“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet80/195
Sana20.04.2022
Hajmi6,94 Mb.
#567851
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   195
Bog'liq
Davlatiy moliya (1)

Tor ma’noda davlat kreditini boshqarish deyilganda davlatning qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish va joylashtirish, davlat qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish, davlat qarziga xizmat ko’rsatish va uni qaytarish (uzish), ssuda va garantiyalar taqdim etish bilan bog’liq bo’lgan harakatlar majmui tushuniladi.
Davlat kreditini boshqarish jarayonida quyidagi vazifalarni yechish ko’zda tutiladi:

  • qarzdorning qarzi qiymatini minimallashtirish;

  • bozorni davlatning qarz majburiyatlari bilan ortiqcha to’lib ketishiga va ular kursining keskin tebranishiga yo’l qo’ymaslik;

  • jalb qilingan mablag’lardan samarali foydalanish va ajratilgan kreditlarning maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

  • kreditlarning o’z vaqtida qaytrilishini ta’minlash;

  • moliyaviy siyosat bilan aniqlangan vazifalarni maksimal yechish.

Davlat kreditini boshqarishni boshqaruv organlari, moliya va kredit institutlari amalga oshiradi. Uni tezkor boshqarish esa mamlakat hukumatining rahbarligi ostida Moliya vazirligining Markaziy bank bilan hamkorligida ta’minlanadi.
  1. Davlat qarzi. Ichki va tashqi qarzlar

Davlat tomonidan qarziy faoliyatning amalga oshirilishi natijasida davlat qarzi vujudga keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari oldida vujudga kelgan
hukumatning qarziy majburiyatlariga davlat qarzi deyiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida”gi qonunida davlat qarziga “davlat qarzi – davlat tomonidan ichki mablag’ni va xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi”dir deb, ta’rif berilgan.
Joylashtirilish joyiga qarab davlatning qarzlari ikkiga bo’linadi:

  • davlat ichki qarzlari;

  • davlatning tashqi qarzlari.

Davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisiga davlat ichki qarzlari deyiladi. Davlat tashqi qarzlari deyilganda esa davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi tushuniladi. Bu qarzlar qarziy instrumentlari, joylashtirilish shartlari, kreditorlarining tarkibi va qarzning valyutasiga nisbatan bir-biridan farq qiladi.
Davlatning ichki qarzlari davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish jarayonida vujudga keladi. Davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishini anglatadi. Odatda, davlat o’z rezidentlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarini o’z vaqtida bajara olmagan davrda ham ichki qarz vujudga keladi. Masalan, biror bir korxona ijtimoiy obyektni o’zining yoki jalb qilingan mablag’lari hisobiga quradi. Ammo, davlat u korxonani o’z vaqtida moliyalashtirib bera olmaydi. Shuningdek, byudjet muassaslarida faoliyat ko’rsatayotgan ishchi-xodimlarga ish haqi bir, ikki oylab berilishi kechikadi. Mana shunday vaziyat qaror topgan sharoitda ham davlatning vaqtinchalik ichki qarzi payda bo’ladi. Bunda noxush holatlar O‘zbekistonda 1994-2000 yillarda qisman qaror topgan edi.
Shunga o’xshash, davlatning tashqi qarzlari ham davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish jarayonida vujudga keladi. Davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish aktivlarni xorij manbalaridan (xorijiy davlatlardan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro moliya tashkilotlaridan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishini bildiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi kelgusi moliya yili uchun mamlakatning Davlat byudjetini qabul qilayotgan paytda davlat ichki va tashqi qarzlarining eng yuqori miqdorlarini tasdiqlaydi.
Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilishga hamda davlat qarzining ko’payishiga olib keladigan boshqa harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ (odatda, Moliya vazirligi yoki Markaziy bank) tomonidan amalga oshiriladi.
Amaldagi tartibga muvofiq davlat tomonidan ichki va tashqi mablag’larni (qarzlarni) jalb qilish quyidagi maqsadlar uchun amalga oshirilishi mumkin:

  • iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalish-larini, shu jumladan, davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish;

  • davlat byudjetining daromadlari bilan xarajatlari o’rtasidagi tushumlar vaqtga ko’ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni (farqni) to’g’rilash;

  • mavjud qarzlarni qayta moliyalashtirish;

  • byudjet defitsitini moliyalashtirish;

  • tabiiy ofat va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag’larga bo’lgan ehtiyojlarni qoplash.

Davlat tomonidan ichki va tashqi qarz mablag’larini jalb qilishda qarz majburiyatlarining bir necha turlaridan foydalanish mumkin. Ularning asosiylari va muhimlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • qisqa muddatli (bir yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan), o’rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat g’aznachilik qog’ozlari;

  • kreditlar (qisqa, o’rta va uzoq muddatli);

  • O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari;

  • byudjet daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik farqni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar.

Xorijiy investorlar tomonidan bir qismi sotib olinishi mumkin bo’lishiga qaramasdan shu davlatning rezidentlari hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar davlat ichki qarzlari bo’yicha asosiy kreditorlar hisoblanadi. Bu qarzlar, odatda, milliy valyutada muomalaga chiqariladi. Ichki qarz mablag’larini jalb qilish uchun milliy fond bozorida talabga ega bo’lgan qimmatli qog’ozlar emissiya qilinadi. Investorlarni qo’shimcha rag’batlantirish uchun esa turli soliq imtiyozlaridan foydalaniladi.
Davlatning tashqi qarzlari boshqa mamlakatlarning valyutasida xorijiy fond bozorlarida joylashtiriladi. Bunday qarzlarni joylashtirishda joylashtirilishi lozim bo’lgan mamlakat investorlarining o’ziga xos bo’lgan manfaatlari hisobga olinadi.
Amaliyotda qarziy mablag’larni jalb qilish, asosan, ikki yo’l bilan amalga oshiriladi:

  • qarziy qimmatli qog’ozlarni joylashtirish;

  • ixtisoslashtirilgan moliya-kredit institutlaridan kreditlar olish.

Qarziy qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish va ularni joylashtirish tartibi har bir mamlakatning tegishli qonuni orqali tartibga solib turiladi. Ana shu qonunga muvofiq, faqat mamlakat hukumatining nomidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar davlat qimmatli qog’ozlari deb e’tirof etiladi.
Davlat qimmatli qog’ozlari bilan operatsiyalar fond bozorining tarkibiga kiruvchi davlat qimmatli qog’ozlar bozorida amalga oshiriladi. Bu bozor quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beradi:

  • byudjet defitsitini moliyalashtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo’sh turgan mablag’larini qarzga olish;

  • Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati o’tkazishni ta’minlash;

  • tijorat banklari va moliyaviy institutlarning likvidligini tartibga solishni amalga oshirish.

Qimmatli qog’ozlar emissiyasi natijasida vujudga kelgan va mamlakatning ichki qarzini tashkil etuvchi hukumatning majburiyatlari shu mamlakatning milliy valyutasida ifodalanishi va shu valyutada to’lanishi kerak. Shunga o’xshash, qimmatli qog’ozlar emissiyasi natijasida vujudga kelgan va mamlakatning tashqi qarzini tashkil etuvchi hukumatning majburiyatlari xorijiy valyutada ifodalanishi va shu valyutada to’lanmog’i lozim.
Har bir mamlakatda davlat tomonidan qarziy mablag’larni jalb qilishning yagona hisobga olish va qayd etish tizimi mavjud. Buning uchun Moliya vazirligi hukumatning davlat ichki va tashqi qarzlari kitobini yurgizadi.
  1. Davlat – garant (kafil) va kreditor sifatida

Garant (kafillik) huquqiy majburiyatlarni ta’minlash usuli bo’lib, unga muvofiq kafolat beruvchi kafolat berilgan tomonning (shaxsning) majburiyatlarini to’liq yoki qisman uchinchi tomon (shaxs) oldida ijro etilishiga (bajarilishiga) javob berishi uchun majburiyatni yozma ravishda o’z zimmasiga oladi. Kafolatlar, odatda, tanlov asosida taqdim etilishi kerak. Davlat tomonidan milliy va xorijiy valyutada berilayotgan kafolatlar (kafilliklar) o’zining yuqori chegarasiga ega bo’lmog’i lozim. Mamlakatning milliy valyutasida ifodalangan kafolatlarning umumiy summasi davlatning ichki qarzlari tarkibiga, uning xorijiy valyutada ifodalangan summasi esa davlatning tashqi qarzlari tarkibiga kiritiladi. Kafolatlar taqdim etilayotgan paytda, albatta, uni oluvchilarning (unga ega bo’layotganlarning) moliyaviy ahvoli tekshirilmog’i kerak.
An’anaviy ravishda davlat aholining tijorat banklaridagi omonatlarini kafolatlaydi. Keyingi yillarda bozor munosabatlarining rivojlanishiga muvofiq ravishda davlat turli yuridik shaxslarning qarziy majburiyatlari bo’yicha ham kafolatlovchi (kafillik beruvchi) sifatida maydonga chiqmoqda.
Mamlakatda moliyaviy intizomni mustahkamlash va kafolatlar berishning asoslangan mexanizmini joriy etish maqsadida byudjetga va byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar bo’yicha qarzlari mavjud bo’lgan subyektlarga kafolatlar berilmaydi. Shuningdek, kafolatlarni tanlov asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Rezident-yuridik shaxslarning majburiyatlari bo’yicha O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan sodir etiladi. Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo’yicha O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari berilmaydi. Kafolatlar berish tartibi, shuningdek, kafolatlar berilganligi uchun kafolatlar oluv- chidan haq olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat qarzi bo’yicha to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilish bo’yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlaridan kelib chiquvchi to’lovlarni amalga oshirish uchun mablag’larni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida respublika byudjet tarkibida kafolat jamg’armasi tuzilishi mumkin. Bu jamg’armani tashkil etish va undan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bozor munosabatlarining rivojlana borishi bilan ichki bozorda davlatning kreditor sifatidagi faolligi ham asta-sekinlik bilan kuchaymoqda. Agar avval byudjetdan moliyalashtirishga asosiy e’tibor qaratilgan bo’lsa, keyingi yillarda og’irlik markazining kredit munosabatlari tomon o’zgarayotganligi sezilib turibdi. Chunki kredit munosabatlari mablag’lardan foydalanishda byudjet re- surslarining katta qismini tejashga imkon beradigan va samarali usul hisoblanadi. Davlatning kreditor sifatidagi o’rni uning ichki va tashqi kreditlari bilan belgilanadi.
Odatda, dunyo amaliyotida ichki kreditlar ikki ko’rinishga ega (bu degani, hamma davlatlar amaliyotida ham bo’lishi mumkin emas yoki boshqacha shaklda amal qilishi mumkin):

  • byudjet kreditlari;

  • byudjet ssudalari.

Byudjet kreditlari xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish shakli bo’lib, u yuridik shaxslarga qaytarilish va tiklash asosida mablag’ berilishini ko’zda tutadi. Byudjet ssudasi esa yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika
byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag’dir.
Byudjetdan qarz mablag’larini oluvchilar quyidagilar bo’lishi mumkin:

  • byudjet tashkilotlari. Amalda byudjet tashkilotlari kredit tashkilotlaridan hamda yuridik va jismoniy shaxslardan kredit olish huquqiga ega emas (byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalardan olinadigan ssudalarni mustasno qilganda);

  • davlat unitar korxonalari;

  • byudjet tashkiloti va davlat unitar korxonasi bo’lmagan yuridik shaxslar;

  • ijroiya hokimiyat organlarining quyi byudjetlari.

Byudjet kreditlarini qaytarish bo’yicha ijroni ta’minlashning usullari faqat bank kafolatlari, mol-mulk garovi bo’lishi mumkin. Yuridik shaxslarga berilgan byudjet mablag’larini qaytarish va ulardan foydalanganlik uchun haqini to’lash byudjet to’lovlariga tenglashtiriladi. Byudjet kreditlari faqat qaytarilish asosida oldin berilgan byudjet mablag’lari bo’yicha to’lov muddati o’tib ketgan qarzlari bo’lmagan yuridik shaxslarga berilishi mumkin.
Moliya vazirligi kelgusi yil uchun byudjet loyihasi tayyorlanayotgan paytda tashkilotlarga berilishi mumkin bo’lgan byudjet kreditlarining umumiy hajmini aniqlaydi va investitsion loyihalarning tanlovini o’tkazish uchun kelgusi moliya yilining boshlanishidan to’rt oy oldin ularni tegishli vazirliklarning ixtiyoriga etkazadi.
Loyihalarni tanlovga taqdim etish jarayonida byudjetning markazlashtirilgan investitsion resurslarini tanlov asosida joylashtirishda investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda talab qilinadigan hujjatlarga qo’shimcha ravishda yana quyidagilar taqdim qilinishi lozim:

  • ijroiya hokimiyat organlarining import bo’yicha sotib olinishi rejalashtirilayotgan asbob-uskunani mamlakat korxonalarida tayyorlashning iloji yo’qligi va ularni import bo’yicha sotib olish maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi;

  • ssudalarni qaytarishni ta’minlash manbalari ko’rsa-tilgan holda qarz mablag’larini to’liq qaytarishning moliyaviy hisob-kitoblari;

  • da’vogarda avans to’lovlarini amalga oshirish uchun o’z mablag’lari borligining tasdiqlanganligi.

Ssudalar mamlakat tijorat banklari kafolatlari, hokimiyat organlari va barqaror moliyaviy-iqtisodiy ahvolga ega bo’lgan uchinchi shaxslarning iltimosnomalari hamda yuqori likvidli qimmatli qog’ozlar garovi asosida taqdim etiladi. Ta’minotning bunday turlari riskning baholanishiga bog’liq bo’lgan holda turli kombinatsiyalarda qo’llanilishi mumkin.
Ssudalarning miqdori tanlovdan o’tgan loyiha uchun uni moliyalashtirish resurslari hajmining ma’lum bir qismidan (odatda, uning 40%dan) oshmasligi
lozim. Moliyalashtirishning boshqa qismi byudjet manbalariga muqobil bo’lgan manbalar hisobidan qoplanishi kerak.
Ijtimoiy sohada davlat funksiyalarining bajarilishi bilan bog’liq va notijoriy xarakterga ega bo’lgan investitsion loyihalarni moliyalashtirish tashkilotlarga shunday loyihalar hajmini 100% moliyalashtirish miqdorida taqdim etilishi mumkin.
Davlat tomonidan xorijiy davlatlarga, ularning yuridik shaxslariga va xalqaro tashkilotlarga taqdim etilayotgan kreditlar deyilganda ular bo’yicha xorijiy davlatlar, ularning yuridik shaxslari va xalqaro tashkilotlarning kreditor sifatida davlat oldida vujudga kelgan qarz majburiyatlari tushuniladi.
Xorijiy davlatlarning qarz majburiyatlari ularning boshqa davlat oldidagi qarzlarini shakllantiradi. Odatda, byudjet to’g’risidagi qonunda bu qarzlarga tegishli bo’lgan quyidagilar tasdiqlanishi kerak:

  • xorijiy davlatlarning qarzlari bo’yicha qaytarilish (uzilish) summalari va foizlarining to’lovi;

  • moliyaviy yilning oxiridagi xorijiy mamlakatlar qarzlarining miqdori;

  • xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan davlat kreditlarining maksimal hajmi;

  • moliyaviy yilda ularning oluvchilari, maqsadlari va kreditlashtirish miqdorlari ko’rsatilgan holda kreditlar ro’yxatidan iborat bo’lgan xorijiy davlatlarga davlat kreditlarini taqdim etish dasturi.
  1. Davlat qarzlarini boshqarish

O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning oliy organi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. Oliy Majlis byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun jalb qilinishi lozim bo’lgan mablag’lar va byudjet mablag’lari hisobidan kreditlashtirishning maksimal miqdorlarini belgilaydi. U yoki bu ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlarni chiqarishning chegaraviy hajmini O‘zbekiston Respublikasi hukumati – O‘zbekiston Respublikasi Vazir-lar Mahkamasi o’rnatadi. 2019 yilda davlat qarzining chegaraviy hajmi mamlakatda yaratilayotgan YaIMning 50 foizidan oshmasligi zarur.
Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish uchun ikki dasturni ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq:

  • tashqi qarzlarni olish davlat dasturi;

  • ichki qarzlarni olish davlat dasturi.

Bu dasturlar maqsadlari, manbalari va qaytarilish muddatlarini ko’rsatgan holda navbatdagi moliyaviy yilda olinishi lozim bo’lgan qarzlar ro’yxatidan iboratdir. Dasturlar navbatdagi yil byudjetining loyihasi bilan Oliy Majlisga taqdim etiladi va tasdiqlanishi kerak.
Xususan, tashqi qarzlar olish davlat dasturida ikki guruhga bo’lib, aks ettiriladi:

  • bog’lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar (qarzlar);

  • maqsadli xorijiy qarzga olishlar (qarzlar).

Bularning har ikkalasi uchun ham yuqoridagi dasturda alohida-alohida quyidagilar o’z ifodasini topishi kerak:

  • bog’lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar:

  • (qarzlar) bo’yicha:

    • jalb qilish manbalari;

    • qarzga olish summalari;

    • qaytarish muddatlari.

  • maqsadli xorijiy qarzga olishlar:

  • (qarzlar) bo’yicha:

    • yakuniy oluvchi;

    • qarzga olishning maqsadi va foydalanish yo’na-lishi;

    • qarzga olish manbasi;

    • qazga olish summasi;

    • qarzni qaytarish muddatlari;

    • mablag’larni byudjetga qaytarish bo’yicha uchinchi shaxsning kafolati;

    • navbatdagi moliyaviy yil boshlangunga qadar foydalanilgan mablag’lar hajmining baholanishi;

    • navbatdagi moliyaviy yilda mablag’larning foydalanish hajmi prognozi (bashorati).

O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qog’ozlarining yagona emitenti bo’lib, Moliya vazirligi hisoblanadi va u O‘zbekiston hukumati tomonidan aniqlangan chegaralarda ularning chiqarilish muddatlari va hajmini belgilaydi.
Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari davlat jamg’armalarning mablag’larini maqsadli va barqaror sarflanishini ta’minlash, byudjetdan moliyalashtiri-layotgan tashkilotlarning qarzlarini kamaytirish maqsadida ijroiya hokimiyat organlariga davlatning qimmatli qog’ozlarini chiqarish, kreditlar va qarzlar olish yo’li bilan qarz mablag’larini jalb qilish taqiqlangan (hukumat tomonidan to’g’ridan-to’g’ri o’rnatilgan hollardan tashqari). Bu jihat davlatning byudjetdan tashqari jamg’arlariga ham tegishlidir.
Davlatning ichki qarzlariga xizmat qilish bo’yicha bosh vakil funksiyasini mamlakatning Markaziy banki bajaradi. Har bir obligatsiyani muomalaga chiqarish emissiyasida barcha yagona va jamlanma sertifikatlar Moliya vazirligi tomonidan saqlash va hisobga olish uchun depozitariyga berilishi kerak. Depozitariy funksiyasini Markaziy bank yoki u tomonidan vakolati belgilangan boshqa tashkilot bajarishi mumkin. Markaziy bank Moliya vazirligining
topshirig’iga ko’ra va respublika byudjetining mablag’lari hisobidan obligatsiyalarning egalariga bu obligatsiyalar qaytarilayotgan paytda to’lovlarni amalga oshiradi.
Davlat qimmatli qog’ozlarini tartibga solish hukumatning Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan hamkorlikdagi eng muhim va mas’uliyatli funksiyalaridan biridir. Hozirgi amaliyotda davlat qimmatli qog’ozlarini tartibga solish choralarini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  • “olovli” choralar – qayta moliyalashtirish va lombard stavkalarini oshirish (ko’tarish), qimmatli qog’ozlar va valyuta bozorlarida Markaziy bankning interventsiyasi. Biroq bunday choralar qisqa vaqt – 2 yoki 3 kun uchun ta’sirchan hisoblanadi;

  • xorijiy qarzga olish. Qimmatli qog’ozlar bozoriga ta’sir ko’rsatish uchun qarz olishning o’zi emas, balki kreditlarning olinishi to’g’risida ishonch bo’lishining o’zi etarlidir. Yuqoridagi choralar singari bu guruhga kiruvchi choralar ham, ma’lum darajada va ma’noda, tanazzulni orqaga suruvchi va uning ildizlariga barham bermovchi “olovli” choralar hisoblanadi;

  • davlat qimmatli qog’ozlar milliy bozori nobarqarorligining oldini olishga samarali va uzoq muddatli ta’sir ko’rsatishga uzoq muddatli monitar choralarga moliyaviy bozorning chegarasidan chetga chiquvchi choralar (xususan, soliq tizimi va soliqlarning undirilishini tartibga solish, byudjet defitsitini qisqartirish, iqtisodi- yotning o’sishiga erishish va h.k.lar) qo’llanilsagina, erishish mumkin.

Davlat qarzlarini boshqarish mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atlari va sifatiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan O‘zbekiston Respublikasi byudjet siyosatining muhim qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat qarzlarini boshqarishda aniq bir kontseptsiyaga ega bo’lish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu kontseptsiyada davlat qarzlarini boshqarish hamda pul-kredit siyosati va valyuta siyosati o’rtasidagi aloqalarni davlat qarzlarining davlat moliya tizimidagi o’rnini, tashqi va ichki davlat qarzlarining bir-birlari bilan bog’liqligini aniqlash juda muhimdir.
23-MAVZU: IJTIMOIY TA’MINOT REJA:


    1. Download 6,94 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish