27
ataymiz, boshqaruvi noto‘g‘ri ketayotgani yaqqol ko‘zga tashlanayotgan boshqa
bir firmani ko‘z ostiga olib qo‘ydi. Bu firmaning menejerlari shunday investitsion
qaror qabul qildilarki, buning natijasida aksiyalarning bozor qiymati firma
resurslaridan
samarali
foydalangan
taqdirda
erishiladigan
eng
yuqori
ko‘rsatkichdan ancha past. Agar “yutib yuboruvchi” firma unga “yutib
yuboriladigan” firma usti-dan nazorat o‘rnatish uchun yetarli miqdorda aksiyalarni
sotib olishga muvaffaq bo‘lsa, u holda “yutib yuboruvchi” firma eski menejerlar
o‘rniga firma ishini muvaffaqiyatli (samarali) yo‘lga qo‘yishga qodir menejer-larni
ishga yollaydi.
Sotib olingan firmaning investitsion siyosati yo‘nalishi o‘zgarti-rilganini e’lon
qilgach, “yutib yuboruvchi” firma uning aksiyalarini yangi, bozor bahosidan ancha
yuqori bahoda sotadi va darrov daromad oladi. E’tibor bering, firma daromad olish
uchun qo‘shimcha moddiy resurs ishla-tishiga to‘g‘ri kelmayotir. Demak, butun ish
mobaynida uning barcha xara-jatlari boshqaruvi yomon yo‘lga qo‘yilgan firmani
aniqlashga va uning aksiyalarini sotib olishga qilingan xarajatlardan iborat.
Muvaffaqiyatsiz (nosamarali) firmani topishga ketadigan xarajatlar hajmi
turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo “yutib yuboriluvchi” firma unga mol yetkazib
beruvchi, mijoz yoki raqib bo‘lsa, bu xarajatlar nisbatan kam ham bo‘lishi
mumkin. Chunki bunday holda zarur ma’lumotlarning katta qismi oldindan
to‘plangan bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqiyatsiz (nosamarali) firmani topishga
maxsus mablag‘ sarflanmagan taqdirda ham yutib yuborish mexanizmi ishlashi
mumkin.
Boshqaruvi yomon yo‘lga qo‘yilgan firmalarni izlashga maxsus resurs-lar
ajratish xuddi real investitsiyalarning yangi dasturlariga mablag‘ ajratishdek
maqsadga muvofiqdir. Hatto, mana shunaqa dushmanona (boshqa-ruv xodimlariga
nisbatan), g‘ayritabiiy ravishda “yutib yuborish”ga ixti-soslashgan firmalar ham
mavjud. Oxir oqibat “yutilib ketish” xavfi ehtimoli shunaqangi ortadiki, ishdan
bo‘shatilishi xavfi menejerlar uchun juda samarali turtki bo‘ladi. Va ular firma
aksiyalarining bozor qiyma-tini maksimallashtirishga intilib, jon-jahdi bilan
aksiyadorlar manfa-ati yo‘lida, shuningdek, o‘z manfaatlari yo‘lida ham, mehnat
qilishni boshlaydilar.
Darhaqiqat, aksiyadorlar aniq ko‘rsatmalar bermasa-da va samarali
boshqarish nazariyasini uncha chuqur bilmasalar-da, menejerlar “o‘zini o‘zi
saqlash” hissiyoti tufayli ham firma bahosi (qiymati)ni imkon qadar (maksimal
darajada) oshirishga intiladilar. Bundan tashqari, yana shuni ta’kidlash joizki,
yuzaga kelgan vaziyatga sabab xoh menejerlar malakasining pastligi bo‘lsin, xoh
ularning maqsadni noto‘g‘ri tanlagani bo‘lsin, baribir “yutib yuborish” mexanizmi
bir xil samaradorlik bilan uni to‘g‘rilashga qodirdir.
“Yutib yuborish” mexanizmining samaradorligi ba’zida davlat siyosati
tufayli pasayadi. Masalan, turli tovar
bozorlarida mono-poliya
26
lar yuzaga kelishini
oldini olishga intilib, AQSh Adliya vazirligi raqobat kamayishiga olib kelishi
26
“Monopoliya” mono.. + yunoncha “poleo” – sotaman. 1. Iqtisodiyotning biron-bir sohasida tanho hukmronlik;
davlat, korxona yoki jismoniy shaxslarning ishlab chiqarish, savdo, hunarmandchilik sohasida faoliyat olib borishi
uchun berilgan alohida huquq. Qarang: o‘sha manba. J.II. - B. 614.
28
mumkin bo‘lgan kompaniyalar birlashishi va bir kompaniya ikkinchisini qo‘shib
olishini cheklashga yo‘naltirilgan trestga qarshi qonunchilik doirasida qator
tadbirlar amalga oshirmoqda. “Yutib yuboruvchi” o‘rnida ko‘pincha samarasiz
korxonaga mahsulot yetkazib beruvchi, uning mijozi yoki raqibi ish ko‘rar ekan,
bunday davlat siyosati “yutib yuborish” xavfini kamaytirishga qodir.
Do'stlaringiz bilan baham: