Ikkinchidan, biznesda samaradorlikka erishish yoki foyda ko‘rish uchun,
ko‘pincha, bir necha uy xo‘jaliklarining resurslarini birlashtirish kerak bo‘ladi.
Masalan, kam budjetli bo‘lsa-da, bitta film yaratishga millionlab mablag‘
sarflanadi, to‘liq metrajli film esa bir necha o‘n va hatto yuzlab million so‘mga
tushadi. Bunday vaziyatda ishlab chiqarishning iqtisodiy samarali ko‘lami
(masshtabi)ni ta’minlash maqsadida bir necha mulk-dorlarni birlashtiradigan
tuzilma talab etiladi va qizig‘i shundaki, ularning ko‘pchiligi bunday biznesni
boshqarishda bevosita ishtirok etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |