Yillarning 31 dekabr holatiga “XYZ” korporatsiyasi balansi
(mln. so‘mda)
Aktivlar
20x0
20x1 O‘zgarish
Aylanma (joriy) aktivlar
Pul mablag‘lari va bozor (qisqa muddatli)
qimmatli qog‘ozlari
100,0
120,0
20,0
Debitorlik qarzlari
50,0
60,0
10,0
Tovar-moddiy zaxiralar
150,0
180,0
30,0
Jami aylanma aktivlar
300,0
360,0
60,0
Asosiy vositalar
400,0
490,0
90,0
Hisoblangan eskirish
100,0
130,0
30,0
Asosiy vositalarning qoldiq qiymati
300,0
360,0
60,0
Jami aktivlar
600,0
710,0
120,0
Majburiyatlar va xususiy kapital
Qisqa muddatli majburiyatlar
Kreditorlik qarzlari
60,0
72,0
12,0
Banklarning qisqa muddatli kreditlari
90,0
184,6
94,6
Jami qisqa muddatli majburiyatlar
150,0
256,6
106,6
Uzoq muddatli majburiyatlar (to‘lash mudda-
ti 20x7 yilga belgilangan 8%li obligatsiyalar)
150,0
150,0
0,0
Aksiyadorlik kapitali (muomaladagi 1 mln.
aksiya)
300,0
313,4
13,4
Kapitalning to‘langan qismi
200,0
200,0
0,0
Taqsimlanmagan daromad
100,0
113,4
13,4
Ma’lumot uchun:
Oddiy aksiyalarning bozor kursi, so‘mda
200,0
187,2
-12,8
88
Keyingi o‘rinda aylanma bo‘lmagan aktivlar, ya’ni kompaniyaning asosiy
vositalari keladi. Bu guruhga, shuningdek, yer, zavod binolari va asbob-uskunalari
kabi modda (qism)lar kiradi
74
. Biz tahlil qilayotgan balansga ko‘ra bino va asbob-
uskunalarning amortizatsiyani chegirib tashlagandagi qiymati 300,0 mln. so‘mni
tashkil etadi. Shunday qilib, korporatsiyaning jami aktivlari 600,0 mln. so‘mga
teng.
Bundan keyin balansda “XYZ” korporatsiyasining majburiyatlari aks
ettiriladi. To‘lovini bir yil ichida amalga oshirishi kerak bo‘lgan majburiyatlar
qisqa muddatli majburiyatlar deb ataladi. Ba’zida ularni qisqa muddatli qarz deb
atashadi. “XYZ” korporatsiyasi uchun bu ko‘rsatkich to‘lanishi kerak bo‘lgan
hisoblar (ya’ni, korporatsiya o‘z mahsulot (mol) yetkazib beruvchilariga to‘lashi
kerak bo‘lgan summa – 60,0 mln. so‘m, shuningdek, ular kreditorlik qarzlari deb
ataladi) va kompaniyaning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha qarzi (90,0 mln.
so‘m) summasidan iborat.
Aylanma aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar o‘rtasidagi farq sof aylanma
kapital deb ataladi. Balansda bu ko‘rsatkich alohida aks ettirilmaydi. Ammo uni
hisoblash juda oson. Demak, sof aylanma kapital summasi 20x0 yil oxiriga 150,0
mln. so‘mni tashkil etgan. Buning uchun biz joriy aktivlar ko‘rsatkichidan (300,0
mln. so‘m) joriy majburiyatlarni (150,0 mln. so‘m) ayirdik.
So‘ng “XYZ” korporatsiyasi balansining majburiyatlar guruhida uzoq
muddatli qarzlar yoki uzoq muddatli majburiyatlar ko‘rsatilgan. Bular nominal
qiymati 150,0 mln. so‘m va to‘lash muddati 20x7 yil deb belgilangan
obligatsiyalardir. Ushbu majburiyatlar bo‘yicha korporatsiya belgilangan yillik 8%
stavkasini to‘laydi. Bu degani “XYZ” korporatsiyasining obligatsiyalarga doir
foizlarni to‘lash bo‘yicha har yillik xarajat 12,0 mln. so‘mni tashkil etadi,
demakdir. Bu xarajatlar “XYZ” korporatsiyasi faoliyatining moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi hisobotida aks ettiriladi.
Korporatsiya balansidagi aks ettirilishi lozim bo‘lgan ma’lumot-larning eng
oxirgi kategoriyasi uning xususiy (aksiyadorlik) kapitalidir. Unga ko‘ra kapitalning
to‘langan qismi, ya’ni o‘tmishda oddiy aksiyalarni muomalaga chiqarish natijasida
olingan summa 200,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Kompaniya biznesini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan taqsimlanmagan (ushlab qolingan) daromad, ya’ni
olingan foydaning jami ko‘rsatkichi esa – 100,0 mln. so‘mga teng bo‘lgan.
Endi 20x0 31 dekabrdan 20x1 yil 31 dekabrgacha “XYZ” korporatsiyasi
balansida yuz bergan o‘zgarishlarni ko‘rib chiqamiz. 11.2-jadvaldagi
ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, mazkur davr oralig‘ida jami aktivlar 20%ga
oshgan. Shuningdek, to‘lanishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlari bo‘yicha qarzdorlik
ham ortgan. Bir vaqtning o‘zida, qisqa muddatli qarzlar bo‘yicha qarzdorlik 94,6
mln. so‘mga oshgan bo‘lsa, uzoq muddatli qarz majburiyatlari summasi
oldingidek, ya’ni 150,0 mln. so‘m miqdorida qolgan. Shu davr mobaynida
aksiyadorlik kapitali ham 13,4 mln. so‘mga, ya’ni kompaniya biznesni
74
Mamlakatimizda qabul qilingan hisobot shakllarida dastlab uzoq muddatli, keyin esa joriy aktivlar
keltiriladi.
89
rivojlantirish uchun qoldirgan taqsimlanmagan sof foyda summasiga teng
miqdorda ortgan. Bu davrda yangi aksiyalar chiqarilmagan. Shuning uchun
kapitalning to‘langan qismi ko‘rsatkichi o‘zgarishsiz qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |