomalaga 
chiqarganda  (ya’ni,  ochiq  aksiyadorlik  kompaniyasi  (jamiyati)ga  aylanganda), 
uning  dastlabki  ta’sischisi  va  egalari  bo‘lgan  menejerlari,  garchi  endi  ular 
kompaniya  aksiyadorlari  bo‘lmasa-da,  ko‘pincha,  korporatsiyani  boshqarishda 
davom eta-dilar. 
Biznesni  tashkil  etishning  korporativ  shakli  mulkka  egalik  huquqi 
boshqaruvdan  ajratilganda  ayniqsa  samaralidir.  Chunki  u  firmaning  sog‘lom 
(normal)  faoliyatiga  putur  yetmagan  holda  mulkdorlar  ro‘yxatida  tez-tez 
o‘zgarishlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yadi (egalik huquqi aksiyalarga o‘tishi munosabati 
bilan). Butun dunyoda turli korporatsiyalarning millionlab aksiyalari qo‘lda qo‘lga 
o‘tib  turadi  va  buning  firmani  boshqarish  hamda  uning  faoliyat  yuritishi  sifatiga 
salbiy ta’sir qilgan hollari juda kam.  
 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish