“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet106/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

xususiyatlari
Uy xo’jaligi iqtisodiy va moliyaviy qarorlarni mus-taqil ravishda qabul qiluvchi xo’jalik yurituvchi subyektdir. Bir vaqtning o’zida, u faoliyati butun uy xo’jaligining jami va uning har bir ishtirokchisining ijtimoiy namoyon bo’lishi va rivojlanishiga xizmat qiluvchi mikrosotsium ham hisoblanadi. Ijtimoiy- iqtisodiy tizimdagi uy xo’jali-gining bunday o’rni uning maqsadga yo’naltirilganligi faoliyati va u tomonidan qabul qilinishi lozim bo’lgan qarorlarning o’ziga xosligini belgilab beradi.
Bolalar tarbiyasi, bilim darajasining o’sishi, sog’liqni saqlash masalalari, dam olishni tashkil etish, uy xo’jaligi keksa a’zolari to’g’risida g’amxo’rlik qilish va boshqa sotsial maqsadlar uy xo’jaligida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Aynan ana shular uy xo’jaligi ichida ma’lum bir o’zaro hamkorlikning me’yorlari va qarorlar qabul qilishning ko’zga ko’rinmaydigan mexanizmlarini (hayotiy tajriba, an’analar, subyektiv ravishda ustuvorlik berish, jamoat-chilik fikri va shunga o’xshashlarni) shakllantiradi. Amalga oshirilishi uning ishtirokchilari hayotiy faoliyatini ta’minlab turish uchun zarur bo’lgan to’lanmagan ishlar salmog’ining ancha kattaligi uy xo’jaligining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlaridan biridir. To’langan va to’lanmagan ishlar ko’rinishlari o’rtasidagi nisbat tarixiy jihatdan o’zgarib boradi va u uy xo’jaligining ijtimoiy tarkibi hamda butun jamiyatning ijtimoiy rivojlanish darajasiga bog’liq.
Uy xo’jaligi tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qilinadigan me’yorlar va qoidalar tashqi omillar ta’siri natijasida shakllanadi. Bunday tashqi omillarga quyidagilar kiradi:

    • ijtimoiy munosabatlarni me’yoriy-huquqiy tartibga solish;

    • umumiy iqtisodiy vaziyat;

    • tarkibiy o’zgarishlar;

    • inflyatsion kutishlar;

    • investitsion muhit;

    • davlatning ijtimoiy siyosati;

    • va boshqalar.

Tashqi omillar moliyaviy qaror qabul qilishda institutsional chegaralarni aniqlab beradi. Bir vaqtning o’zida, iqtisodiy faoliyatning subyekti sifatida uy xo’jaliklari maqsad va unga erishish vositalarini tanlashda mustaqil hisoblanadilar va qabul qilingan iqtisodiy va moliyaviy qarorlar uchun mas’uldirlar (javobgardirlar).
Uy xo’jaligining moliyaviy xatti-harakati quriladigan ichki me’yorlar tizimi quyidagilarga bog’liq:

    • sotsiomadaniy muhit, xususan, sotsial holati, savodxonlik darajasi, uy xo’jaligidan tashqaridagi va uning ichidagi sotsial aloqalar, dam olish shakllari va boshqa-larga;

    • uy xo’jaligi faoliyatining iqtisodiy va huquqiy tavsifnomasi, shu jumladan, iqtisodiy xatti-harakatning tipiga (o’z-o’zini ta’minlash, hayot uchun kurash yoki rivojlanish rejimiga), tadbirkor maqomining yuridik jihatdan rasmiylashtirilganligiga va boshqalarga;

    • axloqiy prinsiplarga, shaxsiy salohiyatiga – bunga fikr yuritishning o’ziga xos xususiyatlari, risk tomon qadam tashlashga qodirligi va h.k.lar kiradi.

Uy xo’jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta’minlash quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiri-ladi:

    • dastlabki (boshlang’ich) manbalar;

    • jamg’ariladigan manbalar;

    • joriy manbalar.

Resurslar dastlabki (boshlang’ich) manbalarining tarkibi meros bo’yicha yoki ko’chmas mulk, naqd pullar, moliya-viy aktivlarning hadya etilishi natijasida berilgan boyliklarning turli moddiy shakllaridan iborat. Uy xo’jaliklarining jamg’armalari va investitsion qo’yilma-lari resurslarning jamg’ariladigan manbasini tashkil etadi. Resurlarning joriy manbalariga doimiy tushilma-lar (mehnat haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar, sotsial transfertlar) va bir martalik xarakterga ega bo’lgan pulli daromadlar (masalan, iste’mol krediti, lotereyadagi yutuqlar) kiradi.
Kerakli fondlarni shakllantirish uchun uy xo’jaligi-ning ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag’larining barcha manbalari uy xo’jaligining moliyaviy resurslarini tashkil etadi. Funktsional mo’ljallanganligiga ko’ra uy xo’jalik- larining moliyaviy resurslari quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega bo’lishi mumkin:

    • joriy xarajatlar uchun mo’ljallangan pul mablag’lari – oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini (poyafzal, ustbosh)

sotib olish xarajatlari, davriy ravishda iste’mol qilinadigan xizmatlarning haqi va h.k.;

    • kapital xarajatlar uchun mo’ljallangan pul mablag’lari – uzoq davr foydalanishga mo’ljallangan tovarlar (mebel, uy-joy, transport vositalari) uchun xarajatlar, uy xo’jaligi a’zolari tomonidan iste’mol qilinadigan xizmatlarning (maorif, tibbiy xizmat ko’rsatish, sayyohlik yo’llanmalari) haqini to’lash;

    • pul jamg’armalari.

Uy xo’jaliklari ma’lum davrdagi moliyaviy qarorla-rining majmui ularning moliyaviy xatti-harakatini belgilab (aniqlab) beradi. Moliyaviy qarorlarni qabul qilishda subyektiv motivlar, ustuvorliklar va cheklanmalar rolining katta bo’lganligi uchun bunday xatti-harakat juda xilma-xildir. Buning ustiga, uy xo’jaliklarining moliyaviy xatti-harakati dinamikali, tez o’zgaruvchan jarayon hisoblanadi. Shu munosabat bilan uy xo’jaliklarining moliyaviy qarorlari miqdoriy va sifat pozitsiyalaridan (shu jumladan, marketingli), iqtisodiyot, sotsiologiya va sotsial psixologiya nuqtai-nazarlaridan tadqiq etiladi. Bu narsa uy xo’jaligining jamg’arma va investitsion salohiyatini o’rganish, uning iste’mol, qarz va kreditga oid xatti-harakatini tahlil qilish uchun zarur. Jahon amaliyotida bunday tadqiqotlar ijtimoiy ustuvorlik, fikr va kutilmalarda sodir bo’layotgan transformatsiyalanishni aniqlash maqsadida doimiy ravishda olib boriladi.
Uy xo’jaligidagi moliyaviy qarorlar, qanday bo’lishidan qat’iy-nazar, baribir ularning pul fondlarini shakl-lantirish va ulardan foydalanish bilan bog’liq. Shu nuqtai-nazardan, uy xo’jaliklarining moliyaviy qarorlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog’langan quyidagi bloklarni qamrab oladi:

    • uy xo’jaligining daromadlarini shakllantirish;

    • iste’mol xarajatlarining hajmi va tarkibiy tuzilmasi (uy xo’jaligining iste’mol fondi);

    • jamg’ariladigan fondlarni yaratish imkoniyati va zarurligi.

Yuqorida keltirilgan ikkinchi va uchinchi yo’nalishlar, ko’rinib turibdiki, pul fondlaridan foydalanishga doir moliyaviy qarorlarni qamrab oladi. Endi har bir blokka (yo’nalishga) tegishli bo’lgan uy xo’jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning xususiyatlari to’g’risida to’xtalib o’tamiz.
Yakuniy iste’molning manbai va xarajatlarda byudjet cheklanmalarini aniqlab berganligi uchun uy xo’jaliklarida daromadlarni shakllantirish jarayoni106 prinsipial jihatdan muhim ahamiyatga ega. Daromadlar qancha ko’p bo’lsa, uy xo’jaliklarining moliyaviy imkoniyatlari shuncha yuqori va moliyaviy qarorlar diapazoni shuncha keng bo’ladi. Moliyaviy qarorlar uy xo’jaliklarining aktivlarini



106 Gap bu erda uy xo’jaliklarining sof daromadi, ya’ni soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langanidan keyingi daromadi xususida ketayapti. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash bo’yicha moliyaviy qarorlar uy xo’jaliklarining vakolatiga kirmaydi va ular mavjud me’yoriy-huquqiy bazasiga (asosga), aholining ijtimoiy madaniyati va fuqarolik majburiyatlariga bog’liq bo’ladi.
hisobga olgan holda kelgusi davr daromadlarining tarkibiy tuzilmasini shakllantirishga ham tegishli bo’lishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo’jaliklarining daromadlarini shakllantirish bo’yicha moliyaviy qarorlar qabul qilish asosida mulkchilik munosabatlari yotadi. Ishlab chiqarish omillariga nisbatan bo’lgan mulkchilik daromadlarni funktsional (birlamchi) taqsimlanishini aniqlab beradi va uy xo’jaliklari moliyaviy salohiyatining o’sishi uchun iqtisodiy asos bo’lib xizmat qiladi. Bir vaqtning o’zida daromadning funktsional taqsimlanishi yollanib mehnat qiluvchi shaxs va kapital egasining sotsial maqomi bir tarzda (bir xilda) identifikatsiya qilingan sharoitdagina uni fuqarolar o’rtasida real taqsimlanishini ifodalaydi. Chunki zamonaviy iqtisodiy tizimlarning o’ziga xos xususiyati sotsial maqomning aralashib (qorishib) ketganligi bilan xarakterlanadi. Unga ko’ra, yollanma ishchilar qimmatli qog’ozlarning turli ko’rinishlarini egallab, kapitalning egasiga aylanishi, ko’chmas mulkka ega bo’lib, o’zining biznesini tashkil qilishi mumkin. Boshqacha so’zlar bilan aytganda, uy xo’jaliklari darajasida daro-madlarni shakllantirish bo’yicha moliyaviy qarorlar quyidagilarga bog’liq bo’ladi:

    • mol-mulk va undan foydalanish (buyumlashgan yoki pul shaklida) imkoniyatining mavjudligiga;

    • uy xo’jaligi ishtirokchilari ish vaqti fondining taqsimlanishiga – uy xo’jaligi a’zolari ishlovchilarining soni, ularning ish joylari, ish vaqti rejimi va h.k.;

    • uy xo’jaligi a’zolarining tashabbuskorligiga, faolligiga va inson kapitalidan foydalanishga;

    • uy xo’jaligi faoliyat ko’rsatadigan tashqi muhitga.

Daromadlarni shakllantirish omillari va baholarning darajasi bu yerda cheklanmalar sifatida amal qiladi, ya’ni iste’mol tanlanmasining yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan variantlari majmuini belgilab beradi. Ana shu nuqtai-nazardan uy xo’jaliklarining iste’mol fondi minimal va ratsional iste’mol byudjetlari yoki yanada detallash-tirilgan tarzda quyidagicha klassifikatsiya qilinishi mumkin:

    • hayotiy minimum byudjeti;

    • minimal iste’mol byudjeti;

    • optimal iste’mol byudjeti.

Hayotiy minimum byudjeti o’z ichiga uy xo’jaligi a’zolarining minimal, odatda, fiziologik ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan oziq-ovqat va nooziq- ovqat tovar-lari va xizmatlari to’plamini qamrab oluvchi iste’mol savatchasi asosida aniqlanadi.
Minimal iste’mol byudjeti uy xo’jaligi a’zolarining nisbatan kengroq bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi va iste’molning tiklanuvchi darajasini ta’min-laydi.
Optimal iste’mol byudjeti esa uy xo’jaligi doirasida inson kapitalini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash va rivojlantirishga moliyaviy imkoniyat yaratadi. Chunki bu byudjet insonning faqat zaruriy ehtiyojlarini emas, balki undan ham yuqoriroq bo’lgan ehtiyojlarini qondiradi. Optimal iste’mol byudjetini quyidagi ikki darajadagi byudjetlarga ajratish mumkin:

    • o’rtacha darajadagi etarlilik byudjeti;

    • yuqori darajadagi etarlilik byudjeti.

Iste’molga xarajatlarning har qanday ko’rinishi va uning umumiy hajmiga oid har qanday moliyaviy qarorlar uy xo’jaliklari ma’lum ko’rinishdagi byudjetlari doirasidagi ratsional tanlashga asoslanadi. Agar uy xo’jaligining daromadi faqat hayotiy minimumni qoplashga etadigan bo’lsa, u holda moliyaviy qarorlar uy xo’jaligi iste’mol fondini minimallashtirishga va bir vaqtning o’zida daromadlarning yangi manbalarini qidirib topishga hamda hayot kechirishning moslashtirilgan mexanizmlarini (o’z-o’zini ta’minlash, ikkilamchi bandlik, qarindoshlar va davlatning yordami, mayda-chuyda savdo va boshqalar) “yoqish”ga qaratilgan bo’lishi kerak. Daromadlarning o’sishi bilan iste’molning hajmi oshadi va uning tarkibiy tuzilmasi o’zgaradi. Biroq, bu holda ham iste’molning o’sish sur’atlari daromadning o’sish sur’atlaridan pastligicha qolaverishi lozim. Bunday qonuniyat iqtisodiy adabiyotda J.M.Keyns107 tomonidan ifodalangan “asosiy psixologik qonun” nomini olgan. Moliyaviy qarorlarda bu uy xo’jaligi iste’mol fondi va jamg’armalar yo’nalishini optimal- lashtirish tendentsiyasi sifatida namoyon bo’ladi.
Jamg’ariladigan fondlarni shakllantirish bo’yicha uy xo’jaliklarining moliyaviy qarorlari ishlab chiqilib, qabul qilinayotgan paytda quyidagilar hisobga olinishi kerak:

    • ega bo’lingan daromad pasaygan paytda joriy iste’-molning odatdagi darajasini saqlab turish uchun sug’urta rezervlari yaratishning zarurligi;

    • uzoq muddatga foydalanishga mo’ljallangan qimmat turuvchi predmetlarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan kapital xarajatlar darajasini oshirish uchun pul rezervlarini yaratish kerakligi;

    • pensiya rezervlarining lozimligi;

    • uy xo’jaligining daromadlilik darajasini oshirish maqsadida kelgusida investitsiyalashtirish uchun pul fondini vujudga keltirishning zarurligi.




107 Qarang: Кейнс Дж.М. Обшчая теория занятости, процента и денег. – М., 1999. с.96.
Daromadlar va ustuvor yo’nalishlarni shakllantirish hamda ulardan foydalanishda umumiqtisodiy o’lchamlardan (parametrlardan) tashqari uy xo’jaligining iste’mol va moliyaviy xatti-harakatida, jamg’ariladigan fondlarni yaratishda sotsial va psixologik jihatlar muhim rol o’ynaydi. Ularga quyidagilar kiradi:

    • davlat va moliyaviy institutlarga nisbatan bo’lgan ishonch darajasi;

    • o’tmishdagi (oldingi yillardagi) moliyaviy xatti-harakat tajribasi va uning subyektiv bahosi;

    • asosiy moliyaviy instrumentlarni bilish;

    • qo’yilmalarning imkoniyatlari to’g’risida ma’lumotlarga egalik qilish.

Jamg’ariladigan fondlarni shakllantirish bo’yicha uy xo’jaliklari moliyaviy xatti-harakatlarining o’ziga xos xususiyatlari jamg’arma strategiyalarining elementlari va turlarini ajratib ko’rsatishga imkon beradi. Uy xo’ja-ligining har qanday jamg’ariladigan strategiyasi mustaqil bo’lgan uch komponetdan tarkib topadi:

    • jamg’arish me’yori, ya’ni uy xo’jaligi jami daromadining jamg’arishga yo’naltiriladigan ulushi asosida jamg’arishning amalga oshirilishi;

    • risk va daromadlilikning diversifikatsiyalanish miq-dorlarini hisobga olgan holda investitsion instrumentni tanlash;

    • pul mablag’larini joylashtirish muddatlari.

Yuqoridagi ko’rsatkichlarning kombinatsiya qilinishi uy xo’jaligining jamg’arish strategiyasini belgilab beradi. Uning quyidagi turlari bo’lishi mumkin:

    • “0”li strategiya – jamg’arish amalga oshirilmaydi, barcha daromadlar joriy ehtiyojlarni qondirishga yo’naltiriladi;

    • yuqori risk strategiyasi – qo’yilmalar faqat yuqori riskli moliyaviy aktivlarga yo’naltiriladi;

    • real strategiya – mablag’lar past va bo’lishi mumkin bo’lgan riskli aktivlarga qo’yiladi, risklar diversifikatsiya qilinadi.

Uy xo’jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga, shuningdek, bank tizimi va moliyaviy bozor-larning rivojlanganlik darajasi, ya’ni tashqi muhit ham keskin ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunda qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalar, bank operatsiyalari, pensiya ta’minoti, sug’urta ishi va shu kabilarning huquqiy jihatdan ta’minlanganlik darajasi ham muhim rol o’ynaydi.
Hozirgi paytda turli moliyaviy instrumentlarning daromadlik darajasida bir- birlariga yaqinlashish tenden-tsiyasi paydo bo’layapti. Bu qo’yilmalar riskini pasaytirish va moliyaviy aktivlar portfelining barqarorligini oshirish maqsadida
uy xo’jaliklari aktivlari portfelini diversifikatsiyalashga asoslangan real jamg’arish strategiyasining shakllanganligida namoyon bo’lmoqda.
    1. Uy xo’jaliklari daromadlari

Ma’lum bir davrda uy xo’jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag’lari summalari ularning daro-madlari deyiladi. Bunday daromadlar turli shakllarda namoyon bo’ladi, miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari tizimi bilan o’lchanadi, iqtisodiy mazmuniga ko’ra turli manba-lardan tashkil topadi.
Eng umumiy ko’rinishda, uy xo’jaliklarining jami daro-madlarini ikki guruhga ajratish mumkin:

    • uy xo’jaliklarining natural shakldagi daromadlari;

    • uy xo’jaliklarining pul shaklidagi daromadlari.

Natural daromadlar tovar shakliga ega emas va ular o’z-o’zini ta’minlashga mo’ljallangan uy xo’jaligi a’zolari mehnatining natijasidan iborat bo’ladi. Ularning tarki-biga quyidagilar kirishi mumkin:

    • tomorqadan olingan mahsulotlar;

    • uy xo’jaliklarida iste’mol qilinadigan va qishloq xo’jaligi korxonalaridan olingan natural to’lovlar.

Rasmiy (shakliy) belgisiga ko’ra (mablag’lar tushumining natural shakli bo’yicha) uy xo’jaliklari daromadlarining bu guruhiga natural shakldagi sotsial transfertlarni va ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan (berilgan) natural ko’rinishdagi imtiyozlarni ham kiritish mumkin. Biroq moliyaviy nuqtai- nazardan, bu mablag’lar uy xo’jalik-larining o’z-o’zini ta’minlash funksiyasini ifodalovchi natural daromadlar bo’la olmaydi va ular pul mablag’-larining defitsitligi sharoitida kompensatsion instru-mentlar sifatida xizmat qiladi.
Umuman olganda, uy xo’jaliklarining jami daromad-larida natural daromadlarning salmog’i uncha katta bo’lmagan qismni tashkil etadi. Shunday bo’lishiga qaramas-dan, uning salmog’i alohida olingan uy xo’jaliklarining an’analari, ustuvorliklari, afzal-liklari, demografik va ijtimoiy tavsifnomalariga muvofiq ravishda o’zgarib turishi mumkin. Shu munosabat bilan qayd etish joizki, aholining kambag’al qatlamlari va qishloq aholisida natural daromadlarning salmog’i an’anaviy ravishda nisbatan yuqoriroq bo’ladi. Bir vaqtning o’zida uy xo’jaligining naturallashganligi tashqi muhitning (masalan, urushlar davrida, tizimli transformatsiyalanish jarayonlarida va h.k.) noqulay shart-sharoitlariga o’ziga xos tarzda moslashish mexanizmi ham bo’lib hisoblanadi.
Turli manbalar hisobidan uy xo’jaliklarining ixti-yoriga kelib tushuvchi pul mablag’larining barcha summasi pul daromadlari deyiladi. Bozor munosabatlari taraqqiy etgan sharoitda aynan pul daromadlari uy xo’jaliklarining hayotiyligini ta’minlash va ular rivojlanishining asosi hisoblanadi. Uy xo’jaliklari pul
daromadlarini tahlil qilishning asosi aholining shaxsiy daromadlari hisob- lanadiki, ular quyidagi ko’rsatkichlar yordamida hisob-lanadi:

    • nominal daromadlar;

    • ega bo’lingan daromadlar;

    • real daromadlar.

Uy xo’jaligi a’zolarining ma’lum davrdagi shaxsiy daromadlari majmuining puldagi ifodasi nominal daromadlar deyiladi. Bu ko’rsatkich soliqqa tortish darajasi va baholar dinamikasiga bog’liq bo’lmagan holda daromadlarni tavsiflaydi. Uy xo’jaliklari nominal daromadlarining YaIMdagi salmog’i har bir mamlakat iqti-sodiyotining rivojlanish darajasi va ichki xususiyatlariga bog’liq bo’lib, taraqqiy etgan mamlakatlarda uning darajasi 65-75% atrofida tebranadi. Bir vaqtning o’zida, hisoblangan nominal daromadlar va haqiqatda olingan nominal daromadlar o’rtasidagi farqni anglamoq ham lozim. Ular bir-birlaridan shu davrda hisoblangan, lekin to’lanmagan daromadlar, shuningdek, o’tgan davrlar uchun qarzlarning qaytarilishi natijasida olingan daromadlar summasiga farq qiladi. Ish haqi bo’yicha to’lash muddati o’tib ketgan qarzdorlikning mavjud bo’lishi bozor iqtisodiyotiga yaqinda o’tgan mamlakatlar uchun dolzarb muammolardan biridir.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langanidan so’ng uy xo’jaligining ixtiyorida qoladigan daromadlarning puldagi ifodasi uy xo’jaligining ega bo’lingan daromadi deyiladi. Bu daromad yakuniy iste’mol va jamg’arish uchun mo’ljallangan. Yoppasiga hisoblanganda ega bo’lingan daromad aholining ixtiyoriga borib tushuvchi YaIMning tegishli qismiga mos keladi. Uy xo’jaliklari ega bo’lingan daromadlarining o’sishi aholining moliyaviy imkoniyat-larini salohiyatli ravishda kengaytiradi, ishlab chiqarishni rag’batlantirishning bozor mexanizmlarini faollashtiradi. Rivojlangan mamlakatlarda uy xo’jaliklari ega bo’lingan daromadlarining YaIMdagi salmog’i 70%ni tashkil etayapti.
Baholar darajasiga nisbatan o’zgartirilgan (korrekti-rovka qilingan) ega bo’lingan daromad uy xo’jaliklarining real ega bo’lingan daromadi deyiladi. Bu ko’rsatkich nominal daromadlarning real sotib olish qobiliyatini o’zida aks ettiradi. Uning o’zgarishi esa, ma’lum davrdagi ega bo’lingan daromadlar va iste’mol baholari indeksi (yoki baholar indeksiga teskari bo’lgan pulning sotib olish qobiliyati indeksi) o’sish sur’atlarining nisbatiga bog’liq bo’ladi. Agar baholarning o’sish sur’ati nominal ega bo’lingan daro-madlarning o’sish tezligidan past bo’lsa, uy xo’jaliklarining real ega bo’lingan daromadlari o’sadi. Baholarning yuqori sur’atlarda o’sishi sharoitida real daromadlar qisqaradi. Bu holat, o’z navbatida, aholi iste’mol talabi va sotib olish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Bu jarayon iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi ishbilarmonlik faol- ligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Uy xo’jaliklarining pul daromadlari turli manbalar hisobidan shakllanadi va ularning byudjetlariga kelib tushadi. Ularning eng asosiylari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • mehnat haqi;

    • ijtimoiy to’lanmalar;

    • tadbirkorlik faoliyatidan keluvchi daromadlar;

    • mol-mulkdan keluvchi daromadlar.

Mehnat (ish) haqining tarkibiga quyidagilar kiradi:

    • bajarilgan ishlar bahosi, tarif stavkalari va mansab ish haqlari bo’yicha ish haqining hisoblangan summalari;

    • rag’batlantiruvchi ustama va qo’shimchalar;

    • ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan kompensatsion to’lanmalar;

    • mukofotlar va bir martalik rag’batlantiruvchi to’lan-malar;

    • har yillik va qo’shimcha mehnat ta’tillariga haq to’lash-lar;

    • safar xarajatlari;

    • berilgan maxsus kiyim-bosh va maxsus ovqatlanishning qiymati;

    • va boshqalar.

Uy xo’jaliklari daromadlarining tarkibiy tuzilmasida mehnat haqi asosiy o’rinni egallaydi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, bozor munosabatlariga o’tilishi bilan uy xo’jaliklari daromadlarining tarkibida uning salmog’i biroz pasaydi. Bu mehnat munosabatlari va moliyaviy munosabatlar tizimida sodir bo’lgan sifat o’zgarishlari bilan bog’liqdir. Bir tomondan, qisman ish haqining o’rnini bosuvchi va undan hayot kechirishning yagona manbai sifatidagi yuklamani olib tashlovchi yangi imkoniyatlar (masalan, moliya sohasida) va daromadlarning yangi manbalari (masalan, tadbirkorlik faoliyatining kengayishi) paydo bo’ldi.
Boshqa bir tomondan esa, ishsizlik, ish haqining past darajasi, uni tartibga solishning etarli darajada samarali bo’lmagan davlat siyosati, xufyona iqtisodiyot hajmining o’sishi mehnatga haq to’lashning yashirin, rasmiy ravishda hisobga olinmagan shakllarining paydo bo’lishiga olib keldi108. Iqtisodiyot tarmoqlari (masalan, neft-gaz sanoatida ish haqining darajasi maorif va qishloq xo’ja-ligidagi uning darajasidan bir necha barobar yuqori) va turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar (xususan, boshqa mulkchilik sohalari korxonalaridagi ish haqiga





108 Ish haqining yashirin shakllariga quyidagilar kirishi mumkin: a) to’lov hujjatlarini rasmiylashtirmasdan turib pul tushumlaridan to’lanmalar; b) sug’urta tizimi va banklarning depozit hisobvaraqlaridan beriladigan pul yordamlari, kreditlar va to’lanmalar; c) xodimlarga ko’chmas mulk, uzoq muddatlarda foydalanilishi mumkin bo’lgan predmetlarni sotib olish yo’li bilan natural shaklda beriladigan to’lanmalar; d) va boshqalar. Rasmiy statistikada mehnatga haq to’lashning xufyona shakllarining miqdori bilvosita, balans metodi yordamida aholining pul xarajatlari va jamg’armalari hamda rasmiy hisobga olingan daromadlar o’rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin.
nisbatan byudjet sohasining korxonalarida ish haqi ancha past) bo’yicha ish haqining tabaqalanishi109 o’tkir muammoga aylan-gan.
Mehnatga haq to’lashning quyi chegarasi davlat tomonidan o’rnatiladi va uni davlat mehnatga haq to’lashning minimal miqdori (MHTMM) deb qayd etadi. MHTMMning tarkibiga ustamalar, mukofotlar va boshqa rag’batlantiruvchi to’lan-malar kiritilmaydi. Byudjet manbalari hisobidan moliya-lashtiriladigan tashkilotlar uchun MHTMM tegishli byudjet-lar hisobidan, boshqa subyektlar uchun esa ularning o’z manbalari hisobidan ta’minlanadi.
Byudjet sohasi xodimlarining mehnatiga haq to’lash hozirgi paytda isloh qilinmoqda. Bu narsa ushbu sohada yig’ilib qolgan muammolar bilan (mehnatga haq to’lashning xodimlar malakasi va ular ishlarining haqiqiy natijalari bilan kuchsiz bog’langanligi, markazdan turib byudjet sohasi xodimlari mehnatiga haq to’lash jarayoni ustidan to’liq nazoratni amalga oshirishning iloji yo’qligi va boshqalar) bog’liqdir.
Ijtimoiy to’lanmalar (sotsial transfertlar) o’zining ahamiyatiga ko’ra uy xo’jaliklari pul daromadlarining tarkibiy tuzilmasida ikkinchi o’rinni egallaydi. Ularni turli belgilar va asoslar bo’yicha tasniflash (klassi-fikatsiya qilish) mumkin. Xususan, tasniflash me’zonlari sifatida quyidagilarni qayd etib o’tish maqsadga muvofiqdir:

    • iqtisodiy mazmuniga ko’ra;

    • ijtimoiy to’lanmalarning shakli bo’yicha;

    • moliyalashtirish manbalariga ko’ra.

Iqtisodiy mazmuniga ko’ra ijtimoiy to’lanmalarning quyidagi ko’rinishlari mavjud:

    • mehnat pensiyalari bilan bog’liq bo’lgan to’lanmalar - mehnat, sotsial va harbiy pensiyalar;

    • ijtimoiy xarakterdagi to’lanmalar – kam ta’minlangan oilalarga, bola parvarishi bo’yicha, homiladorlik va tug’ish bo’yicha);

    • individual foydalanish xizmatlari bilan bog’liq bo’lgan to’lanmalar – sog’liqni saqlash, maorif, boshqa notijorat tashkilotlar xizmatlarini to’lash;

    • cheklangan harakatga ega bo’lgan to’lanmalar – ishsizlik bo’yicha nafaqalar, stipendiyalar.

O‘zlarining shakli bo’yicha ijtimoiy to’lanmalar quyidagi ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin:

    • pensiyalar – mehnat, sotsial va harbiy pensiyalar;




109 Buning aynan shunday ekanligiga ishonch hosil qilish uchun quyidagi holatga e’tibor berishning o’zi etarli: mamlakatimizda ayni davrda moliya-bank sohasidagi o’rtacha oylik ish haqi boshqa sohalardagi o’rtacha ish haqiga nisbatan yuqoriroq. Shunday bo’lishiga qaramasdan, hatto shu sohaning o’zida mehnatga haq to’lash bo’yicha keskin tebranish bo’layotganligini aniqlashimiz mumkin. Xususan, davlat mulkiga tegishli bo’lgan moliyaviy muassasalarda ish haqining darajasi aralash va hamkorlikdagi mulkchilik shaklida bo’lgan xuddi shunday muassasalardagi ish haqidan ancha pastdir.

    • nafaqalar – kam ta’minlangan fuqarolarga nafaqalar, onalik nafaqasi, ishsizlik bo’yicha nafaqa va boshqalar;

    • stipendiyalar – oliy, o’rta-maxsus va kasbiy ta’lim, kurslar o’quvchilariga, tayanch doktorant va doktorantlarga stipendiyalar;

    • imtiyozli to’lanmalar, kompensatsiyalar, subsidiyalar – uy-joy-kommunal xizmatlariga, transport xizmatlari, sanatoriy-kurort davolashlari va davolash vositalari bilan ta’minlash xizmatlarini to’lash, uy-joy sotib olishga subsidiya va boshqalar;

    • sug’urta qoplamalari – ko’zda tutilmagan sabablar bo’yicha sug’urta hodisasi ro’y bergandagi to’lanmalar;

    • moddiy yordam – ishsizlar, qochoqlar va majburiy ko’chib o’tganlarga bir martalik to’lanmalar va boshqalar.

Moliyalashtirish manbalariga ko’ra ijtimoiy to’lanma-larning quyidagi ko’rinishlari bor:

    • barcha darajadagi byudjetlardan moliyalashtiriladigan ijtimoiy to’lanmalar: respublika byudjetidan – urush ishtirokchilari va nogironlarini, jangovor harakatlar faxriylarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash chora-lari; mintaqaviy va mahalliy byudjetlardan – mehnat faxriylari, front orti mehnatkashlarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash choralari, turli xildagi ustama va qo’shimchalar;

    • byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining byud-jetlaridan moliyalashtiriladigan ijtimoiy to’lanma-lar: Pensiya fondining byudjeti hisobidan

  • mehnat, ijtimoiy pensiyalar, harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga pensiyalar; Ijtimoiy sug’urta fondi mablag’lari hisobidan – vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yuqotganligi uchun nafaqalar, oilaviy va onalik nafaqalari va h.k.

    • korxonalarning mablag’lari hisobidan moliyalashtiri-ladigan ijtimoiy to’lanmalar – pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqadiganlarga bir martalik nafaqalar va bosh-qalar;

    • kasaba uyushmalari mablag’lari hisobidan moliyalash-tiriladigan ijtimoiy to’lanmalar – oilaviy holatlarga ko’ra turli bir martalik nafaqalar va boshqalar.

Yaxlit olinganda uy xo’jaliklari daromadlarining sotsial to’lanmalar ko’rsatkichi pensiyalar, nafaqalar, sti-pendiyalar, boshqa sotsial va sug’urta tushilmalarini o’zida birlashtiradi. Sotsial to’lanmalarni moddiy-buyumlashgan tarkibiga ko’ra uch ko’rinishga ajratish mumkin:

    • pul mablag’lari bilan yordamlashuv;

    • imtiyozlar;

    • natural ko’rinishdagi yordam.

Bu sohadagi barcha imtiyozlarni qonuniy tarzda tartibga keltirish eng kamida quyidagi uch vazifaning echilishini ko’zda tutadi:

    • imtiyozlarning taqdim etilish shakllarini o’zgartirish (natural imtiyozlarni pul kompensatsiyalari bilan almashtirish) va byudjet resurslarining cheklanganligi uchun moliyalashtirilishining iloji bo’lmagan ko’plab imtiyozlarni bekor qilish;

    • obyektiv ravishda muhtoj bo’lgan, kasbiy me’zonlari va alohida xizmatlari belgilari bo’yicha manzilli qo’llab-quvvatlashga o’tish;

    • sotsial qo’llab-quvvatlash choralarining moliyalashtirish manbalarini qat’iy chegaralash.

Yuqorida keltirilgan vazifalarning bajarilishi sotsial transfertlarni (to’lanmalarni) taqdim qilishning yangi modellariga o’tishning samarali adaptatsion (moslashuvchan) shakllaridan foydalanishni talab qiladi.
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar uy xo’jaliklari daromadlarining tarkibiy tuzilishida navbat-dagi muhim manba bo’lib xizmat qiladi. Bunday daromadlarning tarkibiga xususiy biznesni yuritish va uy xo’jali- gida to’plangan mulkning (boylikning) kamayishi bilan bog’liq bo’lmagan holda vujudga keluvchi daromadlarning har qanday shakllari kiradi. Bu daromadlar biznesning tashkil qilingan (qayd etilgan korxona) va tashkil qilinmagan shakllari doirasida vujudga keladi.
Keyingi yillarda uy xo’jaliklarining daromadlari tarkibida mulkdan olinadigan daromadlarning salmog’i oshib borayotir. Bunday daromadlar uy xo’jaliklarining mulkida bo’lgan moliyaviy va nomoliyaviy noishlab chiqarish aktivlaridan foydalanish natijasida vujudga keladigan pul daromadlaridan iborat. Bunda moliyaviy aktivlardan olinadigan daromadlar pul mablag’larini bank omonat-lariga, qimmatli qog’ozlarga, xorijiy valyutalar bilan operatsiyalarga joylashtirish natijasida vujudga keladi. Nomoliyaviy noishlab chiqarish aktivlardan olinadigan daromadlar uy xo’jaliklariga tegishli bo’lgan uy-joy bino- lari va er uchastkalarini sotish yoki ijaraga berish natijasida paydo bo’ladi.
Shunday qilib, ko’rinib turibdiki, uy xo’jaliklarining mulkdan olinadigan daromadlari quyidagi ko’rinishlarda amal qiladi:

    • foizlar;

    • dividendlar;

    • rentalar.

Moliyaviy vositachilik, fond bozori, patent huquqi bozori, xususiy mulkchilik, shu jumladan, erga bo’lgan xusu-siy mulkchilikning rivojlanishi uy xo’jaliklari daromad-larining umumiy summasida mulkdan olinadigan daromad- larning yanada o’sishiga olib kelishga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Uy xo’jaliklari turli guruhlari daromadlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va dinamikasi bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Bunda daromadlarning tabaqa- lanishi juda ko’p obyektiv va subyektiv omillar ta’siri ostida sodir bo’ladi. Ularning eng asosiylari quyidagi-lardir:

    • mulkchilik omili (uning noteng taqsimlanganligi);

    • oilaviy sotsioiqtisodiy ahvol (oilaning kelib chiqishi, a’zolar soni, ijtimoiy maqomi, to’plangan boyligi;

    • inson kapitaliga qo’yilmalar (ma’lumoti, malakasi, kasbiy mahorati, ularning o’sish salohiyati).

Farovonlikning umumiy darajasiga bog’liq bo’lmagan holda daromadlarning tabaqalanganligi barcha mamlakatlar uchun xos. Jamiyatda jami daromadlarning taqsimlanishi-dagi notenglikni Jini koeffitsienti (daromadlarning kontsentratsiyalashuvi indeksi) yaqqol ko’rsatadi. Uning umumiy ko’tarilishi (yuqoriligi) jamiyatning chuqur ijtimoiy qatlamlarga bo’linganligidan darak beradi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning o’sishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda barqaror ijobiy tendentsiyalarning shakl-lanishi, daromadlarni davlat tomonidan tartibga solish-ning samarali instrumentlari, kambag’allikni ogohlantirish mexanizmlari uy xo’jaliklarida ega bo’lingan real pul daromadlarining o’sishiga, daromadlarning notengligi muammosini yumshatishga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
    1. Uy xo’jaliklari xarajatlari

Uy xo’jaliklari tomonidan iste’molga, majburiy to’lovlarni amalga oshirishga va jamg’arishga yo’naltiri-ladigan pul mablag’lari uy xo’jaliklari byudjetlarining xarajatlar qismini tashkil etib, ularning xarajatlari deyiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda uy xo’jaliklarining xarajatlari quyidagi omillar bo’yicha tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi):

    • davriylik nuqtai-nazaridan;

    • xarajatlarning turlari bo’yicha;

    • xarajatlarning funktsional mo’ljallanganlikka bog’liq-ligiga ko’ra;

    • majburiylik darajasi bo’yicha;

    • to’lovlarning avtonomlilik xarakteriga ko’ra;

    • iste’mol va jamg’arishga yo’naltirilayotgan real pul xarajatlarining turlari bo’yicha.

Davriylik nuqtai-nazaridan uy xo’jaliklarining xara-jatlari quyidagilarga bo’linadi:

    • qisqa muddatli xarajatlar;

    • o’rta muddatli xarajatlar;

    • uzoq muddatli xarajatlar.

Xarajatlarning turlari bo’yicha uy xo’jaliklarining xarajatlari quyidagilardan tarkib topadi:

    • joriy xarajatlar;

    • kapital xarajatlar.

Uy xo’jaliklarining xarajatlari funktsional mo’ljal-langanligiga ko’ra quyidagilardan iborat:

    • shaxsiy iste’mol xarajatlari;

    • soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;

    • pul to’planmalari va jamg’armalar.

Avtonomlilik xarakteriga ko’ra uy xo’jaliklarining xarajatlari ikkiga bo’linadi:

    • daromadlarning hajmiga bog’liq bo’lmagan va hayotiy minimum darajasiga rasman muvofiq keluvchi avtonom (qat’iy) xarajatlar;

    • daromadlarning dinamikasiga bog’liq bo’lgan elastik xarajatlar.

Ayrim hollarda uy xo’jaliklari xarajatlarining ana shunday tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) doirasida kam elastikli xarajatlar alohida guruhga ajratiladi va uning tarkibiga uy-joy kommunal xizmatlari va transport chiqimlarini to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kiri-tiladi.
Real pul xarajatlarining turlari bo’yicha ham uy xo’jaliklarining xarajatlari ikki guruhdan tashkil topadi:

    • iste’molga yo’naltirilgan xarajatlar;

    • jamg’arishga yo’naltirilgan xarajatlar

Uy xo’jaliklarining iste’molga yo’naltirilgan xarajat-lari (iste’mol xarajatlari) ular tomonidan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga sarf qilinadigan ega bo’lingan daromadning bir qismidan iborat. Iste’mol xarajatlarining miqdori quyidagilarga bog’liq:

    • ega bo’lingan daromadga;

    • baholar darajasiga;

    • iste’molchilarning mol-mulklariga;

    • real foiz stavkalariga;

    • iste’mol bo’yicha qarzdorlikning miqdoriga;

    • iste’molchilarning soliqqa tortilish darajasiga.

Uy xo’jaliklari byudjetlaridagi iste’mol xarajatlari subyektiv omillarga ham ta’sirchan bo’lib, ularning orasi-dan quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin:

    • iste’mol qilishga bo’lgan intilishning chegarasi;

    • baholarning o’zgarishiga nisbatan iste’molchilarning kutuvchanligi;

    • pul daromadlari;

    • soliqlar;

    • tovarlarning mavjudligi;

    • va boshqalar.

Makroiqtisodiy nuqtai-nazardan uy xo’jaliklari byud-jetlarining iste’mol xarajatlari ikki eng muhim xususiyatga ega:

    • birinchidan, iste’mol xarajatlari yalpi mahsulot doiraviy aylanishi modelida yalpi talab va yalpi xarajatlarni tashkil qilishning eng katta qismi hisoblanadi;

    • ikkinchidan, uy xo’jaliklari byudjetlarining iste’mol xarajatlari qisqa muddatli davrda bandlik va investitsiyalar darajasini tartibga solish orqali ta’sir etish mumkin bo’lgan yalpi talabning nisbatan barqaror tarkib toptiruvchisidir.

Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlari tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va dinamikasini tahlil qilish, odatda, aholining daromadlari va xarajatlari balansi asosida amalga oshiriladi. Bu balansning eng umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’lishi mumkin:


20-jadval


Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish