85
hisobotlarida kamdan-kam hollarda uning faoliyati qanchalik samarali bo‘lganini
to‘liq baholash uchun zarur ma’lumot mavjud. Ammo hisobotlar manfaatdor
shaxslarni kompaniya faoliyatining qaysi jihatlarini, ayniqsa, o‘ta sinchkovlik bilan
tahlil qilish kerakligi to‘g‘risida muhim ma’lumot bilan ta’minlashi mumkin.
Moliyaviy hisobotlarni batafsil o‘rganib, firmani boshqarishda qo‘lga kiritilgan
yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rish, ba’zida esa firibgarliklarni aniqlash
mumkin. Ularning naqadar muhim ekanligini anglash uchun Hisob Palatasi,
Moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, tarmoq yoki soha vazirliklari qoshidagi Nazorat-
taftish boshqarmalari, auditorlik xizmatlari va hokazolar tomonidan taqdim
etiladigan materiallarga ko‘z tashlashning o‘zi yetarli. Xuddi shunday maqsad
bilan OAV tomonidan e’lon qilinayotgan ma’lumotlarga e’tibor berishning o‘zi
ham juda ko‘p narsani ko‘rsatishi mumkin.
Rasmga ko‘rsatilishicha, moliyaviy hisobotlarning ikkinchi funksiyasi
firma
egalari va kreditorlariga kompaniya faoliyati samaradorligining asosiy reja
ko‘rsatkichlarini aniqlash va menejerlar faoliyatini tartibga solish imkonini berish
hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlardan direktorlar kengashi kompaniya samarador-ligining
rejadagi ko‘rsatkichlari borasida muayyan maqsadni belgilash uchun foydalanadi.
Masalan, ular balans daromadliligi yoki kapital daromad-liligi koeffitsiyenti (ROE)
uchun aniq o‘sish sur’atini belgilagan holda, muayyan maqsad qo‘yishi mumkin.
Shuningdek, kreditorlar firma boshqaruv-chilari oldiga joriy aktivlar va joriy
majburiyatlar nisbati koeffi-tsiyenti kabi kutilgan ko‘rsatkichni maqsad qilib
qo‘ygan holda, ularning xatti-harakatlarini cheklab qo‘yishlari ham mumkin.
Moliyaviy hisobotlarning navbatdagi funksiyasi,
qulay shablon-modellar
tuzish va ulardan moliyaviy rejalashtirish jarayonida foydalanishdir.
O‘z kompaniyalari uchun ma’lum davr bo‘yicha moliyaviy natijalar
to‘g‘risida dastlabki hisobotlar, balans va pul oqimlari to‘g‘risida hisobotlarni
tayyorlar ekanlar, menejerlar alohida rejalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni nazorat
qilishlari va firmaning moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan umumiy ehtiyojini
aniqlashlari kerak. Rejalashtirish jarayonida ushbu standart moliyaviy hisobotlar
boshqa shablonlarga almashtirilishi mumkin. Ammo, standart hujjatlar – moliyaviy
natijalar to‘g‘risidagi hisobot va balansning asosiy afzalligi shundaki, ular bilan
ishlaydiganlar, odatda, professional tayyorgarligi va maxsus ma’lumotga ega
bo‘lganliklari tufayli mazkur hujjatlar bilan yaxshi tanish bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: