“Moliya” kafedrasi


 Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

3. Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar  
 
Bugungi  kunda  ko‘plab  xalqaro  moliyaviy  tashkilotlar  mavjud.  Ular-ning 
vakolati turli davlat hukumatlari moliyaviy siyosatini muvofiq-lashtirishdan iborat. 
Bunday  xalqaro  moliyaviy  tashkilotlar  ichida  eng  muhimi  Bazelda  (Shveysariya) 
joylashgan Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS – Bank for International Settlements) 
hisoblanadi. Uning vazifasi  barcha  mamlakatlardagi  bank qoidalarining  maksimal 
o‘xshashligini  ta’minlash-dan  iborat.  Undan  tashqari,  xalqaro  moliya  bozorida 
yana ikki xalqaro moliyaviy tashkilot faoliyat  yuritadi. Ularning maqsadi  – savdo 
va  moliya  faoliyatini  rag‘batlantirishdan  iborat.  Bular:  Xalqaro  valyuta  fondi 
(XVF)  (IMF  –  International  Monetary  Rupd)  va  Xalqaro  taraqqiyot  va  tiklanish 
banki, yoki Dunyo banki (International Bank for Reconstruction and Development, 
World  bank).  XVF  unga  a’zo  bo‘lgan  davlatlar  iqtisodiy  va  moliyaviy 
sharoitlarining  o‘zgarishini  kuzatadi,  texnik  yordam  ko‘rsatadi,  xalqaro  savdo  va 
moliya  operatsiyalari  qoidalarini  ishlab  chiqadi,  xalqaro  iqtisodiyotning  turli 
masalalari  bo‘yicha  maslahat  beradi,  ayrim  a’zo  davlatlar  to‘lov  balansini 
to‘g‘rilab olishlari uchun resurslar taqdim qiladi va h.k. 
Dunyo  banki  rivojlanayotgan  davlatlarda  turli  investitsion  loyiha-larni 
moliyalashtiradi.  U  rivojlangan  davlatlarda  obligatsiyalar  sotuvi  orqali  kapitalni 
jalb etadi va shundan so‘ng uni muayyan mezonlarga javob beruvchi va biror-bir 
davlatning iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘nal-tirilgan loyihalarni amalga oshirish 
uchun qarzga beradi. 
Moliyaviy  tizim  moliyaviy  xizmatlar  ko‘rsatuvchi  bozorlar,  vosita-chilar, 
firmalar  va  boshqa  institutlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Ular  yordamida  uy  xo‘jaliklari, 
xususiy  kompaniya  va  hukumat  tashkilotlari  o‘zlari  qabul  qilgan  moliyaviy 
qarorlarini  amalga  oshiradilar.  Moliyaviy  tizim  tarkibiga  aksiyalar,  obligatsiyalar 
va  boshqa  qimmatbaho  qog‘ozlar  sotiluvchi  bozorlar,  shuningdek,  banklar  va 
sug‘urta kompaniyalari kabi moliyaviy vositachilar kiradi. 
Pul mablag‘lari moliyaviy tizim tuzilmasining turli elementlari orqali ortiqcha 
moliyaviy  mablag‘larga  ega  bo‘lgan  kompaniyalardan  mablag‘  yetishmaydigan 
kompaniyalarga  oqib  o‘tadi.  Ko‘pgina  hollarda  moliyaviy  oqim  moliyaviy 
vositachilar orqali o‘tadi.  
Moliyaviy tizim olti asosiy funksiyani bajaradi: 
-  iqtisodiy  resurslarning  vaqt  oralig‘ida,  davlat  chegaralari  orqali  va 
iqtisodiyotning bir sohasidan boshqasiga ko‘chirish; 
riskni boshqarish
- savdoga imkon beruvchi kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish


83 
 
- turli korxonalardagi egaliklarni bo‘lish va moliyaviy resurslarni qo‘shish
-  iqtisodiyotning  turli  sohalarida  markazlashtirilmagan  qaror  qabul  qilish 
jarayonini  muvofiqlashtirishga  imkon  beruvchi  narx  (baho)  ma’lu-moti  bilan 
ta’minlash; 
stimullashtirish muammolarini hal etish usullarini ta’minlash.  
Bu muammolar bitim ishtirokchilaridan biri ega bo‘lgan ma’lumotga boshqasi 
ega bo‘lmaganda yoki qatnashchilardan biri ikkinchisining nomidan agent sifatida 
harakat qilgan hollarda yuzaga keladi. 
Yuqorida 
sanalgan 
moliyaviy 
funksiyalarni 
bajarish 
usullarining 
takomillashuviga  olib  keladigan  raqobat  moliya  sohasida  har  qanday 
innovatsiyaning  yuzaga  kelishi  uchun  asosiy  turtki  beruvchi  omil  bo‘lib  xizmat 
qiladi. 
Fond  bozorlarida  quyidagi  moliyaviy  aktivlarning  asosiy  turlari  bilan  savdo 
qilinadi: qarz majburiyatlari, aksiyalar va hosilaviy qimmatli qog‘ozlar. 
•  Qarz  vositalari  pulni  qarzga  oluvchi  barcha  firmalar,  hukumat  va  uy 
xo‘jaliklari  tomonidan  chiqariladi.  Aksiyalar  –  bu  firma  egalarining  uning 
aktivlarining bir qismiga egaligi to‘g‘risidagi talabidir. 
•  Hosilaviy  qimmatli  qog‘ozlar  –  bu  qiymati  boshqa  aktivlar  narxlari  bilan 
bog‘liq ravishda o‘rnatiladigan opsionlar va fyuchers shartnomalari kabi moliyaviy 
instrumentlardir. 
 Foiz  stavkasi  deb  qarzga  olingan  mablag‘lar  bo‘yicha  va’da  qilingan 
daromadlilik  stavkasiga  aytiladi.  Qarzlarning  turi  qancha  bo‘lsa,  foiz 
stavkalarining turlari ham shuncha bo‘ladi. Foiz stavkasining miqdori hisob-kitob 
pul birligi, to‘lov qatori (navbati) va kredit instrumenti (defolt riski) bo‘yicha bitim 
shartlarining  bajarilmasligi  ehtimoliga  bog‘liq.  Nominal  foiz  stavkasi  aniq  pul 
birliklarida  ifodalanadi;  daromadlilikning  real  stavkasini  aniqlash  uchun  vosita 
sifatida ma’lum bir standartlashtirilgan iste’mol savatidan foydalaniladi. 
Muayyan  (qayd  qilingan)
 
nominal  foiz  stavkalari  bo‘yicha  taklif  etiladigan 
obligatsiyalar  daromadlilik  real  stavkasining  noaniq  ko‘rsat-kichiga  ega. 
Inflyatsiyani  hisobga  olgan  holda  indekslangan  hamda  muayyan  real  stavkalarini 
taklif etuvchi obligatsiyalar daromadlilik nominal
 
stavkasining noaniq ko‘rsatkichi 
bilan tavsiflanadi. 
Bozor  iqtisodiyotida daromadlilik  stavkasi  darajasiga to‘rt  asosiy  omil  ta’sir 
etadi: 
•  ishlab  chiqarish  vositalari  samaradorligi  –  shaxta,  to‘g‘on,  yo‘l,  ko‘prik, 
zavod, mashina va tovar-material zahiralariga sarflangan mablag‘-dan kutilayotgan 
daromadlilik stavkalari; 
• ishlab chiqarish vositalari samaradorligiga nisbatan noaniqlik darajasi; 
•  insonlarning  vaqtinchalik  afzal  ko‘rishlari  –  insonlarning  kelajakda  emas, 
aynan bugun tovarlar va xizmatlarni iste’mol qilishni qanchalik afzal ko‘rishlari; 
•  riskni  yoqtirmaslik  –  investitsiya  riskini  qisqartirish  maqsadida 
daromadlilikni oshirishdan voz kechishga rozi insonlar soni. 


84 
 
Indekslash deb investitsiya stretegiyasini atashadi, uning maqsadi investitsiya 
kapitalining  daromadliligi  o‘zgarishini  mo‘ljal  sifatida  tanlangan  birja  indeksiga 
bog‘lab qo‘yishdir.  
Asosiy funksiyasi mijozlarni ular moliya bozorida bevosita opera-tsiyalaridan 
olishlari  mumkin  bo‘lgan  moliyaviy  mahsulotlar  va  xizmatlarga  nisbatan  yuqori 
samarali moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat firmalarga 
moliyaviy  vositachilar  deyiladi.  Moliyaviy  vositachilarning  asosiy  turlari  ichida 
banklar,  investitsiya  va  sug‘urta  kompaniyalarini  keltirish  mumkin.  Ularning 
moliyaviy  mahsu-lotlari:  chek  hisobvaraqlari,  kreditlar,  ipotekalar,  o‘zaro 
jamg‘armalarning  qimmatli  qog‘ozlari  va  sug‘urta  shartnomalarining  keng 
diapazoni kabi-larni o‘z ichiga oladi. 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish