“Moliya” kafedrasi


Biznes olib borishning  asosiy



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

Biznes olib borishning  asosiy 
tashkiliy shakllari
 
Yakka egalik
 
Shirkat (yoki sheriklik)
 
Korporatsiya
 
Bitta odam yoki 
oilaga tegishli 
firma
 
Ikki va undan ko’p  
kishi (oila) mulki bo’lgan 
firma
 
Mustaqil  
yuridik  
shaxs
 


17 
 
Xususiy korxona yoki shirkatdan farqli o‘laroq, korporatsiya (corporation) – 
bu  mustaqil  yuridik  shaxs  bo‘lib,  u  o‘z  egalaridan  alohida  faoliyat  yuritadi. 
Korporatsiya mulkka egalik qilish, qarz olish va shartnomalar tuzish huquqiga ega. 
Ular  sudga  berishlari  va  ularni  ham  sudga  berish  mumkin.  Bundan  tashqari, 
korporatsiyalarni  va  biznes  yuritishning  ikkita  boshqa  shaklini  soliqqa  tortishda 
ham farq bor.  
Korporatsiya  ustav  hujjatlari  asosida  boshqariladi.  Aksiyadorlar  korporatsiya 
daromadidan  amalga  oshiriladigan  har  qanday  to‘lovlarda  o‘z  aksiyalari  soniga 
proporsional  ravishda  ulushga  ega  bo‘lish  (masalan,  dividendlar  ko‘rinishida) 
huquqiga  egadirlar.  Aksiyadorlar  direktorlar  kengashini  saylaydi  va  ular,  o‘z 
navbatida,  korporatsiya  ishlarini  boshqarish  uchun  menejerlarni  tayinlaydilar. 
Odatda,  aksiyadorlar  yig‘ilishida  bitta  aksiya  bitta  ovozga  ega.  Ammo  turli 
toifadagi aksiyalar ham bor bo‘lib, ular turli ovoz huquqini berishi mumkin. 
 Korporativ  tashkilot  (biznesni  korporativ  tashkil  qilish)ning  afzal  tomoni 
shundaki,  firmaning  sog‘lom  faoliyatiga  zarar  yetkazmasdan  aksiyalar  boshqa 
egalarga  berilishi  mumkin.  Boshqa  afzal  tomoni  aksiyadorlarning  mas’uliyati 
cheklanganligida  bo‘lib,  bu  degani  agar  korporatsiya  qarzlarini  to‘lashga  qodir 
bo‘lmasa, kreditor
10
lar  aksiyadorlarning  shaxsiy  mulkini  emas,  balki  korporatsiya 
aktivlarini  xatlaydilar.  Bu  ma’noda  korporatsiya  xuddi  shirkatda  asosiy  (bosh) 
sherik bajargan vazifani bajaradi, aksiyadorlar esa mas’uliyati cheklangan sheriklar 
kabi ishlaydi (faoliyat ko‘rsatadi)lar.  
Butun  dunyoda  yirik  firmalarning  deyarli  barchasi,  garchi  ularga  bitta  shaxs 
yoki  oila  egalik  qilsa-da,  korporatsiya  shaklida  faoliyat  yuritadi.    AQShda 
aksiyalari tarqoq korporatsiyalar ochiq (public corporations), mulkka egalik huquqi 
jamlangan  (to‘plangan)  korporatsiyalar  esa  yopiq  yoki  xususiy  korporatsiya 
(private corporations) deb ataladi.  
Turli  mamlakatlarda  korporatsiyalar  faoliyati  turlicha  qonunlar  bilan 
muvofiqlashtiriladi.  Hatto  bitta  mamlakat  ichida  bunday  firmalar  faoliyati  turli 
yurisdiksiyaga  tushishi  ham  mumkin.  Masalan,  AQShda  bunday  qonunlar  davlat 
darajasida joriy etiladi (va ularning bajarilishi qat’iy nazorat qilinadi). 
Kundalik  hayotda  nomiga  qarab  firmaning  korporatsiya  ekanligini 
quyidagicha  aniqlash  mumkin:  masalan,  AQShda  firma-korporatsiya  nomiga 
inglizcha  incorporated  so‘zidan  olingan  qisqartma  ink;  Fransiyada  –  SA  harflari 
(Societe  Anonime);  Italiyada  –  SpA  (Societa  per  Azione);  Niderlan-diyada  –  NV 
(Naamloze Vennootdchap); Shvetsiyada – AB (Aktiebolag)lar qo‘shiladi. 
Germaniyada  ochiq  korporatsiyalar  Aktiengesellschaften  deb  ataladi  va 
bunday  korporatsiyani  firma  nomining  oxiridagi  AG  harflaridan  bilsa  bo‘ladi; 
xususiy  korporatsiyalar  Gesellschaften  mit  beschrankter  Haftung  deb  ataladi  va 
ularning  nomiga  GmbH  harflari  qo‘shiladi.  Buyuk  Britaniyada  PLS  harflari 
mas’uliyati cheklangan ochiq kompaniyalar uchun va LTD xususiy kompaniyalar 
uchun xuddi shunday ma’noga ega. Tarixda nomi qolgan birinchi korporatsiyalar 
Amsterdam va Londonda XVII asrda tashkil etilgan va o‘zbekchada “aksiyadorlik 
                                                           
10
  “Kreditor” lotincha “creditor” – qarz beruvchi. Mol yoki pulni nasiyaga, qarzga bergan muassasa yoki shaxs. 
Qarang: o‘sha manba. J.II.–B. 415. 


18 
 
kompaniyasi” (joint stock companies) degan ma’noni anglatgan. Bizning kunlarda 
bunday atamadan deyarli foydalanilmaydi. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish