“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Sug’urta haqida tushuncha va uning o’ziga xususiyatlari



Download 6,94 Mb.
bet109/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

REJA:
  1. Sug’urta haqida tushuncha va uning o’ziga xususiyatlari.

  2. Sug’urtani amalga oshirishning huquqiy asoslari.
  3. Sug’urta bozorining mohiyati, tarkibi va turlari.

  4. Qayta sug’urta qilishning mohiyati va turlari

    1. Sug’urta haqida tushuncha va uning o’ziga xususiyatlari

Ma’lumki, turli ko’ngilsiz hodisalar, xususan, zilzila, suv toshqini, qurg’oqchilik, yer ko’chkisi, sel, kuchli shamol, do’l va shunga o’xshash tabiiy ofatlar qadimdan insoniyat boshiga katta kulfatlar keltirgan. Keyinchalik ishlab chiqarishning rivojlanishi, sanoatning yangi bosqichga ko’tarilishi turli texnogen tusdagi xavflarning vujudga kelishiga olib kelgan.
Jamiyatning barcha jabhalari taraqqiy etishi barobarida fuqarolarning bir maromda hayot kechirishlariga va korxonalarning barqaror faoliyat ko’rsatishiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar ham kengaya boshladi. Mana bir misol. Sanoatning tez sur’atlar bilan rivojlanishi tabiat va jamiyat o’rtasidagi muvozanatning buzilishiga, birinchi galda, ekologik vaziyatning tang ahvolga tushib qolishiga sabab bo’ldi. To’g’ri, insoniyat tabiatning injiqliklariga ko’nikib yashashga o’rgangan, ammo, shu bilan bir qatorda tabiiy ofatlar, yong’in va boshqa noxush hodisalar ro’y berishi oqibatida yuzaga kelgan zararlar, yo’qotishlarning o’rnini qoplash vositalarini izlab topishga ham harakat qilgan. Hatto, insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida hayot kechirgan ajdodlarimiz bunday ko’ngilsiz hodisalar ro’y berishi natijasida ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlar va nobudgarchiliklardan saqlanish choralarini ko’rganlar. Ana shunday choralardan biri sifatida qurg’oqchilikdan saqlanish maqsadida suv
omborlari va oziq-ovqat zaxiralarini yaratganlar. Har ehtimolga qarshi zaxiralarni yaratish va oldindan ko’rib bo’lmaydigan hamda insoniyatning ongi bilan boshqarib bo’lmaydigan ko’ngilsiz hodisalar sodir bo’lishi oqibatida yuzaga kelgan zararlarning o’rnini qoplash hozirgi zamon sug’urta munosabatlarining asosini tashkil etadi.
Tabiiy ofatlar, yong’in va boshqa noxush hodisalar yuz berishi natijasida etkazilgan zararlarning o’rnini qoplashda sug’urta muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy adabiyotlarda sug’urta tushunchasiga turlicha ta’riflar keltirilgan. Ulardan eng keng tarqalgani “yuridik va jismoniy shaxslarning badallari hisobidan maxsus pul jamg’armasini tashkil etish va turli noxush hodisalarning sodir bo’lishi natijasida ana shu shaxslarning hayoti va faoliyatiga etkazilgan zararlarni mazkur jamg’arma hisobidan qoplash bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlarga sug’urta deyiladi”110. 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunida sug’urtaga quyidagicha ta’rif berilgan: “Sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug’urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovonini (sug’urta pulini) to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi”111.
Ko’rinib turibdiki, yuridik va jismoniy shaxslar xizmat haqi sifatida to’laydigan sug’urta mukofotlari hisobidan maxsus maqsadga mo’ljallangan pul fondlari tashkil etiladi. Bu pul fondlari sug’urta tashkilotlarining tasarrufida bo’ladi. Sug’urta tashkiloti yuridik hamda jismoniy shaxslar o’rtasida tuzilgan sug’urta shartnomasiga asosan sug’urta hodisasi sodir bo’lishi natijasida etkazilgan zararlarni qoplaydi.
Sug’urta hodisasi sodir bo’lishi natijasida etkazilgan zararlar, faqat, sug’urta tashkiloti bilan tegishli sug’urta shartnomasini tuzgan yoki sug’urta polisini olgan yuridik va jismoniy shaxslarga shartnomada ko’rsatilgan xavf-xatarlar sodir bo’lgan taqdirdagina qoplanadi. Demak, sug’urta qoplamasini olish uchun yuridik yoki jismoniy shaxs sug’urta mukofotini to’lagan va shu asnoda pul fondini shakllanishida ishtirok etgan bo’lishi kerak.
Sug’urta quyidagi ikkita tarmoqqa ajratilgan:
- hayotni sug’urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog’lig’i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog’liq manfaatlarini sug’urta qilish, bunda shartnoma bo’yicha sug’urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda sug’urta pullarining sug’urta shartnomasida ko’rsatib o’tilgan oshirilgan foizni



110 Ермасов С.В., Ермасов Н.Б. Страхование: Учебное пособие для вузов. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2004. – 5 с.
111 O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuni.// Xalq so’zi, 2002-yil, 28-may.
o’z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to’lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi);
- umumiy sug’urta (shaxsiy, mulkiy sug’urta, javobgarlikni sug’urta qilish hamda hayotni sug’urta qilish sohasiga taalluqli bo’lmagan boshqa sug’urta turlari).
Har bir sug’urta tarmog’i sug’urta risklari va majburiyatlarining umumiy xususiyatlariga qarab sug’urta klasslariga bo’linadi. Hayotni sug’urta qilish tarmog’i 4 ta va umumiy sug’urta sohasi 17 ta klassni o’z tarkibiga oladi. Har bir sug’urta klassi umumiy xususiyatlariga qarab bitta yoki bir nechta sug’urta turlarini (mahsulotlarini) o’z ichiga oladi. Sug’urta tarmoqlariga oid sug’urta klasslarining to’liq nomlanishi 2002- yil 27-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 413-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sug’urta faoliyati klassifikatori”da keltirilgan.
Sug’urta majburiy va ixtiyoriy shakllarda amalga oshiriladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda majburiy sug’urtaning quyidagi turlari amalga oshiriladi:

  • harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug’urtasi;

  • soliq organlari xodimlarining davlat majburiy sug’urtasi;

  • davlat sud ekspertlarining hayoti va sog’lig’ini davlat tomonidan majburiy sug’urta qilish;

  • sudyalarning hayoti va sog’lig’ini davlat tomonidan majburiy sug’urta qilish;

  • Hukumat kafolati ostida kiritilayotgan va Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan qurilayotgan obyektlardagi qurilish risklarini majburiy sug’urtasi;

  • xavfli ishlab chiqarish obyektiga ega korxonalarning xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar etkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish;

  • transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish;

  • ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish;

  • tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish.

Majburiy sug’urta qonun asosida joriy etiladi. Majburiy davlat sug’urtasi davlat byudjeti mablag’lari hisobidan, majburiy sug’urta esa yuridik yoki jismoniy shaxsning o’z mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug’urta qilish, fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug’urta qilish, xorijga chiquvchi fuqarolarni sug’urta qilish,
tibbiy sug’urta, uzoq muddatli hayotni sug’urtalash, yuklarni sug’urtalash kabi sug’urta turlari ixtiyoriy shaklda amalga oshiriladi.
    1. Sug’urtani amalga oshirishning huquqiy asoslari

Sug’urta korxonasi, sug’urta tashkiloti va sug’urtalovchi so’zlari yagona ma’noni – sug’urta faoliyati bilan shug’ullanadigan xo’jalik yurituvchi subyektlarini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunida sug’urta tashkiloti sug’urtalovchi sifatida talqin etilgan. Fuqarolik kodeksida esa sug’urta korxonasi sug’urtalovchi, sug’urta tashkiloti deb nomlangan. “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunning 6-moddasida sug’urta tashkilotiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Tegishli turdagi sug’urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan va sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovoni (sug’urta puli) to’lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo’lgan yuridik shaxs sug’urtalovchi deb e’tirof etiladi”112.
Sug’urta tashkiloti tegishli turdagi sug’urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lishi shart. Unga litsenziyani maxsus vakolatli davlat organi

  • O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi beradi.

Sug’urta tashkiloti yuridik shaxs maqomiga ega bo’lishi lozim. Sug’urta tashkilotlarini yuridik shaxs sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazish O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Sug’urta tashkilotlari turli mulkchilik shakllarida tashkil etilishi mumkin. 2019-yil 10-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida 30 ta sug’urta korxonasi tegishli faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega. Ularning bittasi to’liq davlat tasarrufida (“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta korxonasi), ikkitasi davlat mablag’lari ishtirokida tashkil etilgan bo’lib, aktsiyadorlik jamiyati shaklida tuzilgan (“O‘zagrosug’urta” va “Kafolat sug’urta korxonasi” aktsiyadorlik jamiyatlari). Aksariyat sug’urta tashkilotlari mas’uliyati cheklangan jamiyat, shu jumladan xorijiy investitsiya ishtirokidagi mas’uliyati cheklangan jamiyati tarzida tashkil etilgan. Masalan, “EVROASIA INSURANCE” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo’shma korxona, “ISHONCh” banklararo sug’urta korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyati maqomiga ega.
Sug’urta tashkilotlarining faoliyati boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatidan tubdan farq qiladi. Avvalo, sug’urta tashkilotlari ko’plab yuridik va jismoniy shaxslar - sug’urta qildiruvchilar oldida o’z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mas’ul hisoblanadi. Shundan





112 O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 28-maydagi “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuni (qo’shimcha va o’zgarishlar bilan birga).
kelib chiqqan holda ularning faoliyati davlat tomonidan nazorat qilinadi. Xususan, sug’urta faoliyatini nazorat qilishga vakolatli davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan sug’urta tashkilotlarining to’lov qobiliyatini ta’minlashga qaratilgan me’yorlar ishlab chiqilgan. Shuningdek, sug’urta tashkiloti rahbarlari va bosh buxgalteriga nomzodlar uchun malakaviy talablar o’rnatilgan. Bundan tashqari, sug’urta zaxiralarini shakllantirish, sug’urta tashkilotlarining investitsiya faoliyatini nazorat qilish bo’yicha ham me’yoriy hujjatlar qabul qilingan va amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi sug’urta tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organi bo’lib hisoblanadi.
Sug’urta tashkilotlari sug’urta faoliyatidan boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin emas. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, sug’urta tashkilotlari savdo-vositachilik operatsiyalari bilan shug’ullansa, bu holat, pirovardida, uning to’lov qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunida sug’urta tashkilotlarining huquq va majburiyatlari ko’rsatilgan. Mazkur qonunga asosan sug’urtalovchi quyidagi huquqlarga ega:

  • qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomalari tuzish;

  • o’z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug’urta qilish, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sug’urta qilish;

  • maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda investitsiya faoliyatini amalga oshirish;

  • qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun sug’urtalovchining litsenziya olishi talab qilinmaydi;

  • sug’urta (qayta sug’urta qilish) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish bilan bog’liq faoliyatni, shuningdek sug’urta agenti sifatida sug’urta vositachiligini amalga oshirish;

  • sug’urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora- tadbirlarini maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda moliyalashtirish;

  • sug’urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug’urta turlariga doir qoidalarni (shartlarni) qonun hujjatlariga muvofiq belgilash;

  • sug’urta tovoni miqdorini belgilash uchun zarur bo’lgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so’rash va olish;

  • sug’urta agentlari, sug’urta va qayta sug’urta brokerlari, sug’urta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish;

  • sug’urta tovoni to’lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish, sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish;

  • sug’urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni, sug’urta qildiruvchining sug’urta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi ustidan nazoratni sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish;

  • chet el sug’urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari ko’rsatish;

  • ilgari sug’urtalovchi tomonidan o’z ehtiyojlari uchun olingan yoki sug’urta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga o’tgan mol- mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish;

  • O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el reyting tashkilotlari reytinglarini olish;

  • o’zining alohida bo’linmalarini tashkil etish. Sug’urtalovchi:

  • sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;

  • sug’urta faoliyatini amalga oshirish chog’ida olingan axborotning mahfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq ta’minlashi;

  • o’zi vakolat bergan sug’urta agentlarining reestrini yuritishi;

  • qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga binoan taqdim etishi;

  • sug’urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob-kitoblarni amalga oshirishi va sug’urta tovoni to’lashi;

  • firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan eri o’zgargan taqdirda, bu haqdagi axborotni sug’urta qildiruvchilarga qonunda belgilangan tartibda etkazishi;

  • sug’urta zaxiralarini maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda shakllantirishi hamda joylashtirishi;

  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi;

  • maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda kamida bir marta aktuariyni (aktuar tashkilotni) aktuar xizmatlar ko’rsatish uchun jalb etishi;

  • maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shaklda, tartibda va muddatlarda yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishi;

  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart.

Sug’urta tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdorlari qonunchilik hujjatlarida ko’rsatilgan tartibda shakllantiriladi. Boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlardan farqli ravishda sug’urta tashkilotlari ustav kapitalining 90 foizi pul shaklida bo’lishi talab etiladi va litsenziya olayotgan paytda ustav kapitali 100 foiz shakllantirilgan bo’lish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risida”gi PF-5197-son Farmoniga asosan sug’urta faoliyati turlariga qarab, sug’urtalovchilarning ustav kapitali minimal miqdorlarini talab belgilandi.
            1. jadval


Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish