“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet69/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

Biriktirilgan daromadlar – bu byudjet huquqi sub’ektiga tegishli mablag‘dir, ya’ni yuqori byudjetni chetlab o‘tib, doimiy asosda, qat’iy belgilangan ulushda yoki to‘liqligicha tegishli byudjetga kelib tushuvchi mablag‘lardir. Biriktirilgan daromadlar asosini mahalliy soliqlar va yig‘imlar, qat’iy ulushda va doimiy asosda mahalliy byudjetlarga berilgan umumdavlat solio‘laridan o‘tkazmalar tashkil etadi. Davlat mahalliy hukumat organlariga ular qaramog‘idagi biriktirilgan daromadlarning ortiqcha mavjudligini moliyaviy resurs sifatida, ularga biriktirilgan vazifalarni bajarish uchun taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari tarkibi quyida keltirilgan 19-rasmda yoritilgan.
Boshqa daromadlarga davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar, qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari va jarima sanktsiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni, huquq bo‘yicha



85Robert D., Lee Jr., Ronald W., Johnson Philip, G.Joyce. Public budgeting systems. Jones&BartlettLearning; 10 edition. USA, 2017. – P. 102.
86Ракитина И., Берёзина Н. Государственные и муниципальные финансы. Учебник и практикум М: Юрайт - М, 2017.
– 69- с.
davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar (daromadlar) va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan subventsiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari hisoblanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo uchun aktsiz solig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlariga o‘tkazib beriladi.


Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari



belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, shu jumladan
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, shu jumladan:
yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul

− yuridik
shaxslardan
− mol-mulk solig’i;
tushumlari

olinadigan foyda solig’i;
− yagona soliq to’lovi;
jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig’i;
− tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq;
− qo’shilgan qiymat solig’i;
− aktsiz solig’i;
− yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
− suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
− yer solig’i;
− yagona yer solig’i;
− ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish uchun yig’im

bozorlardan tushadigan


daromadlar
boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi

  1. rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari tarkibi

Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tasdiqlangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti, Toshkent shahri shahar byudjeti hamda tumanlar va shaharlar byudjetlari o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin. Mahalliy soliqlar mahalliy byudjetlar tarkibida birinchi moliyaviy manba sifatida qaralsa ham, bu soliqlar mahalliy byudjetga biriktirilgan xarajatlarini moliyalashda etarli moliyaviy manba bo‘la olmaydi. Byudjet parametrlarini belgilash vaqtida umumdavlat soliqlaridan ajratmalar belgilanadi. Bu jarayon har yili byudjet parametrlarini tasdiqlash paytida ishlab chiqiladi va Prezident qaroriga muvofiq belgilanadi va tasdiqlanadi87. Umumdavlat soliqlaridan ajratmalar ulushi har yili mahalliy byudjetlarning o‘z daromadlarining tushumi hamda ular tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlarning miqdoriga qarab o‘zgartirilib boriladi. Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika byudjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy byudjetlarni boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushishi mumkin. Agar kelgusi yili mahalliy byudjetlarning o‘z daromad manbalari (soliqlari) ko‘payib qolsa, umumdavlat soliqlaridan ajratma berishning hojati qolmaydi. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy hukumatlar bajaradigan. vazifalarga qarab belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib berilgan. Mahalliy hukumatlar asosan ijtimoiy masalalarni, ya’ni maktab, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maorif, shaharlar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Qariyb aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlarining 100 foizga yaqini mahalliy byudjetlar tomonidan moliyalashtiriladi. Qayd etish joizki, mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy byudjetlarni talab etiladigan moliyaviy resurslarini asosan 30-40 foizga yaqinini qoplaydi.
Keyingi vaqtlarda mahalliy byudjetlar daromad va xarajatlar salmog‘ini 50- 60 foizga etkazish kabi hukumat qarorlari mavjudki, bu ayni jamiyat va davlat qurilishini erkinlashtirish kabi vazifaga monanddir88.Mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishda tartibga soluvchi daromadlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan hozirgi paytda amaldagi tartibga muvofiq ravishda mahalliy byudjetlar daromad bazalarining barqarorligini ta’minlashda quyidagilardan tartibga soluvchi daromadlar sifatida foydalanilayotganligini qayd etib o‘tishimiz mumkin: qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsizlar, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar, mikrofirma va kichik korxonalarni qo‘shib hisoblaganda yagona soliq to‘lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar, jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun



87Po‘latov D.X, Nurmuxamedova B.I. G‘aznachili k. Darslik. – T.: “Sano-standart”, 2014. – 63- b.
88Srojiddinova Z.X. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi. Darslik. – T.: “infoCOM.UZ”, 2010. – 59- b..
soliqva boshqalar. Tartibga soluvchi daromadlar – bu yuqori byudjetlardan quyi byudjetga, ularning daromad va xarajatlarini boshqarib turish (balanslashtirish) maqsadida beriladigan pul mablag‘lari majmuasidir. O‘zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi”ga muvofiq, tartibga soluvchi daromadlar- byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasida ajratmalar normativlari belgilanadigan umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek soliq bo‘lmagan to‘lovlar. Soliq bo‘lmagan to‘lovlarga byudjet tizimi byudjetlariga kelib tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘lmagan to‘lovlar kiradi89.
Biriktirilgan daromadlar ko‘rsatkichining yuqori darajada bo‘lishi mahalliy byudjetning moliyaviy imkoniyatlarining oshishiga va ular daromadlari barqarorligini ta’minlashga yordam beradi. Tartibga soluvchi daromadlar ham o‘z navbatida ma’lum bir me’yorda mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi balanslikni ta’minlashga yordam berib, ular ham mahalliy byudjetlar moliyaviy imkoniyatlarini oshishiga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 71-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:

  1. ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:

  • umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, maktabdan tashqari ta’lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa yordamchi va uslubiy ta’lim muassasalarini saqlab turish xarajatlari;

  • bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonun hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi yordamchi xizmatlar va maqsadli tadbirlar xarajatlari;

  • Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, ko‘p tarmoqli va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va dispanserlarni, tug‘ruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qo‘yish va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti filialini, hududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari va yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining






89O‘zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi” 3-modda. O‘RQHT, 2014-y., 36-son, 452-modda
shahar budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq to‘lash xarajatlari;

  • qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

  • hududiy madaniyat va sportni boshqarish organlari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi qariyalar va nogironlarning internat-uylari, pansionatlari va sanatoriylari, nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlarini, boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;

  • shahar yo‘lovchilar transporti tashuvchilarining yo‘lovchilarni va bagajni cheklangan tariflar bo‘yicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni imtiyozli tashish xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplash xarajatlari;

  1. iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:

  • qishloq xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat organlarini saqlab turish, shu jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga haq to‘lash, shuningdek erlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish;

  • uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;

  • suv yo‘llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish;

  • aholi punktlarini obodonlashtirish;

  • shaharlarning, boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini va xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, shuningdek ayrim tashkilotlar xarajatlari;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘rmon xo‘jaligini saqlab turish xarajatlari;

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi bo‘lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;

  2. mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari;

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari;

  2. davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash xarajatlari;

  3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga budjet ssudalari, dotatsiyalar, subventsiyalar va o‘tkazib beriladigan daromadlar ajratilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 72-moddasiga muvofiq, tumanlar va shaharlar budjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:

  1. ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:

  • tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini saqlab turish hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;

  • tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash- profilaktika muassasalarini hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tuman, shahar muassasalarini saqlab turish xarajatlari;

  • qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

  • tumanlar (shaharlar) madaniyat va sport ishlari bo‘limlari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;

  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan hamda to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam hamda tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam, uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;

  1. iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:

  • veterinariya laboratoriyalari va hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish stantsiyalarini saqlab turish;

  • shaharlarning va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash;

  • uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;

  • aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;

  1. tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari;

  2. fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;

  3. boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.

Budjet resurslarini taqsimlashda jahon amaliyotida quyidagi mezonlar hamda ko‘rsatkichlar asos qilib olinadi90:

  • aholi jon boshiga kura budjet resurslarining taqsimlanishi;

  • iqtisodiy potentsialdan foydalanish darajasiga qarab budjet resurslarining taqsimlanishi.
    1. Mahalliy byudjetlarni tartibga solish

Bugungi kunda mamlakatimizda byudjet va ijtimoiy siyosatning uyg‘unligini ta’minlash maqsadida moliya tizimining sohalarini, jumladan byudjet tizimini va ayniqsa, uning tarkibiy qismi hisoblangan mahalliy byudjetlarni samarali boshqarish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu holat davlat moliyaviy siyosatining joylardagi ijobiy ijrosini ta’minlash, shuningdek hududiy iqtisodiyot muammolari keskinlashuvining oldini olishni hamda mahalliy byudjetlar huquq va majburiyatlarning kengayib borishi sharoitida ularning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash uchun zamin yaratadi.
Shuningdek, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar mahalliy byudjet muammolarini hal etishga qaratilgandir.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo‘nalishi) sifatida davlatning byudjet siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitutsiyasi va byudjet jarayonida hamda qonun ijodkorligida alohida hokimiyat organlari funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga muvofiq aniqlanadi. O‘zining hajmi va muhimligi jihatidan katta ish bo‘lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tegishli deb hisoblash maqsadga muvofiq emas.
O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjet siyosatini amalga oshirish, mahalliy byudjetlar faoliyatini tartibga solishning huquqiy asosini O‘zbekiston



90Левина В.В. Бюджетная система Российской Федерации. Феникс, 2017 г. 68 с.
Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi”, “Soliq Kodeksi”, “Bojxona Kodeksi” va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimini boshqarish va tartibga solish maqsadida 2013-yil 26-dekabrda “Byudjet kodeksi” qabul qilingan bo‘lib, ushbu huquqiy hujjat:

  • O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslarini;

  • O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjetini tuzish prinsiplari va uning tuzilmasini;

  • davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini;

  • davlat byudjetining daromadlarini shakllantirish va uning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini;

  • davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni;

  • davlat byudjeti mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartiblarini belgilab beradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari:

  • tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni qabul qiladi, shuningdek ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;

  • mahalliy byudjetga tushadigan mahalliy soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlar miqdorlarini hamda ular bo‘yicha imtiyozlarni belgilaydi;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar loyihalarini tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qilishi uchun taqdim etadi hamda ularning ijrosi to‘g‘risida hisobotlar tuzadi;

  • byudjetga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi hamda byudjet mablag‘laridan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etadi;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Bundan tashqari, davlat byudjetining daromad va xarajatlari tarkibi, respublika va mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi hamda ularning byudjet bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlash tartiblari, byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalari, davlatning maqsadli fondlari, ularni tashkil qilish va
ular mablag‘laridan foydalanish tartibi kabilar Kodeksning tegishli moddalarida belgilab berilgan.
Qonun byudjet jarayonida hokimiyatdagi qonunchilik va ijroiya organlari funksiyalarini, mamlakat subyektlari funksiyalarini, byudjet federalizmi prinsiplarini, byudjet jarayoni subyektlarining huquq va majburiyatlari va hokozolarni aniq belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati shu bilan cheklanmaydi. Byudjet siyosati byudjetda to‘planadigan YalM hissasini aniqlashda, mamlakat yuqori va quyi organlari munosabatlarida, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida xarajatlarni taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, byudjet defitsitini qoplash yo‘llarini aniqlashda ifodalanadi91.
Umuman olganda, mahalliy byudjetlar amal qilishining, shakllanishi va ishlatilishining, byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonuniy-huquqiy asoslarini quyidagilar tashkil qiladi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

  • O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”;

  • O‘zbekiston Respublikasi “Soliq Kodeksi”;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har moliyaviy yil uchun qabul qilinadigan “O‘zbekiston Respublikasi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Qarori;

  • hududiy davlat boshqaruvi va ijroi organlarining “Mahalliy byudjetlar parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorlari;

  • boshqa qonuniy-huquqiy hujjatlar.

Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarish tizimida mahalliy byudjetlar rioya qilishi lozim bo‘lgan muayyan cheklanishlar muhim ahamiyatga ega.
Mahalliy byudjetlar uchun:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari balanslashtirilgan daromadlar va xarajatlarga ega bo‘lishi lozim. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari taqchilligiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini qabul qilish va ijro etishda:

  • mablag‘lar jalb qilishni amalga oshirishga, yuqori turuvchi byudjetlardan byudjet ssudalari olish bundan mustasno;

  • tasdiqlangan byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan ortiq xarajatlarni amalga oshirishga;






91 Vahobov A.V, Malikov T.S. Moliya. –T.: “Noshir”, 2013. - 713 b.

  • tegishli byudjetlar mablag‘lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga;

  • yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o‘zini-o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘maklashish asosida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yo‘naltirib turadilar.
Viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan birgalikdagi dasturlarni, shu jumladan hududlararo dasturlarni pul bilan ta’minlash uchun boshqa viloyatlar, tumanlar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning moliya resurslari bilan shartnoma asosida birlashtirilishi mumkin.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 7-moddasida aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.

Viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslarini (20-rasm) byudjet mablag‘lari, byudjetdan tashqari fondlar, aniq maqsadga qaratilgan fondlar, kredit resurslari va boshqa manbalar tashkil etadi.
  1. rasm. O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar moliyaviy resurslari tarkibi92

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va uning asosida chiqarilgan boshqa qonunlarga muvofiq davlatning moliyaviy faoliyati uning hokimiyat, boshqaruv hamda mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan amalga oshiriladi93. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va boshqa



921993-yil 2-sentabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son.
93 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 1992-yil 8-dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari
qonunlarga muvofiq davlat idoralari tomonidan moliyaviy faoliyat davlat va jamiyat manfaatlariga xizmat qiluvchi bir qator tamoyillarga, aniq qoidalarga muvofiq ravishda olib boriladi. Bu tamoyillar moliya, kredit, soliq va bank sohasidagi qonunlarda belgilab qo‘yilgan.
Mamlakatimizda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan mahalliy soliqlar orasida mol-mulk solig‘i ham o‘ziga xos o‘ringa egadir. Bu soliq xususiyatlari haqida gap ketganda avvalo mol-mulk tushunchasi, uning turlari, obyekti va subyektlari tarkibini tadqiq etish lozimdir.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas va ko‘char mulkka bo‘linib, ko‘chmas mulk yer uchastkalari va yer osti boyliklari, ko‘p yillik daraxtlar, shuningdek, binolar va inshoatlardan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 53-moddasida “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiyotning, O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqiy ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqiyligini va huquqiy jihatdan barobar muhofaza etilishi kafolatlanadi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi dahlsiz va davlat himoyasidadir”94 deb belgilab qo‘yilgan.
Shuni alohida qayd etish lozimki, bugungi kunda mamlkatimizda byudjetlararo munosabatlarni amalga oshirishda mahalliy hokimliklarni boqimandalikdan chiqarish maqsadida byudjet dotatsiyasidan voz kechilgan.
Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning eng muhim shartlari hisoblanadi.
Shu bilan birga, o‘rganishlar natijalari mazkur sohada bir maromda iqtisodiy o‘sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar yig‘iluvchanligining zarur darajasini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni ko‘rsatdi.
Ushbu muammolar hal qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyunda “O‘zbekiston respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5468-sonli Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra quyidagi muammolarni hal qilish dolzarb masala qilib
milliy bazasi, 16.10.2018-y., 03/18/498/2051-son.
94 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 1992-yil 8-dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 03/18/498/2051-son.
belgilandi95:

  • umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilar uchun soliq yuki darajasining yuqoriligi, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimida soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi farqning sezilarliligi;

  • qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishning samarasiz tizimi, soliq to‘lovchilarning aylanma mablag‘larini jalb qiladigan, shuningdek, iste’mol mahsulotining oraliq va yakuniy qiymati qimmatlashishiga olib keladigan hamda yirik va kichik biznes o‘rtasidagi kooperatsiyaning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan majburiy to‘lovlarning mavjudligi;

  • soliq to‘lovchilar tomonidan xodimlarning real sonini va mehnatga haq to‘lash fondini yashirishga olib keluvchi mehnatga haq to‘lash fondi soliq stavkalarining yuqoriligi;

  • imtiyozlarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha ta’sirchan tizimning mavjud emasligi sababli sog‘lom raqobatni ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni soliq va bojxona, shu jumladan individual xususiyatga ega bo‘lgan imtiyozlar hisobiga qo‘llab- quvvatlash amaliyotining keng tarqalganligi;

  • o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarining sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va insofli tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga aralashishlarni kamaytirishga to‘sqinlik qiluvchi nazorat faoliyatini amalga oshirishda xavf-xatarlarni tahlil qilish va boshqarishning aniq tizimi yo‘qligi;

  • mahalliy soliq va yig‘imlarning ma’muriyatchiligi mexanizmlarining samarasizligi oqibatida ularning yig‘iluvchanlik darajasi yetarli emasligi, shuningdek, ko‘chmas mulk va yer uchastkalarini to‘liq hisobga olish va qiymatini obyektiv aniqlashning mavjud emasligi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyunda “Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ PF-5075-son Farmoni qabul qilindi. Farmonga asosan aholining real daromadlari, turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirilishini ta’minlash, markaz byudjetiga qaramlikni keskin kamaytirish, byudjetlararo munosabatlarni tubdan isloh qilish orqali mahalliy byudjetlar mablag‘larini boshqarishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishini kuchaytirish mamlakat byudjet siyosatining asosiy vazifalari etib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va moliya
95 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyunda “O‘zbekiston respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konseptsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5468-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2018-y., 06/18/5468/1420-son.
organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 5283-sonli Farmoni qabul qilindi.
Ushbu farmonda mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash va nomarkazlashtirish asosida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirish, byudjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, yangi ish joylari yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hisobiga soliq salohiyatini kengaytirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ularning mas’uliyatini oshirishni ta’minlash maqsadida quyidagilar belgilab qo‘yildi:

  1. quyidagilar mahalliy byudjetlar darajasida soliq-byudjet siyosatining ustuvor vazifalari etib belgilandi:

  • mahalliy byudjetlarning daromadlarini oshirish uchun tizimli asosda qo‘shimcha rezervlarni aniqlab borish;

  • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning aniq turlarini ularga biriktirib qo‘yish orqali mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash;

  • viloyatlar, shahar va tuman byudjetlarini subvensiyadan chiqarish, ularning yuqori turuvchi byudjetlar ajratmalariga bo‘lgan qaramligini bosqichma- bosqich qisqartirish, buning asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlari erkinligi va mas’uliyatini oshirish;

  • deputatlik va jamoat nazoratini keng jalb qilgan holda, mahalliy byudjetlarni shakllantirishning shaffofligini va uning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi Kengesida, viloyatlar, Toshkent shahri va respublika tumanlari (shaharlari) xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida shunday tartib o‘rnatildiki, unga muvofiq,:

  1. quyidagilar yil choraklari kesimida atroflicha ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi:

  • daromadlar manbalari va xarajatlar turlari kesimida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar, Toshkent shahri va respublika tumanlarining (shaharlarining) mahalliy byudjetlari parametrlari;

  • mahalliy byudjetlarning daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash bo‘yicha hisob-kitob ko‘rsatkichlari;

  • hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, byudjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish joylari barpo etish bo‘yicha chora- tadbirlar;

  • qo‘shimcha manbalar, shu jumladan, mahalliy byudjetlarning daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash hisobidan moliyalashtiriladigan xarajatlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan bog‘lagan holda;

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, respublikaning tegishli tumanlarida (shaharlarida) deputatlik va jamoat nazoratini amalga oshirish uchun yuqori turuvchi byudjetlar va davlatning maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan chora- tadbirlar va loyihalar ma’qullanadi;

  2. har chorakda:

  • hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, byudjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o‘rinlari barpo etish bo‘yicha;

  • hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari va turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining investitsiyalar jalb qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha;

  • moliya boshqarmalari (bo‘limlari) rahbarlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlari (shaharlari) byudjetlari ijrosi to‘g‘risida, shuningdek, hududlarning salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy byudjetlarning daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan, mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risida;

  • davlat soliq boshqarmasi (inspeksiyasi) rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari bajarilishi holati, ular tomonidan qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida hisobotlari tinglanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli va 2017-yil 7-iyundagi “Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5075-sonli farmonlarini ijro etish yuzasidan, shuningdek mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish va yangi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi “Mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 445-sonli Qarori qilindi. Ushbu qaror biln uchta Nizom tasdiqlandi:

  1. moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tushumlarni ko‘paytirishga va soliq solinadigan bazani kengaytirishga yo‘naltirilgan ishlarini takomillashtirish borasidagi faoliyatini tartibga solish va o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom;

  2. tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlar parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash va mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora- tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

  3. tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlar parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash va mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-sonli Qarorini qabul qilinishi, mamlakatimizda birinchi marta o‘rta muddatli byudjetni prognozlashtirish bo‘yicha qilingan ishlarning debochasi bo‘ldi. Bu esa yurtimizda olib borilayotgan davlat moliyaviy siyosatini yangi bosqichga chiqqanligini ko‘rsatadi.
20-MAVZU: BYUDJETLARARO MUNOSABATLAR REJA:


  1. Download 6,94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish