Umumlashtirilgan ko’rinishda asosiy kapital mehnat vositalariga (binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari, mashinalar, dastgohlar, transport vositalari va foydali foydalanish muddati 12 oydan oshadigan boshqa vositalar) sarflangan (joylashtirilgan) kapital qiymatining bir qismidir. XYSning buxgalteriya balansida asosiy kapital aylanmadan tashqaridagi aktivlar sifatida aks ettiriladi. Uning asosini asosiy vositalar tashkil etadi. Bu aktiv-larning boshqa elementlari,
ya’ni nomoddiy aktivlar, tugallanmagan qurilish, moddiy boyliklarga daromadli qo’yish (joylashtirish), uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar, bevosita yoki bilvosita asosiy kapitalni kengaytirilgan, ilmiy-sig’imli ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Mehnat va mahsulotni yaratish jarayonida asosiy kapital ishlab chiqarish omili va ishlab chiqarishning moddiy-texnikaviy asosi shaklida amal qiladigan unumli kapitalning qismi sifatida maydonga chiqadi.
Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi unga tegishli bo’lgan qiymatning quyidagi uch funktsional shakllarida harakat qilishini anglatadi:
pulli;
unumli;
tovarli.
Asosiy kapital qiymatining bu shakllarda amal qilishi foyda olishni va mehnat vositalarining takror ishlab chiqarilishini ta’minlaydi.
Kapitalning doiraviy aylanishi davomida aylanma kapitaldan farqli o’laroq asosiy kapital o’zining iste’mol shaklini birdaniga yo’qotmaydi, ya’ni davomli muddatda eskiradi. Yangidan yaratilayotgan mahsulotga u o’zining qiy-matini asta-sekinlik bilan, eskirish darajasiga qarab o’tkazadi va to’liq qayta tiklanganga qadar ko’plab ishlab chiqarish tsikllari davomida uni tiklab boradi. Bu jarayon amortizatsiya deb ataladi va u o’rnatilgan me’yorlarga muvofiq ravishda har oyda hisoblanadi.
Ma’naviy eskirishini inobatga olgan holda mehnat vositalari boshlang’ich qiymatini to’liq tiklash vaqti amortizatsiya davri deb ataladi. Bu davr tugaganidan so’ng asosiy kapitalga avanslashtirilgan pulli qiymat o’z aylanishini tugatadi va yana mehnat vositasiga aylanadi. Bu fursatga etgunga qadar o’tkazilayotgan qiymat asta-sekinlik bilan va uzluksiz ravishda amortizatsiya fondi ko’rinishida jamg’arilib boriladi hamda shundan keyin u iste’mol qilingan kapitalni yangidan qayta tiklash uchun ishlatiladi.
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalni buyum-lashgan shakli sifatida asosiy fondlar - uzoq vaqt davo-mida natural-iste’molli shaklda ishlab chiqarish jara-yonida foydalanilayotgan moddiy boyliklar yig’indisi - maydonga chiqadi. Iqtisodiy mo’ljallanganligiga ko’ra aso-siy fondlar quyidagilarga bo’linadi:
asosiy ishlab chiqarish fondlari;
noishlab chiqarish asosiy fondlari.
Ishlab chiqarish jarayonida buyumlashgan-natural shaklda ishtirok etadigan va ko’plab ishlab chiqarish tsikllari davomida o’zining qiymatini tayyor mahsulotga qismlarga bo’lib o’tkazuvchi mehnat vositalariga asosiy ishlab chiqarish fondlari deyiladi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlarining tarkibiga XYSning balansida bo’lgan va noishlab chiqarish maqsad-lari uchun foydalanishga mo’ljallangan
XYSning mulklari kiradi. Ular bo’yicha amortizatsiya hisoblanmaydi. Bu fondlarning qiymati ularning eskirishi munosabati bilan XYSning foydasi hisobidan takror ishlab chiqariladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibiy tuzil-masi tarmoq, texnologik, ishlab chiqarish va xizmat qilish muddati (yoshi) jihatidan turli tuzilmalarga bo’linishi mumkin. Tarmoq tuzilmasi alohida olingan tarmoqdagi asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining butun iqtisodiyot bo’yicha shu fondlar qiymatidagi salmog’ini xarakterlaydi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining texnologik tuzilmasi alohida guruh ichidagi ular turli ko’rinishlarining salmog’ini ko’rsatadi. Ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasi ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan mehnat vositalari turli ko’rinishlarining nisbatidan iborat bo’lib, investitsiyalarning texnologik ilg’orligi va ularning oqilona joylashtirilganligini aks ettiradi. Asosiy fondlarning xizmat qilish muddati (yoshi) jihatidan tarkibiy tuzilmasi ularning ahvolini yosh guruhlari va takror ishlab chiqarish sur’atlari bo’yicha ifodalaydi. Keyingi yillarda asosiy fondlarning etarli darajada faol takror ishlab chiqarilmaganligi uchun ularning yoshi va eskirishi ortib bormoqda.
Asosiy fondlar pul shaklida baholanadi va hisob-lanadi hamda buxgalteriya hisobida asosiy vositalar sifatida aks ettiriladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
binolar;
inshootlar (neft va gaz qazib oluvchi, gidrotexnik, transport xo’jaligi inshootlari va boshqalar);
uzatuvchi moslamalar (elektr uzatuvchi, aloqa, quvurlar va h.k.);
o’lchovchi va tartibga soluvchi (o’zgartiruvchi) asbob (pribor)lar va qurilmalar;
uy-joylar;
hisoblash texnikasi va orgtexnika;
transport vositalari;
asbob(instrument)lar;
ishlab chiqarish va xo’jalik asbob(inventar)lari va buyumlari;
ishchi va mahsuldor qoramollar;
ko’p yillik o’simliklar.
Yuqoridagilardan tashqari asosiy vositalarning tarki-biga yana tashkilotning mulkida bo’lgan er maydonlari, tabiatdan foydalanish obyektlari (suv, qazilma boylik-lari va boshqa tabiiy resurslar), asosiy vositalarning ijaraga olingan obyektlari ham kiradi.
Ishchi va kuch mashinalari hamda dastgohlari, o’lchovchi va tartibga soluvchi (o’zgartiruvchi) qurilmalar hamda asbob (pribor)lar, hisoblash texnikasi, transport vositalari, asbob(instrument)lar, ishlab chiqarish va xo’jalik ashyo- (inventar)lari, odatda, asosiy fondlarning aktiv qismiga kiritilib, ular mehnat predmetlariga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Ularning qolgan qismlari esa asosiy fondlar-ning passiv qismiga kiritiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy kapital aktiv qismining maksimal ravishda oshirilishi eng muhim vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi.
Asosiy kapital doiraviy aylanishining samarador-ligini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq:
moliyaviy nuqtai-nazardan asosiy kapitalning doiraviy aylanishi moliyaviy resurslar tegishli fondlarining tashkil etilishi bilan birga yuz beradi. Bu bir vaqtning o’zida ham asosiy kapital va ham aylanma kapital aylanishiga to’liq tegishlidir;
shu doiraviy aylanish jarayonida vujudga keladigan moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini baholash muhim hisoblanadi;
ishlayotgan ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish va eskirgan asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilashning o’z vaqtida amalga oshirilishi samaradorligini baholash kerak.
XYSning moliyaviy resurslari tarkibi o’z va jalb qilingan pul mablag’laridan iborat bo’lishi mumkin. Takror ishlab chiqarish jihatidan asosiy kapitalning doiraviy aylanishi iste’mol qilingan asosiy fondlarni almash-tirish (yangilash) uchun amortizatsiya mablag’larining amortizatsiya fondida jamg’arilishini ko’zda tutadi. Hisobot davri davomida asosiy vositalar obyektlari bo’yicha amortizatsiya ajratmalari hisoblashni qo’llash usullariga bog’liq bo’lma-gan holda har oyda hisoblanadi. Mavsumiy ishlab chiqa-rishda ham asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajrat-malarining yillik summasi hisobot yilida tashkilotning ishlash davri davomida bir tekisda hisoblanadi. Agar asosiy vositalarning obyektlari rekonstruktsiya va modernizatsiya qilishda bo’lsa, yoki ular uch oydan ko’proq muddatga konservatsiya qilishga o’tkazilgan bo’lsa, bunday holatlarda amortizatsiya ajratmalarini hisoblash tashkilot rahbarining qaroriga muvofiq to’xtalishi mumkin.
Amortizatsiyalashtiriladigan (belgilangan muddat ichi-da yangilanishi shart bo’lgan) mol-mulklar o’zlarining foydali foydalanish muddatlariga bog’liq ravishda turli amortizatsiya guruhlariga birlashtiriladi. Birinchi guruhga foydali foydalanish (ishlatish) muddati 1 yildan 2 yilgacha bo’lgan mol-mulklar, oxirgi guruhga esa foydali foydalanish muddatlari 30 yildan ortiq bo’lgan mol-mulklar kiritiladi.
Amortizatsiya guruhlariga kiritiladigan asosiy vositalarning tasniflanish tartibini (klassifikatsiyalanishini) har bir mamlakatning hukumati aniqlab beradi. Amortizatsiya guruhlari ko’rsatilmagan asosiy vositalarning turlari bo’yicha foydali foydalanish muddatlari ularni tayyorlagan tashkilotlarning tavsiyalari va texnik shart-sharoitlariga muvofiq ravishda soliq to’lovchining o’zi tomonidan o’rnatiladi.
Hozirgi paytda amaliyotda amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning ikki asosiy metodidan foydalaniladi:
chiziqli;
nochiziqli.
Amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning chiziqli metodi binolar, inshootlar, uzatish qurilmalariga nisbatan ularning foydalanishga topshirish muddatlariga bog’liq bo’lmagan holda qo’llaniladi. Asosiy vositalarning qolgan boshqa obyektlariga nisbatan amortizatsiya summalarini hisob-kitob qilishning yuqoridagi ikki metodidan – chiziqli va nochiziqli - biri qo’llanilishi mumkin.
Chiziqli metod qo’llanilganda bir oy uchun hisoblangan amortizatsiyaning summasi shu obyekt uchun aniqlangan amortizatsiya normasi va obyektning dastlabki (tiklash) qiymatiga nisbatan quyidagicha aniqlanadi:
𝟏
𝑵𝒂= 𝒎∗ 𝟏𝟎𝟎%
Bu yerda:
𝑵𝒂- amortizatsiya qilinayotgan mol-mulk obyektining boshlang’ich (tiklash) qiymatiga nisbatan amortizatsiya normasi (foizda);
𝒎 - amortizatsiya qilinayotgan mol-mulk shu obyektining foydali foydalanish muddati (oyda).
Nochiziqli metod asosida amortizatsiya normasini hi-soblash quyidagicha amalga oshiriladi:
𝟏
𝑵𝒂= 𝒎∗ 𝟏𝟎𝟎%