“Moliya” kafedrasi


Yillarning 31 dekabr holatiga “XYZ”  korporatsiyasi balansi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

Yillarning 31 dekabr holatiga “XYZ”  korporatsiyasi balansi 
(mln. so‘mda) 
Aktivlar 
20x0  
20x1   O‘zgarish 
Aylanma (joriy) aktivlar 
 
 
 
Pul mablag‘lari va bozor (qisqa muddatli)  
qimmatli qog‘ozlari  
100,0 
120,0 
20,0 
Debitorlik qarzlari 
50,0 
60,0 
10,0 
Tovar-moddiy zaxiralar 
150,0 
180,0 
30,0 
Jami aylanma aktivlar 
300,0 
360,0 
60,0 
Asosiy vositalar 
400,0 
490,0 
90,0 
Hisoblangan eskirish 
100,0 
130,0 
30,0 
Asosiy vositalarning qoldiq qiymati  
300,0 
360,0 
60,0 
Jami aktivlar 
600,0 
710,0 
120,0 
Majburiyatlar va xususiy kapital 
 
 
 
Qisqa muddatli majburiyatlar 
 
 
 
Kreditorlik qarzlari 
60,0 
72,0 
12,0 
Banklarning qisqa muddatli kreditlari  
90,0 
184,6 
94,6 
Jami qisqa muddatli majburiyatlar  
150,0 
256,6 
106,6 
Uzoq muddatli majburiyatlar (to‘lash mudda- 
ti 20x7 yilga belgilangan 8%li obligatsiyalar) 
150,0 
150,0 
0,0 
Aksiyadorlik kapitali (muomaladagi 1 mln.  
aksiya) 
300,0 
313,4 
13,4 
Kapitalning to‘langan qismi 
200,0 
200,0 
0,0 
Taqsimlanmagan daromad 
100,0 
113,4 
13,4 
Ma’lumot uchun: 
Oddiy aksiyalarning bozor kursi, so‘mda  
 
200,0  
 
187,2 
 
-12,8 


88 
 
Keyingi  o‘rinda  aylanma  bo‘lmagan  aktivlar,  ya’ni  kompaniyaning  asosiy 
vositalari keladi. Bu guruhga, shuningdek, yer, zavod binolari va asbob-uskunalari 
kabi modda (qism)lar kiradi
74
. Biz tahlil qilayotgan balansga ko‘ra bino va asbob-
uskunalarning  amortizatsiyani  chegirib  tashlagandagi  qiymati  300,0  mln.  so‘mni 
tashkil  etadi.  Shunday  qilib,  korporatsiyaning  jami  aktivlari  600,0  mln.  so‘mga 
teng. 
Bundan  keyin  balansda  “XYZ”    korporatsiyasining  majburiyatlari  aks 
ettiriladi.  To‘lovini  bir  yil  ichida  amalga  oshirishi  kerak  bo‘lgan  majburiyatlar 
qisqa  muddatli  majburiyatlar  deb  ataladi.  Ba’zida  ularni  qisqa  muddatli  qarz deb 
atashadi.  “XYZ”    korporatsiyasi  uchun  bu  ko‘rsatkich  to‘lanishi  kerak  bo‘lgan 
hisoblar  (ya’ni,  korporatsiya  o‘z  mahsulot  (mol)  yetkazib  beruvchilariga  to‘lashi 
kerak bo‘lgan summa – 60,0 mln. so‘m, shuningdek, ular kreditorlik qarzlari deb 
ataladi)  va  kompaniyaning  qisqa  muddatli  kreditlar  bo‘yicha  qarzi  (90,0  mln. 
so‘m) summasidan iborat. 
Aylanma aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar o‘rtasidagi farq sof aylanma 
kapital  deb  ataladi.  Balansda  bu  ko‘rsatkich  alohida  aks  ettirilmaydi.  Ammo  uni 
hisoblash juda oson. Demak, sof aylanma kapital summasi 20x0 yil oxiriga 150,0 
mln. so‘mni tashkil etgan. Buning uchun biz joriy aktivlar ko‘rsatkichidan (300,0 
mln. so‘m) joriy majburiyatlarni (150,0 mln. so‘m) ayirdik. 
So‘ng  “XYZ”  korporatsiyasi    balansining  majburiyatlar  guruhida  uzoq 
muddatli  qarzlar  yoki  uzoq  muddatli  majburiyatlar  ko‘rsatilgan.  Bular  nominal 
qiymati  150,0  mln.  so‘m  va  to‘lash  muddati  20x7  yil  deb  belgilangan 
obligatsiyalardir. Ushbu majburiyatlar bo‘yicha korporatsiya belgilangan yillik 8% 
stavkasini  to‘laydi.  Bu  degani  “XYZ”  korporatsiyasining      obligatsiyalarga  doir 
foizlarni  to‘lash  bo‘yicha  har  yillik  xarajat  12,0  mln.  so‘mni  tashkil  etadi, 
demakdir.  Bu  xarajatlar  “XYZ”  korporatsiyasi  faoliyatining  moliyaviy  natijalar 
to‘g‘risidagi hisobotida aks ettiriladi.  
Korporatsiya  balansidagi  aks  ettirilishi  lozim  bo‘lgan  ma’lumot-larning  eng 
oxirgi kategoriyasi uning xususiy (aksiyadorlik) kapitalidir. Unga ko‘ra kapitalning 
to‘langan qismi, ya’ni o‘tmishda oddiy aksiyalarni muomalaga chiqarish natijasida 
olingan  summa  200,0  mln.  so‘mni  tashkil  etgan.  Kompaniya  biznesini 
rivojlantirishga  yo‘naltirilgan  taqsimlanmagan  (ushlab  qolingan)  daromad,  ya’ni 
olingan foydaning jami ko‘rsatkichi esa – 100,0 mln. so‘mga teng bo‘lgan.  
Endi  20x0  31  dekabrdan  20x1  yil  31  dekabrgacha  “XYZ”    korporatsiyasi 
balansida  yuz  bergan  o‘zgarishlarni  ko‘rib  chiqamiz.  11.2-jadvaldagi 
ma’lumotlardan  ko‘rinib  turibdiki,  mazkur  davr  oralig‘ida  jami  aktivlar  20%ga 
oshgan.  Shuningdek,  to‘lanishi  kerak  bo‘lgan  hisobvaraqlari  bo‘yicha  qarzdorlik 
ham ortgan. Bir vaqtning o‘zida, qisqa muddatli qarzlar bo‘yicha qarzdorlik 94,6 
mln.  so‘mga  oshgan  bo‘lsa,  uzoq  muddatli  qarz  majburiyatlari  summasi 
oldingidek,  ya’ni  150,0  mln.  so‘m  miqdorida  qolgan.  Shu  davr  mobaynida 
aksiyadorlik  kapitali  ham  13,4  mln.  so‘mga,  ya’ni  kompaniya  biznesni 
                                                           
74
  Mamlakatimizda  qabul  qilingan  hisobot  shakllarida  dastlab  uzoq  muddatli,  keyin  esa  joriy  aktivlar 
keltiriladi. 
 


89 
 
rivojlantirish  uchun  qoldirgan  taqsimlanmagan  sof  foyda  summasiga  teng 
miqdorda  ortgan.  Bu  davrda  yangi  aksiyalar  chiqarilmagan.  Shuning  uchun 
kapitalning to‘langan qismi ko‘rsatkichi o‘zgarishsiz qolgan.  
 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish