16-mavzu: Davlat byudjeti xarajatlari
1.
Byudjet xarajatlarining mohiyati, tarkibi, tuzilmasi va klassifikasiyasi.
2.
Byudjetdan Moliyalashtirish: ta’rifi, prinsiplari, usullari, shakllari va
myetodlari.
3.
Byudjet normalari (mye’yorlari), xarajatlar smetasi va byudjet krediti.
4.
Byudjet xarajatlarini sarflash masalalari va vazifalari.
1. Byudjet xarajatlarining mohiyati, tarkibi, tuzilmasi va klassifikasiyasi.
Davlatning о‘z funksiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bog’liq ravishda vujudga
kyelgan chiqimlar byudjet xarajatlari deyiladi. Bu chiqimlar davlatning markazlashtirilgan pul
fondlari mablag’larini turli yо‘nalishlar bо‘yicha foydalanish jarayonida vujudga kyeladigan
iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Byudjet xarajatlari umumiy Moliyaviy kategoriya bо‘lgan byudjetning kо‘rinishlaridan
biri bо‘lib, unga tyegishli bо‘lgan umumiy xususiyatlarga egadir, ya’ni ular taqsimlash
xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog’langan
va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda byudjet xarajatlari bir butunning
о‘ziga xos qismi bо‘lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari
mablag’laridan foydalanish va tyegishli fondlarni shakllantirish bilan bog’liqdir. Bu taqsimlash
munosabatlarining moddiy-buYumlashgan shakli turli sohalarga yо‘naltirilayotgan byudjet
mablag’larining harakatidan iborat.
Byudjet xarajatlarining iqtisodiy mohiyati uning turli-tuman kо‘rinishlari (turlari) orqali
namoyon bо‘ladi. Xarajatlarning har bir turi esa о‘zining miqdoriy va sifat xarakteristikasiga
ega. Bunda ularning sifat xarakteristikasi voqyelikning iqtisodiy tabiatini ifodalab, byudjet
xarajatlarining mо‘ljallanganligini, miqdoriy xarakteristika esa ularning о‘lchamini (miqdorini,
hajmini) aniqlashga imkon beradi.
Byudjet xarajatlari chiqimlarning konkryet turlari orqali namoyon bо‘ladi. Byudjet
xarajatlari konkryet turlarining xilma-xilligi esa, о‘z navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi
bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot
darajasi;
byudjetning
milliy iqtisodiyot bilan bog’langanligi; iqtisodiy
munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; byudjet mablag’larining namoyon bо‘lish shakllari va
h.k. Bu omillarning qо‘shilishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida har
qanday davlat byudjet xarajatlarining u yoki bu tizimini vujudga kyeltiradi.
Jamiyatning iqtisodiy hayotida byudjet xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun
ularni ma’lum belgilarga kо‘ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Nazariya va amaliyotda
byudjet xarajatlarini klassifikasiya qilishning bir nyecha belgilari mavjud. Ular о‘zlarining
iqtisodiy mazmuni, funksionalligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish
tarmoqlari va faoliyat turlari yoki idoraviy bо‘linishi, ijtimoiy mо‘ljallanganligi bо‘yicha,
hududiy turkumlanishi, ma’lum maqsadlari va Yuridik nuqtai-nazardan yoki davlat boshqaruvi
darajasiga kо‘ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.
Eng avvalo, о‘zining iqtisodiy mazmuniga kо‘ra byudjet xarajatlari kapital va joriy
xarajatlarga bо‘linadi. Bu xarajatlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga ularning
qanday ta’sir kо‘rsatishi mumkinligini ifoda etadi.
Byudjetning kapital xarajatlari innovasion va investision faoliyatga yо‘naltirilgan
xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:
a) tasdiqlangan investision dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil
etilayotgan Yuridik shaxslarga investisiyalar uchun mо‘ljallangan xarajatlar;
b) Yuridik shaxslarga investision maqsadlar uchun byudjet kreditlari sifatida beriladigan
mablag’lar;
v) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq bо‘lgan kapital ta’mirlashni amalga
oshirish xarajatlari va Shu bilan bog’liq bо‘lgan boshqa xarajatlar;
g) amalga oshirilishi davlat mulkiga tyegishli bо‘lgan mulkni oshirish yoki uni yangidan
yaratishga olib kyeladigan xarajatlar;
d) byudjet xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq byudjetning kapital
xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar kiradi.
Byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot byudjeti shakllantirilishi mumkin.
Davlat hokimiyat organlari, mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari, byudjet
tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yо‘naltirilgan byudjet xarajatlari, boshqa
byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotasiya, subsidiya va subvyensiya shaklida
kо‘rsatiladigan davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlar va byudjet
xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa
xarajatlar byudjetning joriy xarajatlari deyiladi.
Aniqroq ravishda byudjetning joriy xarajatlari tarkibi quyidagilardan iborat bо‘lishi
mumkin:
davlat istye’moli xarajatlari (iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani, milliy
xо‘jalikning davlat darmoqlarini saqlash, fuqarolik va harbiy xarakterdagi tovarlar
va xizmatlarni sotib olish, davlat muassasalarining joriy xarajatlari);
hokimiyatning quyi organlari, davlat korxonalari va xususiy korxonalarga joriy
subsidiyalar;
transfyert tо‘lovlari;
davlat qarzlari bо‘yicha foizlarni tо‘lash;
boshqa xarajatlar.
Bu xarajatlar oddiy byudjetda yoki joriy xarajatlar va daromadlar byudjetida aks etgan
chiqimlarga, asosan, mos kyeladi.
Takror ishlab chiqarishdagi roliga kо‘ra byudjet xarajatlari milliy iqtisodiyotga
(xо‘jalikka) qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash
xarajatlariga bо‘linadi. Bu xarajatlarga, eng avvalo, davlat korxonalari va davlat ulushi bor
bо‘lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va
rivojlantirish, davlat moddiy zahiralarini yaratish xarajatlari kiradi. Byudjetning ijtimoiy soha
hamda aholini ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bо‘lgan
xarajatlardir. Bu xarajatlar istye’mol fondlarini shakllantirish bilan bog’liq. Ularning bir qismi
jamiyat a’zolarining individual ehtiyojlarini, boshqa bir qismi esa butun jamiyatning
ehtiyojlarini qondirishga mо‘ljallangan. Bu yerda byudjet xarajatlari ijtimoiy istye’mol
fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) shakllantirishni
tо‘liq, shaxsiy ist’mol fondlarini esa qisman (nomarkazlashtirilgan Moliyaviy resurslar bilan
birgalikda) ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda, byudjet mablag’larining katta qismi shaxsiy
istye’mol fondlarining ijtimoiy istye’mol fondlariga (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va
sport, fan, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan
xizmatlar bahosi о‘rtasidagi farqlarni qoplash, kо‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga
nafaqalar fondlari va boshqalar) tyegishli bо‘lgan qismini shakllantirishda keng foydalaniladi.
Funksional nuqtai-nazardan byudjet xarajatlarining klassifikasiya qilinishi ijtimoiy
faoliyat sohalariga pul mablag’larining yо‘naltirilganligini aks ettiradi. Bunda byudjet xarajatlari
quyidagi yirik guruhlarga bо‘linishi mumkin:
davlat boshqaruvi va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish;
sud hokimiyati;
xalqaro faoliyat;
milliy mudofaa;
huquqni muhofaza qilish va davlat xavfsizligini ta’minlash;
fundamyental tadqiqotlar va ilmiy-texnika taraqqiyotini ta’minlash;
sanoat, enyergyetika va qurilish;
qishloq xо‘jaligi va baliqchilik;
atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish, gidromyetyeorologiya,
xaritaShunoslik va gyeodyeziya;
transport, yо‘l xо‘jaligi, aloqa va informatika;
uy-joy-kommunal xо‘jaligi;
maorif;
sog’liqni saqlash va jismoniy tarbiya;
madaniyat, san’at va kinyematografiya;
ommaviy axborot vositalari;
davlat qarziga xizmat qilish;
boshqa darajadagi byudjetlarga Moliyaviy yordam;
maqsadli byudjet fondlari;
davlat zahiralari va ryezyervlarini tо‘ldirish;
ijtimoiy siyosat;
boshqa xarajatlar.
Byudjet xarajatlarining Yuqoridagi tartibda klassifikasiya qilinishi ijtimoiy hayotning
turli jabhalarida davlatning rolini kо‘rsatadi.
Byudjet xarajatlarining tarmoq belgisi bо‘yicha guruhlarga ajratishning asosiga milliy
iqtisodiyot (xо‘jalik)ning umume’tirof etilgan tarmoqlarga bо‘linishi qabul qilingan. Shunga
muvofiq ravishda byudjet xarajatlari sanoat, qishloq xо‘jaligi, qurilish, transport, aloqa, maorif,
sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, davlat
boshqaruvi, mudofaa va h.k. xarajatlariga bо‘linishi mumkin. Byudjet xarajatlari milliy
iqtisodiyot (xо‘jalik) tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda mustahkam Moliyaviy asosni
yaratish bilan birgalikda, xarajatlarning tarmoqlararo bо‘linishi Moliyaviy resurslarni
taqsimlashdagi nisbatlarni aniqlashga ham imkon beradi, milliy xо‘jalikning tarmoq tarkibiy
tuzilishini kerakli yо‘nalishda о‘zgartiradi. Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan
milliy daromadning hajmi byudjet mablag’larining katta qismini ijtimoiy soha va aholini
bevosita ijtimoiy qо‘llab-quvvatlashga yо‘naltirish imkonini berayapti. Bir vaqtning о‘zida
iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarining (mashinasozlik, qishloq xо‘jaligi, elyektroenyergyetika va
boshqalar) katta masshtablarda byudjetdan Moliyalashtirilishi ham ta’minlanayapti.
Idoraviy belgiga kо‘ra byudjet xarajatlarining klassifikasiya qilinishi byudjet
assignovaniyalarini oluvchi vazirlik, boshqa davlat muassasasi yoki Yuridik shaxsning ajratib
olinishiga imkon beradi. Byudjet xarajatlarining ana Shunday klassifikasiya qilinishi natijasida
boshqaruv tizimining о‘zgarishi bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlar tuzilmasidagi о‘zgarishlar о‘z
vaqtida kо‘rsatiladi.
Ijtimoiy mо‘ljallanganligi bо‘yicha byudjet xarajatlarining iqtisodiy guruhlarga ajratilishi
davlatning toifasi va u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarni о‘zida aks ettiradi. Ana Shunga
muvofiq ravishda byudjetning barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bо‘lish mumkin:
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy-qо‘llab-quvvatlash xarajatlari;
milliy xо‘jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar;
harbiy (mudofaa) xarajatlar(i);
boshqaruv xarajatlari;
rivojlanayotgan mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar taqdim etish xarajatlari.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash xarajatlari о‘z tarkibiga maorif,
sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb
etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi.
Davlatning ijtimoiy funksiyasini о‘zida aks ettirib, bu guruhdagi byudjetning xarajatlari xalq
ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni Moliyalashtirishga,
aholining tibbiy xizmatga bо‘lgan talabini (ehtiyojini) qondirishga, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy
ta’minotni amalga oshirishga keng yо‘l ochib beradi.
Ta’lim va sog’liqni saqlashning tekinligi hamon ustuvorligicha qolayapti. Umumiy
ta’limni tekin va kasbiy ta’limni tanlov asosida olish kafolatlanganligicha qolmoqdi. Aholining
kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga katta e’tibor berilmoqda. Ish haqining
eng kam darajasini oshirish, ishsizlik bо‘yicha berilishi lozim bо‘lgan nafaqalarning miqdorini
kо‘paytirish, maktab yoshigacha bо‘lgan bolalar, maktab о‘quvchilari, studyentlarning
ovqatlanish xarajatlarini kompyensasiya qilish, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqini
tartibga solish bо‘yicha choralar kо‘rilmoqda.
Milliy xо‘jalikka (iqtisodiyotga) byudjetdan xarajatlarning qilinishi davlatning hamon
xо‘jalik Yurituvchi asosiy sub’yektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar
katta masshtablarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industrial asosda qishloq
xо‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyot boshqa tarmoqlarining
texnikaviy qayta qurollanishini ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning uchun ham hozirgi
sharoitda byudjetning bu xarajatlari orasida iqtisodiyotga xarajatlar va markazlashtirilgan
investisiyalarni Moliyalashtirish xara-jatlari alohida о‘rinni egallaydi.
Hozirgi sharoitda takror ishlab chiqarish jarayonlariga va ishlab chiqarish kuchlarini
rivojlantirishga byudjetning ma’lum maqsadlarga yо‘naltirilgan ta’sirchanligi kuchaymoqda.
Byudjet xarajatlari iqtisodiyot rivojiga rag’batlantiruvchi ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun ham
jahonning kо‘pgina mamlakatlaridagi (masalan, Gyermaniya, YAponiya, Janubiy Koryeya,
Tayvan va boshqa mamlakatlarda) “iqtisodiy mо‘jiza” aynan davlatning Moliyaviy qо‘llab-
quvvatlashi natijasida sodir bо‘ldi.
Byudjetning milliy xо‘jalikka (iqtisodiyotga) yо‘naltirilgan xarajatlari tarkibi ilmiy-
tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, iqtisodiy va sosial infrastruktura, qishloq
xо‘jaligini va iqtisodiyotning davlat tarmoqlarini qо‘llab-quvvatlash, milliy xо‘jalikning ayrim
tarmoqlari va mamlakat mintaqalarida bandlilikni ta’minlash, eksportni rag’batlantirish
xarajatlaridan iborat.
Kyeyingi yillarda davlat kapital quyilmalarining hajmi keskin oshmoqda. Xususiy
firmalarga, ayniqsa, taraqqiyot mintaqalariga berilayotgan subsidiyalar miqdori kupaymoqda.
Iqtisodiyotda tarkibiy о‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadida uning ayrim tarmoqlarida davlat
kafolati ostida davlat subsidiyalari yoki imtiyozli bank kreditlari kо‘rinishida tanlanma yordam
kо‘rsatilayapti.
Byudjetdan katta miqdordagi mablag’lar iqtisodiyotning qishloq xо‘jaligi tarmog’iga
taqdim etilayapti. Bu tarmoq ustuvor ravishda qо‘llab-quvvatlanishi lozim bо‘lgan tarmoq
hisoblanadi. Qishloq xо‘jaligiga beriladigan subsidiyalar ikki kо‘rinishda taqdim etilmoqda:
1) qishloq xо‘jaligi mahsulotlariga kafolatlangan baholarni qо‘llab-quvvatlash;
2) ishlab chiqarish maqsadlari – qishloq xо‘jaligi mashinalari, minyeral о‘g’itlar sotib
olish va omborxonalar qurish – uchun.
Milliy mahsulotlarni eksport qiluvchi firmalar faoliyatiga byudjetdan yordamning
kо‘rsatilishi ham jahon bozorlaridagi shiddatli raqobat sharoitida ularning ahvolini ancha
yengillashtiradi.
Byudjet xarajatlari orqali iqtisodiyotga davlatning aralaShuvi iqtisodiy о‘sishning
nisbatan Yuqori sur’atlarda о‘sishini rag’batlantiribgina qolmasdan, balki uning siklik
tyebranishini ham Yumshatadi (syekinlashtiradi).
Byudjetning harbiy (mudofaa) xarajatlar(i) ham davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi.
Ular har bir davlatning о‘z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi kerakligi bilan bog’liqdir.
Byudjet mablag’lari hisobidan Qurolli Kuchlarning barcha turlari Moliyalashtiriladi.
Harbiy (mudofaa) xarajatlar(i) tо‘g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlarga bо‘linadi.
Tо‘g’ri (bevosita) harbiy xarajatlar stratyegik qurollarni ishlab chiqarish yoki sotib olish, qurolli
kuchlarning shaxsiy tarkibini tayyorlash va saqlash, harbiy xarakterdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini
amalga oshirish xarajatlaridan iborat bо‘lishi mumkin. Bu turdagi harbiy (mudofaa) xarajatlar(i)
urush harakatlari sodir etilayotgan paytda va mamlakat iqtisodiyotining militarizasiyalaShuvi
sharoitida keskin oshadi.
Egri (bilvosita) harbiy (mudofaa) xarajatlar(i)ga urush nogironlari va vafot etganlar
oilalariga beriladigan pyensiya va nafaqalar, fuqarolik idoralarining moddalari bо‘yicha
о‘tadigan xarajatlarning (masalan, yо‘l va stratyegik ob’yektlarni qurish xarajatlari) bir qismi
kiradi.
Davlat tomonidan boshqaruv shaklidagi faoliyat turining amalga oshirilishi, uning
xо‘jalik-tashkilotchilik funksiyasi byudjetdan boshqaruv xarajatlari dyeb nomlangan alohida
xarajatlarning qilinishini taqoza etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati organlari, sud va
prokuratura organlari, fuqarolarning о‘z-о‘zini boshqaruv organlari) xarajatlari davlat organlari
faoliyatining Moliyaviy asosini tashkil etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik
qilishga imkon yaratadi.
Rivojlanayotgan
mamlakatlarga
subsidiyalar
va
kreditlar
berish
rivojlangan
mamlakatlarning byudjetlari hisobidan amalga oshiriladi. Bunday yordam faqat iqtisodiy omillar
bilan emas, balki siyosiy jihatlari bilan xarakterlanadi. Imtiyozli shartlarda kreditlashtirish va
qaytarilmaydigan tarzda yordam kо‘rsatish uning kо‘rinishlaridandir.
Byudjetning barcha xarajatlari Yuqoridagi byeshta guruhdan qaysi biriga kirishidan
qat’iy-nazar ular о‘zlarining ma’lum konkryet maqsadlarga mо‘ljallanganligi bо‘yicha ham bir
nyecha qismlarga bо‘linadi. Bu qismlar byudjet xarajatlarining konkryet turlaridan tarkib topadi.
Kapital quyilmalar, dotasiyalar, subvyensiyalar, subsidiyalar, byudjet ssudalari, ish haqi,
ovqatlanish xarajatlari, kapital va joriy ryemont, kansyelyariya va xо‘jalik xarajatlarini byudjet
xarajatlarining konkryet turlari sifatida kо‘rsatish mumkin. Byudjet xarajatlarining ma’lum
konkryet maqsadlarga mо‘ljallanganligi bо‘yicha turkumlanishi byudjet mablag’laridan oqilona
foydalanishga sharoit yaratadi, byudjet assignovaniyalaridan foydalanish ustidan samarali va
ta’sirchan Moliyaviy nazoratni amalga oshirishning zaruriy asosi hisoblanadi.
Iqtisodiy nuqtai-nazardan turkumlarga ajratilishi bilan bir qatorda byudjetning
xarajatlarini tashkiliy jihatdan ham guruhlarga ajratish mumkin. Buning asosida byudjet
xarajatlarini Yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uYushmalar, assosiasiyalar, birlashmalar,
konsyernlar, kompaniyalar va h.k.) va hududiy belgilari yotishi mumkin. Byudjet xarajatlarining
Yuqori tashkilotlar bо‘yicha guruhlanishi byudjet mablag’larini konkryet oluvchilarni kо‘rsatadi
va ular tarmoq ichida pul fondlarini shakllantirishda mas’ul bо‘lib, ajratilgan byudjet
assignovaniyalaridan о‘z vaqtida, samarali va qonuniy foydalanish ustidan javobgardirlar.
Byudjet
xarajatlarining hududiy belgiga muvofiq ravishda bо‘linishi ular
markazlaShuvining turli darajalarini о‘zida aks ettiradi. Shu munosabat bilan, davlat boshqaruvi
darajasi va Yuridik nuqtai-nazardan byudjet xarajatlari uch guruhga kiruvchi xarajatlardan tarkib
topadi:
Davlat byudjeti xarajatlari;
Respublika byudjeti xarajatlari;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning xarajatlari.
“Byudjet tizimi tо‘g’risida”gi О‘zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasiga
muvofiq Davlat byudjeti xarajatlari quyidagi shakllarda amalga oshirilali:
byudjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari;
joriy byudjet transfyertlari;
kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va
xizmatlar ham Shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror
ishlab chiqarish, chyet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk
olish, davlat ehtiyojlari uchun yerga bо‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy
aktivlarni olish, davlat zahiralarini vujudga kyeltirish xarajatlari);
kapital xarajatlarni qoplash uchun Yuridik shaxslarga beriladigan transfyertlar;
ryezidyent-Yuridik shaxslarga va chyet el davlatlariga beriladigan byudjet
ssudalari;
davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan byudjet dotasiyalari va byudjet
ssudalari;
qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa xarajatlar.
О‘z navbatida, Respublika byudjeti xarajatlarining tarkibi quyidagilardan iborat
(Yuqoridagi qonunning 16-moddasi):
respublika byudjetidan Moliyalashtiriladigan byudjet mablag’i oluvchilarning
joriy xarajatlari;
joriy byudjet transfyertlari;
kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va
xizmatlar ham Shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror
ishlab chiqarish, chyet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk
olish, davlat ehtiyojlari uchun yerga bо‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy
aktivlarni olish, davlat zahiralarini vujudga kyeltirish xarajatlari);
kapital xarajatlarni qoplash uchun Yuridik shaxslarga beriladigan byudjet
transfyertlari;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga byudjet
dotasiyalari, byudjet subvyensiyalari va byudjet ssudalari;
ryezidyent-Yuridik shaxslarga va chyet el davlatlariga beriladigan byudjet
ssudalari;
davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan byudjet dotasiyalari va byudjet
ssudalari;
qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa xarajatlar.
Shuningdyek, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar xarajatlari
quyidagi shakllarda amalga oshiriladi (tyegishli qonunning 19-moddasi):
Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlardan Moliyalashtiriladigan
byudjet tashkilotlarining joriy xarajatlari;
joriy byudjet transfyertlari;
kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va
xizmatlar ham Shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror
ishlab chiqarish, davlat ehtiyojlari uchun yerga bо‘lgan huquqni va boshqa
nomoddiy aktivlarni olish);
qonun hujatlarida ta’qiqlanmagan boshqa xarajatlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetning xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy
bog’langandir. Bunday о‘zaro bog’liqlik xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq
kelishi va ularning bir-biriga о‘zaro ta’sir kо‘rsatishi orqali ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat
hollarda, byudjet xarajatlarining hajmi byudjet daromadlarining hajmi bilan cheklanadi. О‘z
navbatida, byudjet daromadlarining hajmi esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari bilan
aniqlanadi. Shuning uchun ham bu yerda byudjet xarajatlarining Shunday hajmini va milliy
xо‘jalikda pul fondlarini shakllantirishda byudjet mablag’laridan foydalanishning Shunday
muddatlarini о‘rnatish kerakki, ular minimal xarajatlar qilib maksimal samaraga erishi orqali
davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasin. Boshqa
tomondan esa, ishlab chiqarishning о‘sishiga ijobiy ta’sir qilish, ilmiy-texnika taraqqiyotini
tyezlashtirish va milliy xо‘jalikdagi proporsiyalarni optimallashtirish orqali byudjetning
xarajatlari uning daromadlari darajasining ortishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Byudjet xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi ularni milliy xо‘jalikning
samaradorligi nuqtai-nazaridan baholashni juda dolzarb muammoga aylantirib qо‘yadi. Bunda
milliy xо‘jalikning yakuniy natijasini baholab, faqat unga tyegishli bо‘lgan daromadlarning
qо‘shimcha ravishda о‘sganligiga e’tibor berish bilan cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bu
yerda, bir vaqtning о‘zida, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muammolarning qay
darajada hal etilganligi ham nazardan chyetda qolmasligi kerak. Albatta, milliy xо‘jalikning
yakuniy natijasi byudjet xarajatlarining umumiy hajmiga, ularning tarkibiy tuzilishiga, byudjet
mablag’laridan tо‘g’ri, iqtisod qilib va samarali foydalanishga bevosita bog’liq. Shuning uchun
ham hozirgi sharoitda byudjet xarajatlarining ilmiy asoslangan holda Rejalashtirilishiga, byudjet
assignovaniyalaridan foydalanish ustidan Moliyaviy nazoratning butun tizimiga alohida e’tibor
berish lozim.
Milliy xо‘jalikni Moliyaviy tartibga solishning muhim instrumyentlaridan biri ham
byudjetning xarajatlaridir. Bu yerda, odatda, Moliyaviy tartibga solish deyilganda, milliy
xо‘jalikdagi oqilona proporsiyalarni ta’minlash maqsadida byudjet mablag’larini tarmoqlar va
hududlar kyesimida taqsimlash va qayta taqsimlashning shakllari va myetodlari majmui
tuShuniladi. Milliy xо‘jalikni Moliyaviy tartibga solishning ob’yektiv zarurligi katta
о‘zgaruvchanlik bilan xarakterlanadigan uning murakkab bо‘lgan organizmi turli qismlarida
Moliyaviy resurslarni jamg’arish sur’atlarining turlichaligi bilan izohlanadi. Byudjet resurslarini
sarf qilish orqali davlat pul mablag’larini taqsimlashda vujudga kyelgan proporsiyalarni
о‘zgartirishi va buning oqibatida ba’zi bir tarmoqlarning (hududlarning) rivojlanishini
tyezlashtirishi va boshqalarining rivojlanishini rag’batlantirmasdan milliy xо‘jalikning
rivojlanishini tartibga solishi mumkin. Byudjet mablag’larining katta qismidan muhim ishlab
chiqarish-hududiy komplyekslarni rivojlantirishga sarflash syekin-astalik bilan chuqur sifat
о‘zgarishlarining sodir bо‘lishiga – ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasining о‘zgarishiga
olib kyeladi.
Mamlakat milliy xо‘jaligini Moliyaviy jihatdan tartibga solish byudjet daromadlarini
Rejalashtirish va byudjetdan Moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi.
Rejalashtirish jarayonining о‘zidayoq byudjet xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga
(tarmoq, vazirlik va maqsadli kyesimlarda) va vyertikaliga (boshqaruvning turli darajalariga
muvofiq ravishda) taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy о‘zgarishlarning sodir bо‘lishi uchun
tyegishli sharoit yaratiladi. Byudjetdan Moliyalashtirish jarayonida esa davlat о‘zining ixtiyoriga
kelib tushayotgan pul mablag’larini Rejalashtirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng
manyovr qilish imkoniga ega bо‘ladi. Mablag’larni konkryet taqsimlovchilarga byudjet
kreditlarini ochish, byudjet assignovaniyalarini berish va ularning samarali foydalanishi ustidan
nazoratni amalga oshirib, Moliya organlari iqtisodiyotning rivojlanishi ustidan kuzatuvni diqqat
bilan amalga oshiradilar va kerak bо‘lgan hollarda taqsimlanayotgan byudjet mablag’larining
proporsiyalarini о‘zgartiradilar.
Byudjetda daromadlarni xarajatlarning konkryet turlari va yо‘nalishlari bо‘yicha
biriktirilishi prinsipi bо‘lmaganligi uchun bu yerda byudjet resurslari bilan keng manyovr qilish
va Shunga muvofiq ravishda davlatning ixtiyoriga kelib tuShuvchi pul mablag’lari har qanday
zaruriy yо‘nalishda foydalanilishi mumkin.
Byudjet xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan
bajarilayotgan funksiyalarga, milliy xо‘jalikning ehtiyojlariga bog’liq hamda byudjet
mexanizmi orqali ishlab chiqarish va istye’molning ba’zi bir omillariga davlatning
ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |