“Moliya” kafedrasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

o‘rtasidagi farq
 
 
       1. Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq 
 
 
Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko‘rsatilgan kompaniya aktivlari va 
aksiyadorlik  kapitali  qiymati  balans  (bahosi)  qiymati  (book  value)  deb  ataladi. 
Kompaniya bitta aksiyasining balans qiymati – bu firmaning rasmiy balansida aks 
ettirilgan  aksiyadorlik  kapitali  umumiy  summasini  (so‘mda)  muomaladagi  oddiy 
aksiyalar soniga bo‘lish natijasida olingan qiymatdir.  
Ma`lumotlardan  ko‘rinib turibdiki, “XYZ” korporatsiyasi aksiyalarining 20x1 
yil  oxiri  holatiga  balans  qiymati  (bahosi)  313,40  so‘mni  tashkil  etgan.  Ammo 
xuddi  shu  vaqtga  ularning  bozor  qiymati  (bahosi)  atigi  187,20  so‘mga  teng 
bo‘lgan.  Investorlar  “XYZ”  korporatsiyasining  bitta  aksiyasi  uchun  to‘lashga 
tayyor  bo‘lgan  summa  aynan  shu  summa  hisoblanadi.    Ammo  bu  qiymat 
kompaniyaning rasmiy balansida aks ettirilmaydi.  
Bu  yerda  quyidagi  savollarning  tug‘ilishi,  tabiiy:  nima  sababdan  aksiya-
larning bozor va balans qiymati (bahosi) ko‘rsatkichlari bir-biridan farq qiladi? Va 
mas’uliyatli  moliyaviy  qaror  qabul  qilishi  lozim  bo‘lgan  shaxs  uchun  bu  qiymat 
(baho)lardan qaysi biri muhimroq? 
 Ushbu masalalar juda muhim bo‘lganligi uchun ularni batafsil o‘rganamiz. 
Dastlab  shuni qayd  etish  lozimki, aksiyalarning bozor qiymati  (bahosi) doim 
ham  ularning  balans  qiymati  (bahosi)ga  mos  kelmasligiga  quyidagi  ikkita  asosiy 
sabab bor: 

 
Balans  qiymati  firmaning  barcha  aktivlari  va  majburiyatlarini  o‘z  ichiga 
olmaydi; 

 
Firmaning  rasmiy  balansiga  kiritilgan  aktivlar  va  majburiyatlar  ko‘p 
hollarda joriy bozor qiymati bo‘yicha emas, balki dastlabki qiymati bilan 
baholanib, ulardan amortizatsiya chiqarib tashlanadi. 
Endi  asosiy  e’tiborimizni  ana  shu  ikkala  sababni  batafsil  ko‘rib  chiqishga 
qaratamiz. 
Birinchidan,  buxgalteriya  balanslarida,  ko‘pincha,  muhim  iqtisodiy 
ahamiyatga  ega  bo‘lgan  aktivlar  qayd  etilmaydi.  Xususan,  kompaniya  ishlab 
chiqaradigan  tovarlar  sifati  va  ishonchliligi  orqasida  kompaniya  orttirgan  obro‘ 
ularda  aks  ettirilmaydi.  Shuningdek,  agar  firma  ilmiy-texnik  taraqqiyotga  katta 
mablag‘  sarflab,  ma’lum  ilmiy  baza  yaratishga  erishgan bo‘lsa,  bu  ham  balansda 
o‘z  ifodasini  topmaydi.  Yuqorida  tilga  olingan  aktivlar  nomoddiy  aktivlar 
(intangible  assets)  deb  ataladi  va  ayonki,  ular  firmaning  bozor  qiymati  (bahosi) 


97 
 
oshishiga  ko‘p  jihatdan  ta’sir  qiladi  va  ular  moliyaviy  qaror  qabul  qilishda 
e’tiborga olinishi kerak. 
Buxgalterlar  o‘z  firmasi  balansiga  ba’zi  nomoddiy  aktivlarni  kiritadilar. 
Ammo  bu  narsa  ularning  bozor  qiymati  (bahosi)  bo‘yicha    amalga  oshirilmaydi. 
Masalan,  firma  boshqa  firmadan  patent  sotib  olsa,  patent  qiymati  (bahosi)  balans 
aktivining  tegishli  qismida  aks  ettiriladi  va  unga  amortizatsiya  ajratmalari 
(chegirmalari)  hisoblanadi.  Bundan  tashqari,  kompaniya  boshqa  kompaniyani 
uning  balans  qiymati  (bahosi)dan  qimmat  (yuqori)  bahoda  sotib  olsa,  buxgalter 
sotib  oluvchi  firma  balansiga  nomoddiy  aktivni  qo‘shadi.  Bu  aktiv  gudvil  yoki 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish