“Moliya” kafedrasi



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/271
Sana23.07.2021
Hajmi3,45 Mb.
#126499
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   271
Bog'liq
Moliya umk

3-nazorat uchun savol 
Agar korporatsiya 10,0 mln. so‘m miqdorida dividend to‘lamasdan, ushbu olingan 
sof  foyda  summasini  biznesni  rivojlantirishga  yo‘naltirgan  bo‘lganda  “XYZ” 
korporatsiyasining  yil  oxiriga  tuzilgan  moliyaviy  natijalar  to‘g‘risidagi  hisoboti 
qanday o‘zgargan bo‘lar edi? 
 
Pul  oqimlari  to‘g‘risida  hisobot.  Pul  oqimlari  to‘g‘risidagi  hisobotda 


91 
 
ma’lum davr ichida firmaning pul oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi. Aynan 
shu  bilan  u  kompaniyaning  barcha  daromadlari  va  xarajatlari  aks  ettiriladigan 
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan farq qiladi. 
Pul  oqimlari  to‘g‘risidagi  hisobot  korxona  faoliyatining  moliyaviy  natijalari 
to‘g‘risidagi hisobotiga, o‘ziga xos tarzda yoki ma’noda, juda foydali qo‘shimcha 
ekaniga ikkita asosiy sabab bor. Avvalo, unda butun e’tibor ma’lum vaqt oralig‘ida 
firmaning  pul  resurslari  hajmi  qanday  o‘zgarishiga  qaratiladi.  Hatto  eng  gullab-
yashnayotgan  kompaniya  ham  pul  resurslar  zaxirasi  tugab,  juda  og‘ir  moliyaviy 
ahvolda qolishi mumkin. Agar kompaniya boshqaruvchilari va boshqa manfaatdor 
kishilar pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotga diqqat bilan qarasalar, pul qanday qilib 
to‘planishi  va  sarflanishi  to‘g‘risida  to‘liq  tasavvurga  ega  bo‘lishlari  va 
kechayotgan  jarayonlarni  to‘g‘ri  baholashlari  mumkin.  Masalan,  ko‘pincha,  tez 
o‘sib kelayotgan va yuqori samarali firmalarga pul resurslari yetishmaydi. Demak, 
ularda  o‘zlarining  moliyaviy  majburiyatlarini  bajarish  bilan  bog‘liq  muammolar 
kelib chiqishi mumkin. 
Bundan  tashqari,  pul  oqimlari  to‘g‘risidagi  hisobot  daromad  va  xarajatlarni 
faqat  moliyaviy  natijalar  to‘g‘risidagi  hisobotga  kiritilgan  ko‘rsatkichlar  asosida 
baholashga  yo‘l  qo‘ymaydi.  Moliyaviy  natijalar  to‘g‘risidagi  hisobot  “hisoblash 
usuli”  deb  ataladigan  buxgalteriya  prinsipi  asosida  tuziladiki,  unga  ko‘ra  har 
qanaqa  daromadni  pul  mablag‘lari  tushumi  deb  bo‘lmaydi  va  har  qanday  xarajat 
ham – pulni sarflash hisoblanmaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks 
ettirilgan  sof  foyda  summasi,  ko‘p  jihatdan,  kompaniyada  shu  ko‘rsatkichni 
baholash  uchun  qabul  qilingan  yondashuvga,  masalan,  tovar-moddiy  zaxiralarni 
baholash usullariga  yoki  firmaning  moddiy  va  nomoddiy  aktivlarga  amortizatsiya 
hisoblashning normativ (me’yoriy) muddatlariga bog‘liq. 
Pul  oqimlari  to‘g‘risidagi  hisobotda  esa,  unda  ko‘rsatilgan  ma’lumotlar 
firmada  qabul  qilingan  hisob  siyosatiga  bog‘liq  emas.  Shunday  qilib,  ushbu  ikki 
hisobot  o‘rtasidagi  farqni  o‘rganar  ekan,  tahlilchi  firmada  qabul  qilingan  hisob 
siyosati  firmaning  moliyaviy  ko‘rsatkichlariga  qay  darajada  ta’sir  qilishini 
aniqlashi mumkin. 
Keling,  buni  11.4-jadvalda  keltirilgan  (navbatdagi  betga  qarang)  “XYZ” 
korporatsiyasining  20x1  yilgi  pul  oqimlari  to‘g‘risidagi  hisoboti  misolida  ko‘rib 
chiqamiz. 
Jadval  ma’lumotlarining  ko‘rsatishicha,  hisobotda  pul  oqimlari  uchta 
bo‘limga ajratib ko‘rsatilgan. Bu bo‘limlar a) operatsion (ishlab chiqarish) faoliyat, 
b)  investitsion  faoliyat  va  v)  moliyaviy  faoliyatdan  olinadigan  pul  mablag‘lari 
kirimi va chiqimi ko‘rsatadi. Keling, endi shu uchta bo‘limning har birini batafsil 
o‘rganib chiqishga harakat qilaylik. 
Operatsion  (asosiy)  faoliyat  pul  oqimlari,  eng  avvalo,  firma  o‘z  mahsulotini 
sotishdan  tushgan  pul  tushumini  hamda  materiallarga  va  mehnat  haqini  to‘lashga 
ketgan  xarajatlarni  aks  ettiradi.  E’tibor  bering,  “XYZ”  korporatsiyasining  20x1 
yilda operatsion faoliyatdan olgan yakuniy pul tushumlari 25,4 mln. so‘mni tashkil 
etgan.  Bir  vaqtning  o‘zida  esa,  sof  foyda  23,4  mln.  so‘mga  teng  bo‘lgan.  Bu 
o‘rinda quyidagi savolning tug‘ilishi, tabiiy: bu farq qayerdan keldi? 


92 
 
Pul  oqimlari  to‘g‘risidagi  hisobotda  korporatsiyaning  sof  foyda  ko‘rsatkichi 
va uning asosiy faoliyati natijasida kelib tushgan pul  
11.4-jadval 
XYZ”  korporatsiyasining 20x1 yilgi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish