“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua



Download 6,94 Mb.
bet25/195
Sana31.01.2023
Hajmi6,94 Mb.
#906037
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   195
Bog'liq
“moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua

Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar deb, bahosi boshqa aktivlar, masalan, aksiyalar, qayd qilingan daromadga ega qimmatli qog‘ozlar, xorijiy valyuta yoki qandaydir mahsulotlar bahosiga bog‘liq bo‘lgan moliyaviy vositalarga aytiladi. Ularning asosiy funksiyasi ular hosila hisoblangan aktivlarga qo‘yilmalarning risk darajasini boshqarish uchun vosita sifatida xizmat qilishdan iborat.
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning kengroq tarqalgan turlari opsionlar va forvard kontraktlari hisoblanadi. Sotib olishga opsion, yoki “koll” opsion – bu egasiga ma’lum bir miqdordagi aktivlarni belgilangan narxda opsion amal qilish muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguniga qadar istalgan paytda sotib olish huquqini beradigan vositadir. Sotishga opsion, yoki “put” opsion – bu, egasiga opsion amal qilish muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguniga qadar xohlagan paytda kontrakt bo‘yicha o‘rnatilgan narxda ma’lum bir miqdordagi aktivlarni sotish huquqini beradigan vositadir. Aktiv egasi ushbu aktivni sotish uchun opsion sotib olar ekan, o‘zini uning narxi kontraktda ko‘rsatilganidan kamayib ketish xavfidan samarali sug‘urta qiladi.
Forvard kontraktlar deb, kontraktda ko‘rsatilgan narx va vaqt bo‘yicha ma’lum bir aktivlarni bir tomon sotib olish majburiyatini, ikkinchi tomon esa sotish majburiyatini oluvchi vositalarga aytiladi. Bu xil kontraktlar sotuvchiga va xarid qiluvchiga ushbu aktivlarning kelgusida sotiladigan narxining noaniqligiga bog‘lanib qolmaslik imkonini beradi.
    1. Moliya bozori stavkalari

Olingan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilingan daromadlik stavkasiga foiz stavkasi deb ataladi. Olin(ayot)gan mablag‘larning turiga qarab, turli xil foiz stavkalari mavjud. Masalan, uy sotib olish uchun qarz oluvchi kishi ushbu qarzni garov bo‘yicha foiz stavkasi deb nomlanuvchi foiz stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Kreditning har qanday turi yoki qayd qilingan daromadga ega vosita bo‘yicha foiz stavkasi miqdori bir qator omillarga bog‘liq. Bulardan eng
muhimlari hisob-kitob pul birligi, to‘lov muddati va kredit kelishuvi, defolt riskidir. Ushbu omillarning har birini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.

    • Hisob-kitob pul birligi to‘lovlar amalga oshiriluvchi pul birligini o‘z ichiga oladi. Hisob-kitob birligi bo‘lib, qoidaga ko‘ra, u yoki bu mamlakatning valyutasi hisoblanadi: dollar, yevro, frank, funt, rubl, so‘m, peso va hokazolar. Ba’zida birlik sifatida qandaydir bir tovar qo‘llaniladi, masalan, oltin, kumush yoki tovar va xizmatlarning standart “savati”. Foiz stavkasi hisob-kitob pul birligiga bog‘liq holda o‘zgaradi.

•Qayd qilingan daromadga ega bo‘lgan vosita bo‘yicha to‘lov muddati – bu davomiyligida jami olingan summani to‘lash lozim bo‘lgan vaqt. Qisqa muddatli instrument (vosita)lar bo‘yicha foiz stavkasi, uzoq muddat-lilarining foiz stavkasidan yuqori, past yoki teng bo‘lishi mumkin.

    • To‘lanmaslik riski qayd qilingan daromadga ega instrument (vosita) bo‘yicha qarzning asosiy summasi yoki foizning qandaydir bir qismi qarz oluvchi tomonidan to‘lanmaslik ehtimolini o‘z ichiga oladi. Bu riskning darajasi qanchalik baland bo‘lsa, qarz oluvchi o‘z investorlariga uning qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga rozilik bildirishlari uchun shunchalik yuqori foiz stavkasini va’da qilishi lozim.

Endi, keling, ushbu uch omil amalda qanday qilib foiz stavkasi darajasi (o‘lchami)ga ta’sir etishini ko‘rib chiqamiz.

Download 6,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish