“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet85/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

Nogironlik bo’yicha pensiya mehnat qobiliyati doimiy yoki uzoq muddatda yo’qotilganda tayinlanadi. Bu pensiyaning miqdori mehnat qobiliyatining yo’qotilish darajasiga (nogironlik guruhiga), nogironlik sabablariga, mehnat staji va ish haqining darajasiga bog’liq.
Nogironlik pensiyalari belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi (2011 yil 1 yanvardan keyin nogironlikning III guruhi belgilangan shaxslarga, shu jumladan, takroriy tibbiy ko’rikdan o’tkazilgandan so’ng nogironlikning III guruhi belgilangan shaxslarga nogironlik pensiyasi tayinlanmaydi va to’lanmaydi, Chernobil halokati oqibatida III guruh nogironligini olgan shaxslardan tashqari. Istiqbolda mamlakatimizda III guruh nogironlari uchun ham nogironlik pensiyalarini tayinlash rejalashtirilmoqda). Sog’lig’ini yoki mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasiga qarab, nogironlikning uch guruhi aniqlanadi.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ular to’g’risidagi Nizom asosida ishlovchi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi.
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi. Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar qonunchilikda belgilangan ish stajiga ega bo’lgan taqdirda tayinlanadi. 20 yoshga to’lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash to’xtatilganidan keyin nogiron bo’lib qolgan shaxslarga pensiyalar ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi. Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga o’tkazilganda zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab aniqlanadi.
I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik ish haqining 55 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam bo’lmagan miqdorda pensiyalarning bazaviy miqdorlari belgilanadi. Pensiyani hisoblash tartibi fuqarolarning yoshiga doir pensiyasini hisoblash kabi amalga oshiriladi. Pensiya tayinlash uchun talab qilinadigandan ortiq ish stajining har bir to’liq yili uchun nogironlik pensiyalarning bazaviy miqdorlari I va II guruhlar nogironlariga nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik ish haqining 1 foiziga oshiriladi. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida I va II guruhlar nogironlariga nogironlik pensiyasining bazaviy miqdori nogironlik bo’yicha pensiya tayinlangan kunda qonunchilikda nazarda tutilgan ish staji mavjud bo’lganda oshiriladi.
Pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo’lmagan umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi va uning miqdori I guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan hamda II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan kam bo’lmasligi lozim.
Nogironlik pensiyasi nogironlik belgilangan (aniqlangan) davr mobaynida o’rnatiladi.

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish