“Moliya” kafedrasi


-mavzu. Davlat va nodavlat moliyaviy tashkilotlari



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

 
10-mavzu. Davlat va nodavlat moliyaviy tashkilotlari 
 
Reja: 
1.  Markaziy banklar
 
2.  Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar
 
3.  Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar
 
 
1. Markaziy banklar 
Modomiki, davlat qonun yaratuvchi va ularning bajarilishini nazorat qiluvchi 
organ  hisoblanar  ekan,  u  moliyaviy  tizimni  tartibga  solish  bo‘yicha  to‘liq 
javobgardir. Dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri bo‘lgan AQShda 
ham,  boshqa  davlatlarda  ham  moliyaviy  tizimni  tartibga  solish  bo‘yicha  ba’zi 
masalalarni  bajarish  ma’lum  bir  moliyaviy  sektor  qatnashchilari  assotsiatsiyasi 
yoki  fond  birjalariga  o‘xshash  xususiy  sektor  muassasalarining  vakolatiga 
o‘tkaziladi.  
Jumladan, AQShda qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha Komissiya (SEC 
–  Securities  Exchange  Commission)  tashkil  etilgan.  Xuddi  shunday  Komissiya, 
xususan, O‘zbekistonda ham mavjud. Uning asosiy vazifasi har bir yangi qimmatli 
qog‘ozlarni ommaviy chiqarishda firmalar tomonidan taqdim etilishi lozim bo‘lgan 
ular  faoliyati  to‘g‘risidagi  ma’lumot  hajmiga  bo‘lgan  aniq  talablarni  ishlab 
chiqishdan  iborat.  Boshqa  davlatlarda  ham  shu  kabi  tartibga  soluvchi  organlar 
mavjud. 
Biroq, davlat moliyaviy tizimni tartibga soluvchi organ rolini o‘ynagani bilan 
bir  qatorda,  u  mazkur  tizimdan  o‘z  siyosatining  boshqa  maqsadlariga  erishish 
uchun  foydalanadi.  Misol  tariqasida  hukumatning  pul-kredit  siyosatini  iqtisodiy 
o‘sish  yoki  bandlik  sohasidagi  turli  umummilliy  vazifalarning  bajarilishi  uchun 
foydalanishini keltirish mumkin. Keyingi o‘rinlarda biz u yoki bu moliyaviy tizim 
sohasini  tartibga  soluvchi  yoxud  boshqa  iqtisodiy  maqsadlarga  yetishish  uchun 
ushbu  tizimni  asosiy  instrument  (vosita)  tariqasida  ishlatadigan  ba’zi  davlat 
tashkilotlari to‘g‘risida so‘z yuritamiz.  
Markaziy  banklar  –  bu  asosiy  funksiyasi  moliyaviy  bozorning  ma’lum 
parametrlariga,  masalan,  muomaladagi  pul  miqdoriga  ta’sir  etish  orqali  davlat 
siyosati vazifalarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan moliyaviy 
vositachilardir.  Markaziy  banklar  faoliyati  ba’zi  davlatlarda  davlat  ijroiya 
organlarining  bevosita  nazorati  ostida  bo‘lsa,  boshqa  davlatlarda  ular  ma’lum 
darajada avtonomlik (mustaqillik)ka egadirlar
72

                                                           
72
 AQSh Markaziy banki (Federal Reserve System – Federal zahira tizimi) davlatga nisbatan yuqori darajadagi 
mustaqillikka  ega.  Uning  tarkibiga  7  a’zodan  iborat  bo‘lgan  va  Kolumbiya  shtatidagi  Vashington  shahrida 


81 
 
Bank  ma’lum  bir  davlatning  markaziy  banki  ekanligini  ko‘pincha  uning 
nomiga qarab bilib olish mumkin: Bank of England, Bank of Japan, Bank Rossii va 
hokazo. Biroq, masalan, markaziy bank AQShda Federal Reserve System (Federal 
zahira tizimi), Germaniyada esa Bundesbank deb ataladi. 
Markaziy bank odatda davlat to‘lov tizimining yuragi hisoblanadi. U davlatni 
milliy  valyuta  bilan  ta’minlaydi  va  banklararo  hisob-kitoblar  tizimi  uning 
boshqaruvida  bo‘ladi.  To‘lov  tizimi  samarali  bo‘lishi  uchun  inflyatsiya  darajasi 
kamida o‘rtacha bo‘lishi
73
 va buni markaziy banklar o‘zlarining asosiy vazifasi deb 
ko‘rishlari shart. 
Biroq,  ko‘p  davlatlarda  ulardan  aholining  to‘liq  bandligini  hamda  davlat 
iqtisodiy  o‘sishini  ta’minlash  kabi  maqsadlarga  erishishga  yo‘naltirilgan 
harakatlarni  kutishadi.  Bunday  davlatlarda  markaziy  banklarga  ko‘pincha  bir-biri 
bilan  nizoli  maqsadlarni  balans  (muvozanat)ga  keltirish:  narxlar  barqarorligini  va 
aholining  to‘liq  bandligini  ta’minlash  yuzasidan  barcha  choralarni  ko‘rishiga 
to‘g‘ri keladi. 
 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish