Birinchidan, o‘z kasbini puxta egalla (biladi)gan professional mene-jerlarni
topish unchalik murakkab ish emas. Shu bilan birga, ular firmani boshqarish uchun
korxona egalariga qaraganda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan (ko‘pincha shunday
bo‘ladi ham), ko‘proq tajribaga ega bo‘lishi va, shunchaki, yaxshi insoniy fazilatlar
sohibi bo‘lishlari ham mumkin. Kompaniyani o‘zi boshqaradigan mulk egasi
nafaqat biznesni yuritish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarga, balki
boshqaruvchi iqtidoriga ham ega bo‘lishi kerak. Kompaniya mulkiga egalik
huquqini uni boshqarishdan ayirganda esa tabiatda kam uchraydigan bunaqangi
mushtaraklik talab etilmaydi.
Ko‘ngilochar biznes misolida shunday vaziyatni o‘rganib chiqamiz. Masalan,
kinostudiya yoki televideniye tarmog‘ini boshqarish borasida yuqori
Do'stlaringiz bilan baham: |