“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet111/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

Klass tartib raqami

Klassning nomi

Mazmuni va sug’urta qilish shartlari bo’yicha talablar

1-klass


Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug’urta qilish

Quyidagi hollarda:

  1. baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida sog’liqning qattiq shikastlanishi, yoxud;

  2. baxtsiz hodisa yoki muayyan turdagi baxtsiz hodisa natijasida vafot etgan taqdirda, yoxud;

  3. kasallik yoki muayyan turdagi kasallik natijasida mehnat qobiliyatini yo’qotish, shu jumladan ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari, biroq 2- klass va IV klass bo’yicha sug’urta shartnomalarini istisno qilgan holda, sug’urta qilingan shaxsga sug’urta ta’minotining belgilab qo’yilgan pul summasi yoki pul kompensatsiyasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urta turlari

jami

2-klass

Kasallikdan ehtiyot shart sug’urta qilish

Sug’urta ta’minotining belgilab qo’yilgan pul summasi to’lanishini yoki kasallik yoki sog’liqning izdan chiqishi munosabati bilan sug’urta qildiruvchining pul kompensatsiyasi (yoki uning ham, buning ham kombinatsiyasi)ni ta’minlovchi sug’urta turlari jami, biroq hayotni sug’urta qilish tarmoqlarining IV klassi
bo’yicha shartnomalarni istisno qilgan holda

3-klass


Yer usti transport vositalarini sug’urta qilish

Transport vositalari, o’zi yurar mashina va mexanizmlar, harakatlanadigan temir yo’l tarkibi bundan mustasno, yo’qotilganda yoki shikastlanganda sug’urta qoplamasi
to’lanishini ta’minlovchi sug’urta turlari jami

4-klass


Harakatlanadigan temir yo’l tarkibini sug’urta
qilish

Harakatlanadigan temir yo’l tarkibi yo’qotilganda yoki shikastlanganda sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urtaning turlari jami

5-klass


Aviatsiya sug’urtasi



Havo kemasi, havo kemasining mashina asbob- uskunalari, jihozlari, inventari, ehtiyot qismlari yo’qotilganda yoki shikastlanganda sug’urta qoplamasi
to’lanishini ta’minlovchi sug’urtaning turlari jami

6-klass


Dengiz sug’urtasi



Dengiz va ichki daryo kemalari, kemalarning mashina
asbob-uskunalari, asbob-uskunalari, inventari, ehtiyot qismlari yo’qotilganda yoki shikastlanganda sug’urta







qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urtaning turlari
jami

7-klass


Yo’ldagi mol- mulkni sug’urta qilish

Transportning har xil turlari bilan tashishda yuklar, bagaj va boshqa mol-mulk yo’qotilganda yoki shikastlanganda sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urtaning
turlari jami

8-klass

Mol-mulkni olovdan va tabiiy ofatlardan sug’urta qilish



Yong’in, portlash, bo’ron, dovul, jala, ko’chki, tuproqning cho’kishi, emirilish, er osti suvlari, sel, yashin urishi, zilzila, yadro energiyasi ta’siri natijasida mol-mulk (3 va 7- klasslarda ko’rsatilganlar bundan mustasno) yo’qotilganda yoki shikastlanganda sug’urta qoplamasi
to’lanishini ta’minlovchi sug’urtaning turlari jami

9-klass

Mol-mulkni zarardan sug’urta qilish



8-klassda ko’rsatilmagan do’l, qalin qor yog’ishi yoki qattiq sovuq tushishi, buzib kirib o’g’irlik qilish va boshqa voqealar natijasida mol-mulk (3 va 7-klasslarda ko’rsatilgandan boshqa) yo’qotilganda yoki shikastlanganda sug’urta qoplamasi to’lanishini
ta’minlovchi sug’urtaning turlari jami

10-klass

Avtofuqarolik javobgarligini sug’urta qilish



Yer usti transport vositalari va boshqa o’ziyurar mashinalar va mexanizmlardan foydalanish oqibatida, tashuvchilarning javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga)
zarar etkazilgan taqdirda sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urta turlari jami

11-klass

Aviatsiya sug’urtasi doirasidagi javobgarlikni
sug’urta qilish

Havo kemasidan foydalanish oqibatida, aviatashuvchilarning javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar etkazilgan taqdirda sug’urta qoplamasi
to’lanishini ta’minlovchi sug’urta turlari jami

12-klass

Dengiz sug’urtasi doirasida javobgarlikni sug’urta qilish

Dengiz va ichki kemalardan foydalanish oqibatida, dengiz tashuvchisining javobgarligi ham shu jumlaga kiradi, uchinchi shaxslarga (jismoniy va yuridik shaxslarga) zarar etkazilgan taqdirda sug’urta qoplamasi
to’lanishini ta’minlovchi sug’urta turlari jami

13-klass

Umumiy fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish

10, 11 va 12-klasslarda ko’rsatilmagan tavakkalchiliklar oqibatida uchinchi shaxslar (jismoniy va yuridik shaxslar) oldida fuqarolik javobgarligi paydo bo’lgan taqdirda
sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urta turlari jami

14-klass

Kreditlarni sug’urta qilish

Sug’urta qildiruvchining debitori nochorligi (bankrotlik) yoki debitorning sug’urta qildiruvchi oldidagi qarzlarni qaytarish majburiyati bajarilmasligi (nochorlikdan tashqari) natijasida sug’urta qildiruvchi zarar ko’rganda sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urta
turlari jami

15-klass


Kafillikni (kafolatlarni) sug’urta qilish

Sug’urta qildiruvchining o’ziga berilgan kafolatni bajarishi majburiyati natijasida sug’urta qildiruvchi zarar
ko’rganda sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urta turlari jami

16-klass


Boshqa moliyaviy
tavakkalchiliklar

Quyidagi hollarda:a) sug’urta qildiruvchining biznesi (xo’jalik faoliyati) uzilib qolishi yoki sug’urta qildiruvchi tomonidan amalga




dan sug’urta qilish

oshirilayotgan biznes (xo’jalik faoliyati) ko’lami kamayishi natijasida sug’urta qildiruvchi zarar ko’rganda;

  1. oldindan nazarda tutilmagan xarajatlar natijasida sug’urta qildiruvchi zarar ko’rganda (17-klassda ko’rsatilgandan tashqari);

  2. shartnomalar tuzilishi va bajarilishi bilan bog’liq faoliyatni amalga oshirish natijasida mazkur darajaning a) va b) bandlarida ko’rsatilgandan boshqa nobudgarchiliklarga uchraganda sug’urta qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urta turlari jami.




Huquqiy himoya







qilish bilan

Sud muhokamasi bilan bog’liq ko’rilgan xarajatlar

17-klass

bog’liq

natijasida sug’urta qildiruvchi zarar ko’rganda sug’urta




xarajatlarni

qoplamasi to’lanishini ta’minlovchi sug’urta turlari jami




sug’urta qilish







  • sug’urta polisi amal qilish muddatining bir yildan oshmasligi. Shunday sug’urta xizmat turlari borki, uularning muddati hatto bir soatni tashkil etadi. Masalan, havo yo’llari orqali yo’lovchilarni tashishda qo’llaniladigan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalashda polisning amal qilish muddati uchish va qo’nish masofasidan kelib chiqqan holda bir soatga teng bo’lish mumkin.

  • investitsiyaga yo’naltirilgan mablag’larning qisqa muddatli obyektlarga joylashtirilishi.

2019-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekiston sug’urta bozorida jami
30 ta sug’urta tashkiloti faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, uning 24 tasi yoki 80,0 foizi umumiy sug’urta xizmatlari bozoriga tegishlidir. Umumiy sug’urta xizmatlari bozorida faoliyat ko’rsatayotgan eng yirik sug’urta tashkilotlari jumlasiga “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta korxonasi, “O‘zagrosug’urta” va “Kafolat sug’urta korxonasi” aktsiyadorlik jamiyatlarini kiritish mumkin.
Dunyoning taraqqiy etgan davlatlarida hayotni sug’urta qilish bozori umumiy sug’urta xizmati bozoriga qaraganda yuksak darajada rivojlangan. Masalan, AQSh, Yaponiya va Yevropaning ba’zi davlatlarida sug’urtalovchilar tomonidan to’plangan jami sug’urta mukofotlari tarkibida hayotni sug’urtalash bo’yicha yig’ib olingan sug’urta mukofotlari katta salmoqqa ega.
O‘zbekistonda hayotni sug’urta qilish bozori shakllanish jarayonini boshidan kechirmoqda. 2002-yil 5-aprelda “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi munosabati bilan hayotni sug’urta qilish sug’urta faoliyatining, binobarin sug’urta bozorining alohida tarmog’iga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 413-son qarori bilan tasdiqlangan “Sug’urta faoliyati klassifikatori”ga muvofiq hayotni
sug’urta qilish tarmog’i 4 ta klassdan iborat. Ushbu klasslar to’g’risida oldingi mavzularda to’xtalib o’tilgan.
2003-yil dekabrda “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta korxonasi muassisligida hayotni sug’urtalashga ixtisoslashgan dastlabki sug’urta korxonasi – “O‘zbekinvest Hayot” shu’ba sug’urta tashkiloti tashkil etildi. Mazkur shu’ba sug’urta tashkiloti O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslariga hayot va sog’likni sug’urta qilish maqsadida tashkil etilgan bo’lib, uning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • hayotni sug’urtalash tarmog’ining barcha klasslari va umumiy sug’urta tarmog’ining I va II klasslari bo’yicha sug’urta xizmatlarini ko’rsatish;

  • tegishli sug’urta mahsulotlarini taqdim etish orqali O‘zbekiston Respublikasi aholisi keng qatlamini ijtimoiy himoyalash vositalarini rivojlantirish;

  • hayotni va sog’likni sug’urtalashning xalqaro standartlari amaliyotini joriy etish;

  • xorijiy, xalqaro, milliy sug’urta tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;

Hozirgi kunda “O‘zbekinvest Hayot” sug’urta tashkiloti respublikamizning barcha mintaqalarida o’z filiallariga ega va ular tomonidan quyidagi sug’urta xizmatlari ko’rsatiladi:

  1. bonus to’lovli hayot sug’urtasi. Mazkur sug’urta turining amal qilish muddati 13 oydan 20 yilgacha bo’lgan muddatni tashkil etadi. Sug’urta summasi sug’urta qildiruvchi tomonidan aniqlanadi va shundan kelib chiqqan holda sug’urta mukofoti hisoblanadi. Sug’urta mukofotining miqdori sug’urtalangan shaxsning yoshi, sug’urta muddati va badallarni to’lash tartibi bilan bog’liq. Sug’urta mukofotlari sug’urta qildiruvchi shaxs uchun qulay usulda: bir marotaba, har yili, yarim yilda bir marta yoki har chorak yoxud har oyda to’lab borilishi mumkin. Sug’urta summasini to’lash quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

  • shartnoma amal qilishining oxirgi muddatigacha yashash (bunda sug’urta summasi ilgari to’langan barcha sug’urta mukofotlari yig’indisi va korxona tomonidan to’lanadigan bonusga teng);

  • sug’urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda (bunday holatda sug’urta summasi sug’urtalangan shaxsning qachon vafot etganidan va qancha sug’urta mukofoti to’laganidan qatiy nazar sug’urtalangan shaxs tomonidan qancha sug’urta mukofoti to’lanishi kerak bo’lgan summaga teng bo’ladi).

Bu sug’urta mahsulotini sotib olish uchun sug’urta qildirmoqchi bo’lgan shaxsning yoshi 18-60 yosh oralig’ida bo’lishi lozim.

  1. ta’lim olish uchun hayotni uzoq muddatli sug’urta qilish. Bunda ota- onalarning farzandlarini ta’lim muassasalarida o’qishi bilan bog’liq xarajatlarini sug’urta yo’li bilan qoplash nazarda tutiladi. Sug’urta shartnomasining muddati

13 oydan 20 yilgacha bo’lgan muddatni tashkil etadi. Mazkur sug’urta turi bo’yicha sug’urta summalarini to’lash quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

  • farzandning oliy ta’lim muassasasi, kasb-hunar kolleji, akademik litsey yoki maktabga o’qishga kirishi;

  • farzandning sug’urta polisida ko’rsatilgan yoshga kirishi (agar bola qayd etilgan muddatda o’qishga kira olmagan taqdirda).

Sug’urta qildiruvchiga to’lanadigan sug’urta summasi miqdori ilgari to’langan barcha sug’urta mukofotlari yig’indisi va sug’urta tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan bonusga teng.

  1. nikohga hayotni uzoq muddatli sug’urta qilish. Mazkur sug’urta mahsuloti farzandning nikohga kirish munosabati bilan uning ota-onasi sarflaydigan xarajatlarni moliyaviy ta’minlash masalasini hal etishga ko’mak beradi. Sug’urta shartnomasining butun amal qilish davomida ishonchli sug’urta himoyasi ta’minlanadi. Hatto, oila boquvchisini yo’qotgan taqdirda ham nikoh arafasida farzand sug’urta polisida belgilangan summani oladi. Bu sug’urta turida ham sug’urta polisining amal qilish muddati 13 oydan 20 yilgacha bo’lgan muddatni tashkil etadi. Sug’urtalangan shaxsga sug’urta summasi farzand nikohga kirganda yoki u sug’urta polisida ko’rsatilgan yoshga etganda to’lanadi. Sug’urta summasining miqdori sug’urta qildiruvchi tomonidan ilgari to’langan barcha sug’urta mukofotlari miqdoriga va sug’urtalovchi tomonidan taqdim etiladigan bonusga teng.

Hayotni sug’urta qilish bozorida yuqorida ko’rsatilgan sug’urta xizmat turlari bilan bir qatorda hayot sug’urtasi ham amalga oshiriladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hayotni sug’urtalash bozorini yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi soliq imtiyozlari berilgan:

  1. yuridik shaxslarning uzoq muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha sug’urta mukofotlarini to’lash bilan bog’liq xarajatlari boshqa xarajatlar tarkibiga kiritiladi va foyda solig’ini hisoblashda hisobga olinmaydi;

  2. yuridik shaxslarning uzoq muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha sug’urta mukofotlarini to’lashga yo’naltirilgan xarajatlari jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi;

  3. jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlaridan uzoq muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha to’lagan sug’urta mukofotlari daromad solig’iga tortilmaydi.

Ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda hayotni sug’urtalash bozorini rivojlantirish uchun davlat tomonidan katta imkoniyatlar yaratilgan.
    1. Qayta sug’urta qilishning mohiyati va turlari

Qayta sug’urtalash tarixi sug’urtadan ancha keyin boshlangan, chunki qayta sug’urtalash, ta’bir joiz bo’lsa, sug’urtalovchilarni sug’urtalashdir. O‘rta asrlar oxirida dengiz yuklarini sug’urtalashning rivojlanishi bilan sug’urtalovchilarning
qayta sug’urtaga bo’lgan ehtiyojlari orta boshladi. Birinchi yuridik ahamiyatga ega bo’lgan qayta sug’urtalash shartnomasi Genuyada 1370-yili ikki savdogar orasida tuzilgan114. shartnoma Genuyadan Bryuggega dengiz orqali jo’natilgan sug’urta obyektini qayta sug’urtalashdan iborat edi.
Yevropada XIX asrda sanoat rivojlanishi bilan qayta sug’urtalashga bo’lgan ehtiyojni faqat etarli moliyaviy resurslari va chet el mamlakatlarida sho’’ba korxonalari mavjud bo’lgan sug’urtalovchilar qondirish qobiliyatiga ega bo’lgan. Keyinchalik fakultativ qayta sug’urtalash shartnomalari, risklarni to’liq yoki qisman qoplash shartnomasi ishlab chiqildi va joriy etildi. Bunday shartnoma birinchi bo’lib 1821-yilda tuzilgan.
Qayta sug’urta operatsiyalari XIX asrning o’rtalarida alohida tadbirkorlik turiga aylandi. 1846-yilda Keln qayta sug’urta jamiyati tashkil etildi. Dastlab, qayta sug’urta sug’urtalovchining sug’urta shartnomalari bo’yicha javobgarligida ishtirok etishdan iborat bo’lgan bo’lsa, o’tgan davrlar mobaynida u tavakkalchilikni ikkilamchi taqsimlovchi kuchli mexanizmga aylandi va keng miqyosdagi turlarga hamda shakllarga ega bo’ldi.
Qayta sug’urta sug’urta faoliyatini va sug’urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi zaruriy mexanizm hisoblanadi. Ma’lumki, sug’urta ehtimollar nazariyasiga asoslangandir. Ko’p hollarda sug’urta tashkilotlari to’laqonli muvozanatlashgan risklar portfelini yaratish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Bunga sabab sug’urtalangan obyektlar miqdori ko’p emas yoki portfel tarkibida katta yoki xavfli risklar joylashganligidir. Bundan tashqari amaliyotdan ma’lumki, har qanday sug’urta tashkiloti, hatto risklarni sug’urtaga qabul qilishda ularni yaxshi o’rganib chiqqan taqdirda ham, odatda sug’urta shartlari turli xatarlarni qoplaganligi uchun, sug’urtalangan obyektlarga suv toshqini, bo’ron, zilzila kabi tabiiy ofatlar va yong’in natijasida birdaniga zarar etishi mumkin. Sug’urtalovchining mablag’lari va hatto barcha aktivlari uning sug’urtalanuvchi oldida portfel bo’yicha javobgarligining uncha katta qismini tashkil etmaydi, lekin yuqoridagi ko’rsatilgan ofatlar esa uning moliyaviy holatiga katta ta’sir ko’rsatish bilan birga, hatto inqirozga yuz tutishiga olib kelishi mumkin.
Sug’urtaga qabul qilingan risklar bo’yicha sug’urta summasini tenglashtirish va sug’urta portfeli muvozanatini ta’minlash, sug’urtalovchining moliyaviy imkoniyatlariga asoslanib, sug’urta summalari bo’yicha javobgarliklarni to’g’ri taqsimlashda va sug’urta operatsiyalarini moliyaviy mustahkamligini va rentabelligini ta’minlash maqsadida qayta sug’urta tizimi tashkil etilganligini ta’kidlash kerak.



114 Кристофор П.: “Введение в перестрахование”. “Аникл”, 2002. -14 б.
Qayta sug’urtalash orqali sug’urtalovchi o’zining faoliyatiga xavf soladigan quyidagi 3 ta riskning oldini oladi:

  1. tasodifan yuzaga keladigan zararlar xavfi:

    • sug’urta hodisasi ro’y berishining aniqligi;

    • tabiiy ofat natijasida juda ko’p polislar bo’yicha bitta riskdan sug’urtalovchi majburiyatlarining yuzaga kelishi.

  2. davr xavfi:

    • pulning qadrsizlanishi natijasida sug’urtalovchi to’plagan sug’urta mukofotlarining sug’urta qoplamasini to’lashga yetmasligi;

    • texnologiyaning taraqqiy etishi natijasida belgilangan sug’urta stavkasi va sug’urta shartlarining olingan majburiyatga to’g’ri kelmasligi.

  3. xatolik xavfi:

    • sug’urta ta’riflarini noto’g’ri hisoblash (statistika axborotlarini noto’g’ri talqin qilish).

Har bir sug’urta tashkilotining maqsadi mana shu risklarning oldini olish va qayta sug’urtalash imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish hisoblanadi.
Qayta sug’urtalashning iqtisodiy mohiyati sug’urta tashkilotlari tasarrufida dastlabki tashkil etilgan jamg’armani qayta taqsimlashdir, ya’ni bevosita sug’urtada sug’urtalovchi sug’urta mukofotlari hisobidan jamg’arma tashkil qiladi. Qayta sug’urtalashda esa yangi jamg’arma tashkil etilmasdan, sug’urta korxonalari tashkil etgan jamg’armani yo’naltirish va qayta taqsimlash bilan jamg’arma tashkil etiladi. Risklarning va jamg’armalarning ikkilamchi taqsimlanishi, ya’ni qayta sug’urtalash sug’urtanuvchiga ma’lum bo’lmasligi mumkin. Bunday qayta taqsimlanish ikkinchi darajali bo’lib, bu jarayon sug’urtalovchi va qayta sug’urtalovchi o’rtasida ro’y beradi. Bunday fikrlarni Kristofer Pfayffer115, Shaxov V.V116, Folkner Xenke117, U. Konkelar118 o’zlarining ilmiy ishlarida ko’rsatib o’tganlar. Jamg’armalarning qayta taqsimlanishi sug’urta tashkilotlari uchun yangi sug’urta turlarini yaratish va rivojlantirishga hamda sug’urta operatsiyalarini kengaytirishga sharoit yaratadi.
Mutaxassislar sug’urta bozorini tahlil qilib, uni bevosita sug’urta bozori va qayta sug’urta bozoriga ajratishadi. Bevosita sug’urta bozori – bu sug’urta tashkilotlari bilan ularning mijozlari o’rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Biroq, bitta sug’urta tashkiloti har doim ham sug’urtalanuvchiga ishonarli sug’urta himoyasini ta’minlab bera olmaydi, ayniqsa agar gap sug’urta qiymati va xavfi katta bo’lgan obyektlar haqida ketganda. Shuning uchun ham sug’urta tashkilotlari muvozanatlashgan sug’urta portfelini yaratish, moliyaviy





115 Кристофор Пфайффер “Введение в перестрахование” Анкил 2002. 3 б.
116 Шахов В.В. “Введение в страхование”. Москва, Финанси и Статистика 1992. 150 б.
117 Фолкнер Хенке “Вопросу надзора над перестраховочними предприятиями” ИНРЕ 1996, №3. 14 б.
118 У.Кноке “Основние аспекти надзора за деятелностно перестраховочних компании” ИНРЕ 1996, №2 17б.
barqarorligini oshirish va zimmasiga olgan majburiyatlarni to’liq bajarish uchun qayta sug’urtalash bozori xizmatlariga murojaat etadi.
Har bir sug’urta tashkilotining mijozi shuni bilishi kerakki, uning oldida sug’urta qoplamasini to’lashda, u bilan shartnoma tuzgan sug’urta tashkiloti javobgar bo’ladi. Zero O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 959- moddasida ko’rsatilgandek: “Qayta sug’urtalashda sug’urta tovoni yoki sug’urta pulini to’lash uchun asosiy sug’urta shartnoma bo’yicha sug’urtalovchi javobgar bo’lib qolaveradi”. Bundan ko’rinib turibdiki, qayta sug’urtalovchi sug’urtalovchiga, faqat, ulushi miqdorida zararni qoplashga kafolat beradi va sug’urtalanuvchi bilan munosabatda bo’lmaydi. Ba’zan, sug’urta tashkiloti reklama sifatida sug’urta qildiruvchiga risklari mashhur va ishonchli qayta sug’urta tashkilotlarida sug’urtalashini ma’lum qiladi. Lekin, bu holat sug’urta tashkilotiga sug’urta qoplamasini to’lab bera olmaganda, qayta sug’urtalovchidan to’g’ridan-to’g’ri qoplamasini talab qilish huquqini bermaydi.
Qayta sug’urta operatsiyalari faoliyati faqat qayta sug’urtalashga ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotlari yoki bevosita o’rnatilgan talablarga javob beradigan sug’urta tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda sug’urta tashkilotlari ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotlari xizmatidan foydalanadi. Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi sug’urta bozorida ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotlari tashkil etilmagan. Hozirda O‘zbekistonda qayta sug’urtalash ishlari, bevosita, belgilangan tartibda sug’urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qayta sug’urta, so’zsiz, sug’urta tizimida muhim ahamiyatga ega. Sug’urtalanuvchi nuqtai nazaridan, sug’urtalovchining qayta sug’urtalashda ishtirok etishi yuqori sifatli sug’urta xizmatlarini taqdim etishga, zararlarni o’z vaqtida va to’liq qoplashga ko’mak beradi. U sug’urtalovchining ishonchlilik darajasini oshiradi va shu bilan birga mijoz bilan o’zaro munosabatlarini samarali bo’lishini ta’minlaydi.
Sug’urta sug’urtalashga riskni qabul qilish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish). Sug’urtalovchi muvozanatlashgan sug’urta portfelini yaratish va sug’urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilib olingan riskning bir qismini o’zaro kelishilgan holda boshqa sug’urtalovchiga berishi (riskni ikkilamchi joylashtirish) mumkin. Qayta sug’urta aktiv (riskni berish) va passiv (riskni qabul qilib olish) ko’rinishga ega. Bundan tashqari, qayta sug’urta nisbiy va nonisbiy shaklda bo’ladi. Ayrim holatlarda, qayta sug’urta operatsiyalari qayta sug’urta brokeri - ikkita tomon, ya’ni sug’urta tashkiloti va qayta sug’urta tashkiloti o’rtasida vositachilik qiluvchi shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Qayta sug’urta munosabatlarining uzoq rivojlanish davomida uning yangi shakl va turlari paydo bo’ldi. Eng qadimiy qayta sug’urta shartnomasi shakllaridan biri fakultativ qayta sug’urta shartnomasidir.
Fakultativ qayta sug’urtalashda sug’urtalovchi riskni, xohlasa qayta sug’urtalashga beradi, xohlasa o’zida olib qoladi va mos ravishda qayta sug’urtalovchi xohlasa riskni o’ziga oladi, xohlasa olmaydi119.
Obligatorli qayta sug’urtalash bir martalik qayta sug’urtalashdan farqli, unda tomonlarning munosabatlari mustahkamlanadi. Obligatorli qayta sug’urtalashning asosiy jihati ekstsedent qayta sug’urtalash va ulush xajmini aniqlash bilan bog’liq.
Obligatorli qayta sug’urtalash shartnomasiga asosan sug’urta tashkiloti o’ziga qabul qilgan riskni qayta sug’urtalash shartnomasiga asosan qayta sug’urta tashkilotiga berishi shart, o’z navbatida qayta sug’urtalovchi bu riskni qabul qilishi shart. Obligatorli qayta sug’urtalashda sug’urta tashkilotining sug’urta mukofotlarini, sug’urta tariflarini, sug’urta xodisalarini oldini olish va sug’urta qoplamalarini to’lash huquqi o’zida qoladi. Lekin, ularning hammasi sug’urtalovchining va qayta sug’urtalovchining manfaatlarini ko’zda tutgan holda bo’lishi kerak.
Obligatorli qayta sug’urta shartnomasi bo’yicha qayta sug’urta to’lovlarining hammasi sug’urta mukofotidan foizlar hisobida to’lanadi. Obligatorli qayta sug’urtalash shartnomasi noaniq muddatga tuzilib ikki tomonning roziligi bilan bekor qilinishi mumkin. Bunday shartnoma sug’urta tashkiloti uchun foydalidir, chunki bunda hamma qabul qilingan risklar qayta sug’urta himoyasiga ega. Obligatorli qayta sug’urta fakultativ qayta sug’urtadan farqli, u sug’urta portfelining katta qismini o’z ichiga oladi. Obligatorli qayta sug’urta shartnomasi fakultativ qayta sug’urta shartnomasidan ancha arzonroq. Shuning hisobiga xalqaro qayta sug’urta bozorida ushbu qayta sug’urta turi katta salmoqni tashkil etadi.
Obligatorli qayta sug’urtadan farqli, fakultativ qayta sug’urtada qayta sug’urtalovchi o’ziga qabul qilayotgan risk haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ladi. Ushbu shartnoma bo’yicha bir martalik bitimlar amalga oshiriladi. Fakultativ qayta sug’urta shartnomasi tomonlarga to’liq erkinlik beradi.
Sug’urta tashkilotining qayta sug’urtalovchiga fakultativ qayta sug’urtalash bo’yicha berayotgan taklifida risk haqida quyidagi ma’lumotlar ko’rsatilishi kerak:

  • sug’urta tashkilotining nomi va manzili;

  • qayta sug’urta turi: proportsional yoki noproportsional;

  • riskning joylashgan joyi;




119 Гомелля В. Рубин Ю. “Страховой портфел”. Москва 1994. 347 б.

  • sug’urta manfaati;

  • shartlar-sug’urtalangan xavflar (qaysi risklardan sug’urtalanadi va qaysilaridan sug’urtalanmaydi (istisnolar) to’liq ko’rsatiladi);

  • umumiy sug’urta summasi, qoplamaning qaysi valyutada to’lanishi, stavkalar;

  • franshiza;

  • qayta sug’urtalovchiga mukofot, qayta sug’urta komissiyasi va boshqa xarajatlar;

  • fakultativ qayta sug’urtaning boshlanishi va tugash sanasi;

  • taklif qilingan ulush;

  • zararning oldini olish imkoniyati va choralari;

  • ekspert xulosasi;

  • bevosita sug’urtadagi sug’urtalovchining ulushi.

Odatda fakultativ qayta sug’urtalash jarayoni sekin kechadi, chunki qayta sug’urtalovchi riskni obdon o’rganguncha bir muncha vaqt ketadi. Qayta sug’urtalovchi riskni o’rganib bo’lib, sug’urta tashkilotiga o’zi qabul qila oladigan ulush miqdorini aytadi. Yirik qayta sug’urtalovchilar o’zlarining fakultativ qayta sug’urtalash bo’linmalariga ega. Fakultativ qayta sug’urtalashda qayta sug’urtalovchining vazifasi bevosita sug’urta tashkilotining imkoniyatini kengaytirish bilan cheklanib qolmasdan, balki riskni baholash, sug’urta shartnomalari shartlarini belgilash, zararni oldini olish va ushbu masalalar bo’yicha maslahat berishdan ham iborat. Fakultativ qayta sug’urta sug’urtalovchi va qayta sug’urtalovchiga ko’p qulayliklar yaratishi bilan birga kamchiliklarga ham ega. Fakultativ qayta sug’urtaning asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat:

  1. qayta sug’urtaga berilayotgan risk bo’yicha ma’muriy ishlar hajmining ko’pligi;

  2. riskni joylashtirishda sug’urtalovchining har bir qayta sug’urtalovchi bilan aloqada bo’lishiga ketadigan ko’p vaqt;

  3. sug’urtalovchi sug’urtalanuvchidan birdaniga uning moliyaviy imkoniyatlaridan katta riskni qabul qila olmaydi;

  4. fakultativ qayta sug’urtalovchi tomonidan o’rnatiladigan komission haq nisbatan kamroq bo’ladi.

Yuqoridagi sanab o’tilgan kamchiliklarga qaramasdan fakultativ qayta sug’urta quyidagi sabablarga ko’ra amalda qo’llaniladi:

  1. oddiy sug’urta shartnomalariga to’g’ri kelmaydigan maxsus risklarni qayta sug’urtalashda;

  2. obligatorli qayta sug’urtalash shartnomasida qayta sug’urtalash limitidan oshgan summani qayta sug’urtalashda;

  3. shartnoma bo’yicha risklarning zarar xavfi juda yuqori bo’lganda va qayta sug’urtalovchining javobgarligini cheklashda;

  4. bozorning boshqa sug’urta tashkilotlari band etgan segmentida sug’urta tashkilotining teng ishtirok etishi.

  5. sug’urta qildiruvchi faoliyatining yangi yo’nalishlarini sug’urtalayotganda sug’urtalovchining moliyaviy imkoniyatlarni oshirishda;

  6. sug’urtalovchiga sug’urtaga qabul qilish amaliyotini baholashda;

  7. alohida ahamiyatga ega bo’lgan risklarni sug’urtalashda qayta sug’urtalovchining tajriba va salohiyatidan foydalanish.

Qayta sug’urta qilish operatsiyalari nisbiy va nonisbiy shaklda amalga oshiriladi. Nonisbiy qayta sug’urta qilishga nisbatan nisbiy qayta sug’urtalash ancha ilgari paydo bo’lgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda nisbiy qayta sug’urtalashni, ba’zan, an’anaviy qayta sug’urtalash ham deb atash qabul qilingan.
Nisbiy qayta sug’urta qilishning asosiy mohiyati shundaki, qayta sug’urta tashkilotining riskni taqsimlashdagi ulushi sug’urta tashkiloti aniqlagan nisbat asosida oldindan aniqlanadi. Ushbu nisbatga qarab, qayta sug’urtalash mukofotining va sug’urta tashkilotining tegishli ulushi aniqlanadi. Nisbiy qayta sug’urta qilishning prinsipi “qayta sug’urtalovchi sug’urta tashkilotining riskini bo’ladi”, degan fikrdan iborat.
Qayta sug’urta shartnomasining asosiy shartlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 959-moddasida o’z ifodasini topgan. Xususan, unda qayd etilishicha “sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi o’z zimmasiga olgan sug’urta tovonini yoki sug’urta pulini to’lash xavfi uning tomonidan to’liq yoki qisman boshqa sug’urtalovchida (sug’urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urtalanishi mumkin120”. Qayta sug’urta qilish shartnomasini tuzgan sug’urta shartnomasi (asosiy shartnoma) bo’yicha sug’urtalovchi keyingi shartnomada sug’urta qildiruvchi hisoblanadi.
Qayta sug’urta qilishda sug’urta tovonini yoki sug’urta pulini to’lash uchun asosiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta qildiruvchi oldida ushbu shartnoma bo’yicha sug’urtalovchi javobgar bo’lib qolaveradi.
Biroq asosiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalanuvchi hisoblangan sug’urta tashkiloti sug’urta hodisasi yuz berishidan oldin tugatilgan taqdirda, uning ushbu shartnoma bo’yicha huquq va majburiyatlarining qayta sug’urta qilingan qismi qayta sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchiga o’tadi.





120 O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. – T.: Adolat, 2002.
Ikki yoki bir nechta qayta sug’urta qilish shartnomalarini ketma-ket tuzishga yo’l qo’yiladi. Bunday shartnomalarning har biri keyingi qayta sug’urta qilish shartnomasiga nisbatan asosiy sug’urta shartnomasi deb hisoblanadi.
Xalqaro amaliyotda sug’urta tashkilotlari va ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotlari o’rtasida vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi qayta sug’urta brokerlari muhim rol o’ynaydi. Shuni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunida qayta sug’urta brokeri tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “O‘z nomidan va qayta sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urta qildiruvchi tariqasida ishtirok etuvchi sug’urtalovchining topshirig’iga binoan qayta sug’urta qilish shartnomasi tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish bo’yicha faoliyat yurituvchi yuridik shaxs qayta sug’urta brokeri hisoblanadi”121. Biroq, 2019-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida birorta ham qayta sug’urta bilan shug’ullanadigan brokerlik idoralari tashkil etilmagan. Holbuki, xalqaro qayta sug’urta bozorlarida qayta sug’urta brokerlarining faoliyati keng taraqqiy etganligini inobatga olsak, bunday tashkilotlarning keyinchalik milliy sug’urta bozorimizda tashkil etilishiga shubha qilmasa ham bo’ladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2007-yil 15-sentyabrda amalda bo’lgan “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga qo’shimcha va o’zgartirishlar, shu jumladan yangi 81 modda kiritilgan. Bu moddada sug’urta hamda qayta sug’urta brokerlarining huquq va majburiyatlari yoritilgan. Quyida sug’urta hamda qayta sug’urta brokerlarining huquq va majburiyatlarini keltirib o’tamiz:
Sug’urta va qayta sug’urta brokerlari quyidagi huquqlarga ega:

  • sug’urtaning (qayta sug’urta qilishning) har qanday turi bo’yicha vakolatlar doirasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish;

  • sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasi tuzilgan taqdirda, sug’urtalovchini (qayta sug’urtalovchini) tanlash;

  • sug’urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining miqdorlari, sug’urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar to’g’risida, shuningdek sug’urtalovchining to’lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa ko’rsatkichlar haqida ma’lumotlar olish;

  • ekspert va maslahat xizmatlari ko’rsatish.

Sug’urta va qayta sug’urta brokerlari qonun hujjatlariga hamda o’zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishlari mumkin.
Sug’urta va qayta sug’urta brokerlari:

  • sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;




121 O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga qo’shimcha va o’zgarishlar kiritish to’g’risida. – Xalq so’zi, 2007-yil 15- sentyabr.

  • sug’urta shartnomasini tuzish va ijro etish bo’yicha to’liq, ishonchli hamda xolisona axborotni mijozlarning so’rovlariga ko’ra taqdim etishi;

  • mijozning tijorat sirini va boshqa sirini tashkil etadigan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi shart.

Sug’urta va qayta sug’urta brokerlarining zimmasida qonun hujjatlariga hamda o’zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
Qayta sug’urta qilish shartnomalari bir tomondan sug’urta tashkilotlari o’rtasida o’zaro tuzilishi yoki ikkinchi tomondan, sug’urta tashkiloti va ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkiloti o’rtasida tuzilishi mumkin. Dastlab, sug’urta tashkiloti o’zining moliyaviy qobiliyatini mustahkamlash maqsadida qabul qilib olingan riskning bir qismini boshqa sug’urta tashkilotida yoki ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotida sug’urtalash to’g’risida qaror qabul qiladi. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida sug’urtalovchi ixtisoslashgan qayta sug’urta tashkilotiga murojaat qiladi. Agar qayta sug’urta tashkiloti riskni qayta sug’urta qilishga rozilik bildirsa, ular o’rtasida qayta sug’urtalash shartnomasi tuziladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shartnoma shartlarida, unda ishtirok etuvchi tomonlarning huquqlari va majburiyatlari, olingan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan javobgarlik, shartnomani kuchga kirishi, amal qilish va bekor etilishi qoidalari mujassam bo’lishi kerak. Shuningdek, shartnomada qayta sug’urtalash mukofoti miqdori va javobgarlik hajmi ko’rsatilishi zarur.
Qayta sug’urta qilish shartnomalari ba’zi o’ziga xos belgilariga ega bo’lib, ushbu holat uni boshqa turdagi shartnomalardan farqlaydi. Shuning uchun ham qayta sug’urta sohasini nazariy jihatdan qaysi sug’urta tarmog’iga kiritish yoxud uni mustaqil sug’urta sohasi sifatida qarash ancha bahs munozarani talab qiladi.
Agar sug’urta hodisasi ruy bersa, bu haqda sug’urta korxonasi qayta sug’urta korxonasiga darhol xabar qilishi kerak. O‘z navbatida, qayta sug’urta korxonasi shartnomada ko’zda tutilgan qoplamani to’lashi shart. Qayta sug’urta korxonasi shartnoma buyicha o’z majburiyatlarini to’la-tukis bajarsa, u holda shartnoma bajarilgan hisoblanadi.
          1. MAVZU: XALQARO MOLIYA REJA:


  1. Download 6,94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish