Respublika iqtisodiyotida bazaviy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jamoat, siyosiy va iqtisodiy institutlarning samarali ishlashi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
o‘zgarmas soliq stavkalari va oddiy soliqqa tortish tartibi;
korxonalar innovatsiya faoliyatini imtiyozli soliqqa tortish;
Dastlabki beshta pog‘ona iqtisodiyotda innovatsiyalar uchun qulay muhitni shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi. Bu vazifalar ado etilgan taqdirdagina innovatsion taraqqiyot uchun qulay muhit yaratish, shunda O‘zbekistonda innovatsiyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash samara berishi mumkin.
6-pog‘ona
Ilm-fanning davlat tomonidan moliyalashtirilishi
Ilmiy-texnik yutuqlarimizni erishilgan darajada saqlab turish va yanada oshirish maqsadida ilm-fan va fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish:
tadqiqotlar uchun grantlar ajratish;
ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari ilmiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida subsidiyalar ajratish;
Shu tariqa O‘zbekiston xalqaro yuqori texnologiyalar bozoridagi yetakchilardan biriga aylanadi va turli xalqaro reytinglarda mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha yuqori o‘rinlarga erishamiz.
Qulay muhitni ta’minlashdan tashqari, innovatsiya siyosatining uzviy tarkibiy qismi bo‘lmish ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni to‘g‘ridan- to‘g‘ri moliyalashtirish ham muhim hisoblanadi. Faol moliyaviy qo‘llab- quvvatlash siyosati davlat uchun jozibaliroq. Chunki u aniq o‘lchanadigan natijalarga tezroq erishishini ko‘zlaydi. Jozibali muhitni yaratish esa unga nisbatan uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, murakkab tizimlashtiriladi va unda kim aniq naf oluvchi ekanini oldindan bilib bo‘lmaydi.
Innovatsiyalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash davlat uchun jozibador bo‘lsa-da, aynan qulay muhit yaratishga ustuvorlik berilishi kerak. Innovatsion taraqqiyotda muvaffaqiyatlarga erishgan barcha mamlakatlar, qanday model doirasida rivojlanmasin, birinchi navbatda, qulay innovatsion muhit yaratib olgan. Xorijiy mamlakatlarning rivojlanish tajribasini o‘rganish asosida innovatsiyani bugungi kunda farovonlik va raqobatbardoshlikning asosiy omili, innovatsiyalarni rivojlantirishni esa raqobat kurashidagi afzalliklarni qo‘shimcha tarzda kuchaytiruvchi vosita sifatida tavsiflasak bo‘ladi. Rivojlangan mamlakatlar bu omillarni oldindan hisobga olib, o‘z pozitsiyalarini xalqaro maydonda kuchaytirish yo‘lida foydalanmoqda. Unutmaslik kerakki, innovatsion faollikni boshqalarga nisbatan oldinroq ishga tushirgan davlat doimo yutib
chiqadi.