“Moliya” kafedrasi


 Biznesning tashkiliy shakllari va ularning moliyaviy qarorlar qabul qilishga



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

1. Biznesning tashkiliy shakllari va ularning moliyaviy qarorlar qabul qilishga 
ta’siri 
 
 
Biznes  olib  borishning  uchta  asosiy  tashkiliy  shakli  mavjud:  yakka  egalik, 
shirkat (yoki sheriklik) va korporatsiya (3.1-rasm).  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3.1-rasm. Biznes olib borishning asosiy tashkiliy shakllari
 
 
 
 Yakka  egalik  (sole  proprietorship),  bitta  odam  yoki  oilaga  tegishli  firma 
bo‘lib, unda  barcha aktivlar  va  majburiyatlar bir vaqtning o‘zida  firma  egasining 
mulki  hisoblanadi.  Yakka  mulkdor  firmaning  qarzlari  va  boshqa  majburiyatlari 
bo‘yicha  cheklanmagan  majburiyatlarga  yoki  cheklanmagan  mas’uliyatga 
(unlimited  liability)  ega.  Bu  degani,  agar  firma  kompaniya  kreditorlarining 
talablarini  qondirish  uchun  o‘z  qarz  majburiyatlarini  bajara  olmasa,  u  holda 
kompaniya egasining istalgan mulki xatga olinishi mumkin.  
 
Ko‘pchilik  firmalar  o‘z  faoliyatini  mulkka  yakka  egalik  sifatida  boshlaydi. 
Keyinchalik  kengayib,  oyoqqa  turgan  sari  o‘z  tashkiliy  shaklini  o‘zgartiradi. 
Ammo, shunaqasi ham bo‘ladiki, biznes – restoran, ko‘chmas mulk agentligi yoki 
kichkina  ustaxona  –  butun  faoliyat  davomida  yakka  mulkligicha  qolishi  ham 
mumkin. 
Shirkat  (partnership)  –  bu  ikki  va  undan  ko‘p  kishi  (oila)  mulki  bo‘lgan 
firma. Ular sherik deb ataladi va kompaniya kapitaliga birgalikda egalik qiladilar. 
Sheriklik  kelishuvida,  odatda,  qarorlar  qanday  qabul  qilinishi  va  firmaning 
daromad  va  zarari  qanday  taqsimlanishi  belgilab  qo‘yiladi.  Kelishuvda  boshqa 
shart  belgilangan  bo‘lmasa,  sheriklar,  xuddi  yakka  mulk-chilikdagi  kabi, 
majburiyatlar bo‘yicha cheklanmagan javobgarlikka ega bo‘ladilar. 
Ammo,  sheriklarning  majburiyatlarini  ma’lum  darajada  cheklash  ham 
mumkin.  U  holda  bunday  sheriklar  mas’uliyati  cheklangan  sheriklar,  yoki 
kommanditlar  deb  ataladilar  (limited  partners).  Biroq  bunda,  sheriklarning  hech 
bo‘lmasa  bittasi  firmaning  qarzlari  bo‘yicha  cheklanmagan  javobgarlikka  ega 
bo‘ladi va u asosiy (bosh) sherik deb ataladi. Odatda, kommandit-sheriklar shirkat 
faoliyatiga  taalluqli  kundalik  qarorlarni  qabul  qilishda  ishtirok  etmaydilar.  Bu 
asosiy (bosh) sherikning vakolatiga kiradi. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish