(soddalashtirilgan shakli)
Xo‘jalik faoliyatidan pul mablag‘larining sof kirimi (chiqimi)
Sof foyda
23,4
Amortizatsiya (+)
+30,0
Olinishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlardagi summa (debitorlik
qarzlari)ning o‘zgarishi (-)
-10,0
Tovar-moddiy zaxiralar qiymatining o‘zgarishi (-)
-30,0
To‘lanishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlardagi summa (kreditorlik
qarzlari)ning) o‘zgarishi (+)
+12,0
Ishlab chiqarish faoliyatidan olingan pul mablag‘larining yakuniy
harakati
25,4
Investitsion faoliyat natijasidagi sof pul oqimlarining kirimi (chiqimi)
Asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar summasi o‘zgarishi (-)
-90,0
Moliyaviy faoliyatdan sof pul oqimlarining kirimi (chiqimi)
To‘langan dividendlar (-)
-10,0
Qisqa muddatli qarz summalarining o‘zgarishi (+)
+94,6
Pul mablag‘lari va bozor qimmatli qog‘ozlari summasining o‘zgarishi
20,0
mablag‘lari o‘rtasida nima uchun farq borligini ko‘rsatib beradigan to‘rtta modda
(bo‘lim) bor. Ular quyidagilardan iborat:
1. Amortizatsiya xarajat (ajratma)lari;
2. Olinishi kerak bo‘lgan (debitorlik) hisob-varaqlardagi summalar-ning
o‘zgarishi;
3. To‘lanishi kerak bo‘lgan (kreditorlik) hisob-varaqlardagi summalar-ning
o‘zgarishi;
4. Tovar-moddiy boyliklar qiymatining o‘zgarishi.
Endi “XYZ” korporatsiyasi hisobotining ushbu qismlarini batafsil-roq
o‘rganib chiqamiz.
Birinchidan, 20x1 bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari summasi 30,0 mln.
so‘mni tashkil etdi va 20x1 yil bo‘yicha sof foyda hisoblab chiqilayotganda bu
xarajatlar miqdori, garchi ular pul shaklida amalga oshirilmagan bo‘lsa-da,
kompaniya daromadlari summasidan chiqarib tashlangan edi. Buning sababi
shundaki, ekspluatatsiya jarayonida amortizatsiya ajratmalari hisoblanadigan
asosiy vositalar (zavod binolari va asbob-uskunalar)ni sotib olishga ketgan pul
mablag‘lari chiqimi ushbu aktivlar dastlab sotib olinganda hisobga olinadi. Ammo
bunda amortizatsiya ajratmalari xarajat hisobla-nadi va firma ushbu bino va asbob-
uskunalarni ekspluatatsiya qiladigan keyingi yillarda shu xarajatlarni hisobga oladi.
Demak, sof foyda ko‘rsatkichidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish faoliyatidan
93
olingan tushum ko‘rsatkichini aniqlash (olish) uchun, avvalo, birinchi navbatda
birinchi songa amortizatsiya ajratmalarini qo‘shish kerak.
Keyin, biz tahlil qilayotgan hisobotda 10,0 mln. so‘m miqdorida olinishi kerak
bo‘lgan debitorlik qarzlari summasining ortishi aks ettirilgan. Bu ko‘rsatkich yil
davomida firma ko‘rgan foyda summasi va firma amalda xaridorlardan olgan pul
miqdori o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan
olingan ma’lumot-larga ko‘ra “XYZ” korporatsiyasi 20x1 yilda jami 200,0 mln
so‘m miqdorida tovar ishlab chiqarib, jo‘natgan va xizmat ko‘rsatgan hamda bu
to‘lovlarni talab qilgan. Ammo amalda firma xaridorlardan faqat 190,0 mln so‘m.
olgan. Demak, sof foyda ko‘rsatkichi asosida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan
tushum ko‘rsatkichiga ega bo‘lish uchun birinchi ko‘rsatkichdan 10,0 mln. so‘m
(debitorlik qarzining ortishi)ni ayirib tashlash kerak.
Bundan tashqari, hisobotda tovar-moddiy zaxiralar qiymatining 30,0 mln.
so‘m miqdorida ortgani qayd etilgan. Bu tovar-moddiy zaxiralarning yil oxiridagi
qiymati shu davrning yil boshidagi qiymatidan 30,0 mln. so‘mga ko‘p, deganidir.
Demak, xom ashyo sotib olish va (yoki) tovar-moddiy zaxiralarga kiritilgan tovar
ishlab chiqarishga 30,0 mln. so‘m sarflangan va bu xarajatlar sof foyda
hisoblanayotganda inobatga olinmagan. Shunday qilib, sof foyda ko‘rsatkichi
asosida operatsion faoliyatdan olingan tushum
ko‘rsatkichiga ega bo‘lish uchun
birinchi ko‘rsatkichdan 30,0 mln. so‘m (ya’ni, 20x1 yilda tovar-moddiy boyliklar
qiymati oshishi)ni ayirib tashlash kerak.
Hisobotning to‘rtinchi moddasi (bo‘limi)da to‘lanishi kerak bo‘lgan summa
(kreditorlik qarzi)ning 12,0 mln. so‘mga oshgani aks ettirilgan. Bu son “XYZ”
korporatsiyasining hisobot yilida sotilgan tovarlari tannarxi (110,0 mln. so‘m) va
unga mahsulot (mol) yetkazib beruvchilar va xodimlarga to‘langan pul miqdori
(hajmi) o‘rtasidagi farqni o‘zida mujassam etadi. Sof foyda hisoblanayotganda
110,0 mln. so‘m to‘liqligicha chiqarib tashla-nadi. O‘z navbatida, operatsion
faoliyatdan kelgan pul oqimlari hisobla-nayotganda esa firma haqiqatda to‘lagan
faqat 98,0 mln. so‘m chiqarib tashlanadi. Shunday qilib, sof foyda ko‘rsatkichi
asosida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan tushum ko‘rsatkichiga ega bo‘lish
uchun sof foyda summasiga 12,0 mln. so‘mni qo‘shish kerak.
Shunday qilib, amin bo‘ldikki, ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan pul
tushumlari ko‘rsatkichi bilan kompaniyaning sof foydasi mos keladi, deb
ta’kidlash uchun bizda hech bir asos yo‘q. Ularni bir-biriga moslashtirish uchun
sof foydani, biz yuqorida muhokama etgan, hisobotning to‘rtta moddasi (qismi)ni
hisobga olgan holda to‘g‘rilash kerak.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot “hisoblash metodi” asosida turli hisob
yuritish standartlari qo‘llaniladigan turli mamlakatlarda o‘z sof foydasi yuzasidan
hisobot beradigan kompaniyalarning iqtisodiy ko‘rsat-kichlarini taqqoslash uchun
juda muhim.
Investitsion faoliyat munosabati bilan pul oqimlari aks ettirilgan jadvalning
ikkinchi bo‘limida ko‘ramizki, 20x1 yil davomida “XYZ” kompaniyasi yangi
zavod binolari va asbob-uskunalar sotib olishga 90,0 mln. so‘m sarflagan.
Hisobotning uchinchi bo‘limida – moliyaviy faoliyat natijasida pul oqimlari
94
harakatida – korporatsiya o‘z aksiyadorlariga dividend tariqasida pul shaklida 10,0
mln. so‘m to‘lagan va 94,6 mln. so‘m miqdorida qarz olgan va o‘zining qisqa
muddatli qarzini ko‘paytirgan.
Yuqorida bayon etilganlarga yakun yasab, aytish mumkinki, “XYZ”
kompaniyasining ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyati uning
ixtiyoridagi pul mablag‘lariga (pullar va bozor qimmatli qog‘ozlari) ta’sir
ko‘rsatishi natijasida ularning hajmi 20x1 yil oxiriga kelib, 20,0 mln. so‘mga
oshgan. Bu summaga quyidagi tarzda erishilgan: ishlab chiqarish operatsiyalari
natijasida“XYZ” kompaniyasi 25,4 mln. so‘m miqdorida daromad olgan va bundan
tashqari, 94,6 mln so‘m miqdorida qo‘shimcha qarz (zayom) olgan. Jami bu 120,0
mln. so‘m miqdorida tushumni hosil qiladi. Bu summadan 90,0 mln. so‘m yangi
asosiy vositalar sotib olishga, 10,0 mln. so‘m esa aksiyadorlarga dividend to‘lashga
sarflangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |