“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet77/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

(qabul qilish)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomo-nidan taqdim etilgan byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari navbatdagi yil uchun Davlat byudjetini, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini hamda soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo’nalishlarini qabul qiladi.
Odatda, davlat byudjetining loyihasi Oliy Majlisning har bir palatasida (oldin quyi palata bo’lgan Qonunchilik palatasida va yuqori palata sanalgan Senatda) alohida-alohida muhokama qilinadi.
Mamlakat parlamentining har bir palatasida davlat byudjeti masalalari bilan shug’ullanuvchi maxsus qo’mitalar va komissiyalar faoliyat ko’rsatadi. Ular davlat byudjeti loyihasining tegishli moddalarini atroflicha tahlil qiladilar, zarur hollarda o’zgartirishlarni taklif qiladilar va tushuntiruv xati bilan birgalikda davlat byudjetiningloyihasiga xulosa beradilar.
Oliy Majlisning har bir palatasida davlat byudjeti loyihasi qabul qilinganidan so’ng, har ikki palata o’rtasida davlat byudjeti loyihasi bo’yicha kelishmovchiliklar mavjud bo’lmasa, mamlakat parlamentining davlat byudjeti to’g’risidagi umumiy qarori qabul qilinadi. Agar palatalar o’rtasida davlat byudjeti loyihasi bo’yicha kelishmovchiliklar vujudga kelsa, har ikki palataning vakillaridan iborat bo’lgan muvofiqlashtiruvchi komissiya ularni bartaraf etishi kerak.
Parlamentda davlat byudjeti loyihasini muhokama etish (ko’rib chiqish) da davlat byudjeti tashabbuskorligining mavjudligi muhim ahamiyatga egadir. Davlat byudjeti tashabbuskorligi deyilganda parlament a’zolarining hukumat tomonidan taqdim etilgan davlat byudjeti loyihasiga nisbatan o’zgartirishlar kiritish huquqi nazarda tutiladi103.



103 Masalan, ba’zi bir mamlakatlarda (Frantsiya, Buyuk Britaniya va boshqalarda) hukumat a’zosi bo’lmagan parlament a’zolari davlat byudjeti loyihasida ko’zda tutilgan xarajatlarni oshirish yoki yangi soliqlarni joriy etish bo’yicha takliflar kiritish huquqiga ega emas. Bunday tartibning o’rnatilganligi mamlakatdagi tez o’zgarib turuvchi iqtisodiy vaziyatga hukumatning ta’sir etish imkoniyatlarini kengaytiradi. AQShda esa Kongressning davlat byudjeti huquqi ancha kengdir. Parlament davlat byudjeti huquqining cheklanganligi yana shunda ko’rinadiki, qonunchilik hokimiyati byudjetni yaxlit hujjat sifatida qabul qilmasdan, faqat davlat byudjeti yo’llanmalari to’g’risida har yillik qarorlarni qabul qilish bilan cheklanadi. Bunda mamlakat
Davlat byudjeti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi. Ular kuchga kirishi uchun mazkur masala bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilinadi.
Davlat byudjetiga muvofiq:

    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asosiy mak-roiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlarini tasdiqlashga doir qaroriga muvofiq, qaror qabul qilingandan so’ng bir haftalik muddatda tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlari hamda xarajatlarining hajmlari qabul qilinadi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qabul qilgan qarorlarga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o’n ish kuni ichida:

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyat-lar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlarini, Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlarning cheklangan miqdorlarini;

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tarkibiga kiradigan tumanlar va shaharlar byudjetlariga umumdavlat soliq tushumlaridan ajratmalarning normativlarini. Umumdav-lat soliqlaridan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tarki-biga kiruvchi tumanlar va shaharlar byudjetlariga ajrat-malarning normativlari ayni shu soliqlardan Qoraqal- pog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga ajratmalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan normativlaridan ortiq bo’lmagan miqdorlarda belgilanadi;

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti-ning, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg’armalari miqdorlarini;

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tarkibiga kiradigan tumanlar va shaharlar byudjetlari aylanma kassa mablag’larining yo’l qo’yiladigan eng kam miqdorlarini tasdiqlash bo’yicha qarorlar qabul qiladi.


prezidentiga ma’lum maqsadlarga mablag’larni sarf qilish vakolati yuqori chegarani belgilagan holda taqdim etiladi. Davlat byudjetiningayrim moddalari esa, umuman, ko’rib chiqilmasdan, avtomatik ravishda tasdiqlanadi.


Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini tasdiqlash to’g’risidagi qarorlariga muvofiq xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari hamda xarajatlari hajmlari uch ish kuni ichida qabul qilinadi. Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlariga muvofiq tumanlar va shaharlar hokimlari tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari hamda xarajatlari hajmlarini tasdiqlash bo’yicha uch ish kuni ichida qarorlar qabul qiladi.
Davlat byudjeti qabul qilingandan so’ng uning mablag’lari byudjetdan mablag’ oluvchilarga o’rnatilgan tartibga muvofiq ravishda etkazilishi kerak. Unga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

    • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlari va xarajatlari hajmlarini, shuningdek ularga O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan beriladigan sub-ventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar hajmlarini Qoraqal-pog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari e’tiboriga — uch ish kuni ichida;

    • davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar va davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar uchun belgilangan daromadlar va xarajatlarning hajm-larini ularning e’tiboriga — o’n ish kuni ichida etkazadi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tasdiqlangandan keyin Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari:

    • tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlarini, shuningdek ularga tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan beriladigan subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar hajmlarini tumanlar va shaharlar hokimliklari e’tiboriga — uch ish kuni ichida;

    • Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiri-ladigan davlat byudjeti tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmlarini — bir haftalik muddatda yetkazadi.

    • Tumanlar va shaharlar byudjetlari tasdiqlanganidan keyin tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliya-lashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari hamda davlat

byudjeti mablag’lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’larning hajmlarini bir haftalik muddatda yetkazadi.
  1. Davlat byudjetini ijro etish

Byudjetni ijro etish uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlagandan va mamlakat Prezidenti imzola-gandan so’ng boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi quyi ijroiya organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari bilan muvofiqlashtirilgan holda davlat byudjeti ijrosi tartibini tashkil qiladi. Davlat byudjeti jarayonining bu bosqichi o’z ichiga davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismining bajari-lishini qamrab oladi.
Byudjetni ijro etishning eng muhim vazifasi ikkiyoqlamalik xarakterga ega bo’lib, u bir tomondan, soliqlar va boshqa to’lovlarning yoppasiga hamda har bir manbalar bo’yicha to’liq va o’z vaqtida tushib turishini ta’minlashni, ikkinchi tomondan esa, davlat byudjeti tasdiqlangan yil uchun shu moliyaviy yil davomida byudjetda tasdiqlangan summalar chegarasida barcha tadbirlarni moliyalash- tirilishni taqozo etadi.
Davlat byudjeti ijrosi davomida davlat ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash va samaradorligini oshirish hisobidan resurslarning oshishidan, mablag’larni sarflashda iqtisod rejimiga rioya qilinishidan, soliqli daromadlarning to’liq jalb qilinishidan manfaatdordir.
Davlat byudjetining ijrosini ta’minlashda quyidagi masalalarning hal etilishiga jiddiy e’tibor bermoq lozim:

    • davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish;

    • davlat byudjeti mablag’larini sarflash;

    • qabul qilingan davlat byudjeti bo’lmagan taqdirda byudjetni ijro etish;

    • byudjetdan ajratiladigan mablag’larga o’zgartirishlar kiritish;

    • davlat byudjetini belgilangan parametrlar doira-sida ijro etish;

    • davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini bosh-qarish;

    • davlat byudjetining kassa ijrosini ta’minlash;

    • davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish.

Davlat byudjeti ijrosiga oid bevosita ishlar Moliya vazirligi va uning tegishli bo’linmalari hamda organlari, Davlat soliq qo’mitasi hamda Davlat bojxona qo’mitasi va ularning joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, bu jarayonda Moliya vazirligining muhim tarkibiy tuzilmalaridan biri bo’lgan Davlat G’aznachilik tizimi va uning quyi organlari alohida rolni o’ynaydi.
Davlat g’aznachilik tizimi davlat byudjeti ijrosi bo’yicha quyidagilarni amalga oshiradi:

    • davlat byudjeti daromadlarining tushishini qayd etish;

    • davlat byudjeti majburiyatlarini, ya’ni davlat byudjeti to’g’risidagi qonunga muvofiq ravishda vujudga keladigan ma’lum muddat davomida xarajatlarni sarflash majburiyatini qabul qilish muddatlari va hajmlarini tartibga solish;

    • ajratilgan davlat byudjeti majburiyatlari limiti doirasida xarajatlarni amalga oshirish huquqiga ruxsat yozuvlarini sodir etish;

    • byudjetdan mablag’ oluvchilar nomidan to’lovlarni amalga oshirish;

    • boshqa funksiyalar.

Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi moliya yili mobaynida va qo’shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi. Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo’shimcha vaqt davri bo’lib, bu davr mobaynida o’tgan yil uchun davlat byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining qo’shimcha vaqt davridagi ijrosi bo’yicha operatsiyalarni o’tkazish tartibini va oxirgi muddatlarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetining ijrosi g’aznachilik ijrosi asosida amalga oshiriladi.

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish