Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


-Mavzu: Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

 
19-Mavzu: Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari
REJA: 
1.
 
Byudjetdan tashqari jamg’armalar davlat Moliyasi bug’ini sifatida 
2.
 
Byudjetdan tashqari jamg’armalarning maqsad va vazifalari 
3.
 
Ijtimoiy va iqtisodiy jamg’armalar 
4.
 
Byudjetdan tashqari jamg’armalarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati
 
 
1. Byudjetdan tashqari jamg’armalar davlat Moliyasi bug’ini sifatida 
Davlat Moliyasi davlatni kerakli iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funksiyalarini bajarish 
uchun pul mablag’lari bilan ta’minlashga undalgan Moliya tizimining muhim bug’inidir. Davlat 
Moliyasi tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- Davlat byudjeti. 
- Byudjetdan tashqari jamg’armalar. 
- Davlat kreditlari. 
- Davlat korxonalari Moliyasi. 
Davlat Moliyasining sanab о‘tilgan turli xildagi bug’inlari bо‘yicha davlat iqtisodiy va 
ijtimoiy jarayonlarning tarmoq va hududiy muammolarning yechimlarini keng miqyosda hal 
etadi. 
Davlat Moliyasi tarkibida alohida о‘rinni egallaydigan byudjetdan tashqari 
jamg’armalar tyegishli hukumat organlarining byudjetiga bog’liq bо‘lmaydi va mustaqil Yuridik 
shaxs huquqiga egadirlar. 
Byudjetdan tashqari jamg’armalar hukumat organlari qabul qilgan qonun doirasida 
tashkil etiladi. 
Byudjetdan tashqari jamg’armalar – umumdavlat Moliyasining muhim bug’ini bо‘lib, 
ularning faoliyati qat’iy belgilangan, manbalarni tashkil etish yо‘llari kо‘rsatilgan, pul 
jamg’armalari bilan foydalanish yо‘llarining tartibi aniqlab berilgan davlat hukumatining Yuqori 
organlarining tyegishli aktlari asosida о‘z faoliyatini amalga oshiradilar. 
Byudjetdan tashqari jamg’armalarni: 
- konsolidasiyalashgan byudjetga qо‘shiladigan jamg’armalar; 


- konsolidasiyalashgan byudjetga qо‘shilmaydigan jamg’armalarga ajratish mumkin. 
Funksional jihatiga kо‘ra va boshqaruv darajasiga kо‘ra byudjetdan tashqari 
jamg’armalar turli xil bо‘ladilar. Ularni funksional jihatiga kо‘ra iqtisodiy yoki ijtimoiy 
jamg’armalarni bо‘lish mumkin. Boshqaruv darajasiga qarab esa umumdavlat respublika va 
ryegional jamg’armalarga bо‘lish mumkin. 
Hozirgi kunda respublikamizda bir nyechta byudjetdan tashqari jamg’armalar faoliyat 
kо‘rsatmoqda: 
- Pyensiya jamg’armasi (ijtimoiy sug’urta jamg’armasi birgalikda) Shular 
jumlasidandir. 
Pyensiya jamg’armasi – bu pyensiya bilan ta’minlovchi davlat Moliya boshqaruvining 
organidir. Bu jamg’arma mustaqil Moliya instituti hisoblanib, bu jamg’armaning mablag’lari 
davlat byudjeti tarkibiga kirmaydi. 
Pyensiya jamg’armasi bilan davlat byudjetining farqli tomoni Shundan iboratki, о‘z 
resurslarining hissasi balandligi va markazlashtirilgan manbalardan katta mablag’ va 
dotasiyalarni rad etadi. Maxsus pyensiya tо‘lovlari ijtimoiy himoya doirasida shaxsiy funksional 
vazifaga ega bо‘lib, tuShumlar va mablag’lar bilan qо‘shilmagan holda pyensiya jamg’armasida 
tо‘planadi. Pyensiya jamg’armasi idoralari pyensiya jamg’armasi byudjetining ijro etilishi 
bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlagan byudjetdagi korxona va 
tashkilotlar uchun buxgaltyerlik hisobining hisob varaqlari Rejasini qtllagan holda hisob 
Yuritadilar va yilning har choragida pyensiya jamg’armasi byudjetining ijro etilishi haqida 
Moliyaviy hisobotlarini tuzadilar. 
Mamlakatimiz о‘zining 22 yillik tarixi mobaynida ijtimoiy xayotning barcha jabxalarida 
tub islohotlarni amalga oshirish imkoniyatlariga ega bо‘ldi. Istiklolga erishilgandan sо‘ng 
о‘tgan yillar mobaynida respublikada juda kо‘plab о‘zgarishlar amalga oshirildi va milliy 
iqtisodiyotning moddiy asoslari yaratildi. Shu davr mobaynida Moliya tizimi О‘zbekistonning 
milliy xususiyatlariga asoslangan holda kayta shakllandi, mamlakatda yaratilgan milliy 
daromadni kayta taqsimlashda davlatning iqtisodiyotga aralaShuvi birmuncha kamaydi, 
Shundan kelib chiqqan holda esa, Moliya tizimining tarkibiy qismi bо‘lgan maqsadli 
jamg’armalarni takomillashtirish bо‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi.
 
Mustaqillikka erishgunimizga qadar davlat byudjetida davlatning dyeyarli hamma 
mablag’lari tо‘planar edi. Moliyaning Yuqori darajadagi jamlanishi va markazlaShuvi bir 
qancha ustunliklarga ega bо‘lgan bо‘lib, uning asosiysi sifatida, tо‘plangan mablaglarni ayrim 
hudud, soha, tarmok yoki tarmoqlararo komplyekslarlarda mavjud global muammolarni 
yechishga yо‘naltirilganini aytish mumkin. Biroq bu turdagi markazlaShuvning asosiy 
kamchiligi, Moliyaviy mablaglarning umumxо‘jalik tizimi va alohida olingan Moliya 
ob’yektlarining rivojlanishidagi samara darajasining juda past bо‘lganligidir. 
Sir emaski, istiqlolimizning dastlabki yillarida xо‘jalik tizimining bir turdan 
boshqa turiga о‘tish jarayonida iqtisodiyotimizda, bir qancha muammolar Yuzaga kyelgan. 
Iktisodiy va Moliyaviy muammolar aholi turmush darajasining syezilarli darajada pasayish i 
va ishsizlikning darajasining о‘sib kyetishiga asosiy sabab bо‘ldi. Bunday sharoitda, bir 
tomondan cheklangan Moliyaviy mablaglarning davlat miqiyosidagi muhim umumiqtisodiy va 
ijtimoiy talablarni qondirilish maqsadiga yо‘naltirish chora-tadbirlari tursa, ikkinchi tomondan 
esa, Moliyaviy tanqislikni kyeltirib chiqaruvchi inqiroz sharoitida markaziy hokimiyatning 
oldida jamiyat ehtiyojlarini zaruriy ravishda qondirish uchun, boshqa, davlat ahamiyatiga 
molik xarajatlardan voz kyechishga majbur bо‘ladi. Shuning uchun ham davlat byudjetidan 
maqsadli jamg’armalarni ajratish zarurati Yuzaga kyeldi. CHunki ma’lum maqsadga 
yо‘naltirilgan jamg’armalarning tashkil qilinishi natijasida о‘sha sohaga bо‘lgan e’tibor yanada 
kuchayadi. Ijtimoiy nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, boshqa byudjetdan tashqari 
jamg’armalar ham ajralib chiqa boshladi va ularning asosida taraqqiyot yо‘limizning byesh 
tamoyilidan biri - kuchli ijtimoiy siyosat omili asosiy о‘rin tutar edi. 
Maqsadli jamg’armalarning tashkil qilinishi davlat о‘z Moliyaviy resurslaridan 
yanada samaraliroq foydalanish uchun zarurdir. Maqsadli jamg’armalarning davlat tomonidan 


qat’iy belgilanganligi, manbalarni tashkil etish yо‘llari aniq kо‘rsatilganligi, pul 
jamg’armalari bilan foydalanish yо‘llarining tartibi aniklab berilganligi, hukumatning Yuqori 
organlarini tyegishli qonun hujjatlari asosida о‘z faoliyatini Yuritishi bois ular umumdavlat 
Moliyasining muhim bо‘gini hisoblanadi. Maqsadli jamg’armalarning о‘z maqsadiga kо‘ra 
sarflanishi esa davlat ahamiyatga molik ijtimoiy muammolarni hal qilishi bilan birga,
aholi turmush darajasining yaxshilanishi va ou orkali mamlakatda amalga oshirilayotgan 
iktisodiy isloxotlarning kanchalik samara berayotganidan dalolat beradi. 
Maqsadli jamg’armalarning zarurligi va maqsadga muvofiqligini ta’minlovchi yana 
bir muhim o mil - bu byudjet taqchilligidir. Xarajatlarning daromadlardan о‘sib kyetishi 
Moliyaviy mablag’larni faqat kidirib topishni emas, balki korxonalar, tashkilotlar, va jismoniy 
shaxslardan tushgan mablag’larni kayta guruhlanishini ham talab etadi. Pirovardida esa, 
xо‘jalikni va xususiylashtirishning kо‘p qirrali shakllari, byudjet shakllari bilan bir qatorda 
jamiyatda pul mablag’larini qayta taqimlashning yangi usullarini qо‘llash zaruriyatini qat’iy 
talab etadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan sо‘ng bozor iqtisodiyotiga о‘tish 
konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu konsepsiyada bozor iqtisodiyotining tub belgilarini ilmiy 
izohlagan holda, ularni shakllantirish yо‘llari yoritib berilgan. Shu bilan birga unda 
aholining keng katlamlarini, eng avvalo uning nochor guruhlarini ijtimoiy himoyalashni 
ta’minlash chora tadbirlarini kо‘rish zarur dyeb qaraladi. Bizning mamlakatimizda ijtimoiy 
himoyalash muommolarni hal etishda SHarqda ming yillar davomida qaror topgan 
ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga, turmush tarzi va dunyokarash xususiyatlariga muvofiq yо‘l 
tutiladi. Ijtimoiy siyosatning bizning respublikamizda alo hida ahamiyatga ega ekanligi 
fakat iktisodiy vaziyatlargagina bog’lik emas, balki sog’lom avlodni tarbiyalash hakida, kо‘p 
bolali uzbek oilasiga madad berish hakidagi g’amxо‘rlik ham, halkning ma’nviy 
qadriyatlariga asoslangan holda kyeksalarga, himoyasizlarga an’anaviy yordam berish ehtiyoji 
bilan bog’likdir. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish