Bola tug’ilganda beriladigan nafaqa. Bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi. Ish haqiga koeffitsient qo’llaniladigan tumanlarda nafaqa ushbu koeffitsientlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki o’qish joyidan to’lanadi. Bolaning onasi ishlamaydigan va o’qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qiydigan otasi yoki ota-ona o’rnini bosuvchi shaxslarga to’lanadi. Ishlamaydigan va o’qimaydigan ota-onalarga bola tug’ilganda nafaqa ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan tayinlanadi va to’lanadi. Farzandlikka olingan bolalarga bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Agar ayol homiladorlik bo’yicha ta’til davrida ishdan bo’shab, shu davr mobaynida homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa olgan bo’lsa, bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Bola o’lik tug’ilgan hollarda nafaqa to’lanmaydi.
Kam ta’minlangan va bolali oilalar uchun nafaqalar.Ushbu nafaqalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2013 yil 15 fevral kuni “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 44-son Qaroriga muvofiq
tayinlanadi. Ushbu Nizom fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan 14 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to’lgunga qadar bola parvarishi bo’yicha nafaqa va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va to’lash tartibini belgilaydi.
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam 6 oy muddatga, bola parvarishi bo’yicha nafaqa esa – 12 oyga tayinlanadi, biroq bola ikki yoshga to’lgan oydan keyingi oyga o’tmasligi kerak. gar tug’ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan ikki va undan ortiq bolalar parvarish qilinsa, u holda bola parvarishi bo’yicha nafaqa kichik bola ikki yoshga to’lgunga qadar bir baravar miqdorda to’lanadi.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to’lash to’g’risidagi qaror fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi
posyolka, qishloq va ovul, shuningdek shaharlarning mahallalari fuqarolar yig’ini (vakillar yig’ilishi) yoki bunday qarorlarni qabul qilish uchun fuqarolar yig’ini tomonidan vakolat berilgan Komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya fuqarolar yig’ini tomonidan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi hududida istiqomat qiluvchi obro’-e’tiborli va hurmatga sazovor fuqarolar orasidan saylanadi. Komissiyaga fuqarolar yig’inining raisi boshchilik qiladi. Komissiya a’zolari 2 yil muddatga, fuqarolar yig’ini raisi esa – uning butun vakolati davriga saylanadi. Ushbu Komissiya tarkibi kamida 15 kishidan iborat bo’lishi kerak. Komissiya a’zosi vakolatlarining amal qilishi davrida a’zolikdan chiqqan taqdirda, fuqarolar yig’ini Komissiya a’zolarini qaytadan saylaydi. Komissiya qarori, uning yig’ilishida tasdiqlangan tarkibning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa qonuniy hisoblanadi. Fuqarolar yig’ini tomonidan ehtiyojmand deb e’tirof etilgan oila nafaqa yoki moddiy yordamning faqat bir turini olish huquqiga ega.
Quyidagilar bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo’yicha nafaqalar va moddiy yordam to’lovlarini mablag’ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi:
mahalliy byudjetlar mablag’lari;
byudjetdan tashqari manbalar (jamoat va xayriya jamg’armalari, korxonalarning mablag’lari, fuqarolarning ixtiyoriy xayr-ehsonlari va boshqalar).
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam har bir oila a’zosiga o’rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo’lmagan oilalarga tayinlanadi.
Quyidagilar bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga ega:
ota-onasining ikkisini ham yo’qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlar shug’ullanayotgan oilalar;
ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo’lgan oilalar;
14 yoshgacha bo’lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar);
nogiron bolasi (bolalari) bo’lgan oilalar;
bolani (bolalarni) to’liq bo’lmagan oilada tarbiyalayotgan onalar (otalar). Bunda bolaning amalda to’liq bo’lmagan oilada ona (ota) tomonidan tarbiyalanishini fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi belgilaydi;
ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo’lgan va ish izlovchi sifatida bandlikka ko’maklashish markazlarida hisobda turgan oilalar;
yolg’iz pensionerlar.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining o’zini o’zi boshqarish organiga murojaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab to’lanadi. Bola parvarishi bo’yicha nafaqani kelgusida ham olishga muhtojligi bo’lgan taqdirda uni olgan shaxs to’lovlarning avvalgi o’n ikki oylik muddati tugashidan bir oy oldin, bola ikki yoshga to’lgunga qadar ushbu nafaqani uzluksiz to’lanishini davom ettirish masalasini hal etish uchun belgilangan tartibda fuqarolar yig’iniga takroran murojaat etish huquqiga ega. Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam to’lashning belgilangan muddati tugagandan so’ng ariza beruvchi nafaqa va moddiy yordam to’lashni yangi muddatga davom ettirilishini so’rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam olish uchun ariza oldingi davrda tayinlangan nafaqa va moddiy yordam to’lash muddati tugayotgan oydan keyingi oyga beriladi. Takroriy murojaatlarni ko’rib chiqish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining doimiy yashash (ro’yxatdan o’tish) joyi bo’yicha fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan oila boshlig’i yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining yozma arizasi asosida, bola parvarishi bo’yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki uning o’rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi. Alohida hollarda, oilada muomalaga layoqatli a’zolar bo’lmagan taqdirda nafaqa va moddiy yordam oila a’zolarining yozma arizasisiz fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi raisining taqdimnomasi bo’yicha tayinlanishi mumkin. Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining doimiy yashash (ro’yxatdan o’tish) joyi bo’yicha fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi tomonidan oila boshlig’i yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining yozma arizasi asosida, bola parvarishi bo’yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki uning o’rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi. Alohida hollarda, oilada muomalaga layoqatli a’zolar bo’lmagan taqdirda nafaqa va moddiy yordam oila a’zolarining
yozma arizasisiz fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi raisining taqdimnomasi bo’yicha tayinlanishi mumkin.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash to’g’risidagi ariza uch bosqichda ko’rib chiqiladi.
Birinchi bosqichda maxsus komissiya ariza berilgan sanadan boshlab uch kun muddatda ariza beruvchi tomonidan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organiga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida oilaning a’zosiga to’g’ri keladigan o’rtacha oylik jami daromad miqdorini aniqlaydi.
Agar oila a’zosiga to’g’ri keladigan o’rtacha oylik jami daromad miqdori joriy davrda belgilangan eng kam ish haqining 1,5 barobaridan kam bo’lsa, maxsus komissiya oilaning moddiy va mulkiy holatini tekshirish sanasini belgilaydi.
Ikkinchi bosqichda maxsus komissiya ariza berilgan sanadan boshlab o’n kun muddatda oilaning moddiy va mulkiy holatini o’rganib chiqadi, shundan keyin tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash yoki tayinlashni rad etish to’g’risidagi xulosani fuqarolar yig’iniga yoki Komissiyaga kiritadi.
Uchinchi bosqichda ariza berilgan oyning oxirgi kunidan kechikmay, maxsus komissiyaning xulosasi inobatga olingan holda, ariza tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash va to’lash yoki tayinlashni rad etish to’g’risidagi masalalarni hal etish uchun fuqarolar yig’ini yoki Komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi.
Oila a’zosiga to’g’ri keladigan o’rtacha oylik jami daromad, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o’rtacha oylik daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga bo’lingan holda aniqlanadi.
Agar oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o’rtacha oylik daromadlari to’g’risida taqdim etilgan ma’lumotlarda daromad summasi ko’rsatilmagan bo’lsa yoki eng kam oylik ish haqining 2,5 baravaridan kam summa ko’rsatilgan bo’lsa, u holda oilaning o’rtacha oylik jami daromadini hisoblash uchun daromadni normativdan past ko’rsatgan yoki daromadi mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etmagan oila a’zolarining har biriga nafaqa yoki moddiy yordamga murojaat qilingan oyda belgilangan eng kam oylik ish haqining 2,5 baravariga teng bo’lgan normativ daromad miqdori qabul qilinadi. Ushbu qoida bola ikki yoshga to’lgunga qadar uning parvarishi bilan band bo’lgan onalarga (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarga), ta’lim muassasalarida o’qiyotganlarga (mehnat shartnomasiga muvofiq ishlarni amalga oshirish hollari bundan mustasno), ishlamaydigan pensionerlarga, amalda shaxsiy yordamchi (dehqon) xo’jaligini yuritish bilan band bo’lgan oila a’zosiga, tuman
(shahar) bandlikka ko’maklashish markazlarida ishsiz sifatida ro’yxatga olingan fuqarolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo’yicha nafaqa va moddiy yordam fuqarolar yig’ini yoki Komissiyaning qarori bayonnomasi asosida to’lanadi. Tegishli nafaqalar va moddiy yordamni to’lash Xalq bankining bo’linmalarida (filiallarida) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining maxsus bank hisob raqamlariga o’tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining tegishli iqtisodiy tasnifi bo’yicha aks ettirilgan holda mahalliy byudjet mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
24-MAVZU: XO’JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING MOLIYAVIY RESURSLARI