11-mavzu. Moliyaviy hisobot funksiyalari va ularning turlari
Reja:
1. Moliyaviy hisobot funksiyalari
2. Moliyaviy hisobot turlari
1. Moliyaviy hisobot funksiyalari
Moliyaviy hisobotlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan funksiyalarni
chizmada quyidagicha aks ettirish mumkin (11.1-rasm). Demak, ko‘rinib turibdiki,
eng umumiy tarzda qayd etiladigan bo‘lsa, moliyaviy hisobotlar uchta muhim
iqtisodiy funksiyani bajaradi. Ularning birinchisi shundan iboratki, unga ko‘ra
moliyaviy hisobotlar firmaning egalari va kreditorlariga firmaning joriy moliya-
viy ahvoli hamda o‘tgan davrda uning faoliyati qanchalik samarali bo‘lgani
to‘g‘risida ma’lumot beradi.
11.1-rasm. Moliyaviy hisobotlar funksiyalari
Shunday bo‘lsa-da, bu o‘rinda shuni qayd etish joizki, firmaning moliyaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |