uning tarkibida 39 mamlakat ishtirok etgan. Xozir XVFga 180 mamlakat kiradi, ular turli siyosiy
va iqtisodiy tizimlar nomidan ish ko’radi.
Agar Jahon iqtisodi bilan Xalqaro iqtisodiy munosabatlar obrazli tarzda “tirik jon” bilan
taqqoslansa, uni “qon bilan ta’minlovchi” deyish mumkin, ular “tananing” yashashini
ta’minlaydi, XVF tizimini esa “qon aylanish tarmog’i” deyish mumkin, bunda u XVF va
uning aloqalari ko’rinishidagi “a’zolar” hamda “tomirlar”ni tashkil etadi.
XVF instutusiyaviy tarkibi turli darajadagi tashkilotlardan globaldan tortib,
submintaqaviy, ko’p tomonlama, ikki tomonlama va bir tomonlama tuzilgan.
Global miqyosda XMI tizimi Xalqaro ValYuta Fondi (XVF) va Jahon Banki (JB)
guruhiga ega bo’lib, Xalqaro tiklanish va rivojlanish banki (XTTB) uning asosiy tarkibiy qismi
hisoblanadi, bu 1944 yilda BMTning valYuta-Moliya masalalari bo’yicha Bryetton-Vuds (NYu-
Xyempshir shtati AQSH) da bo’lib o’tgan konfyeryensiyasida XVF bilan bir vaq da tashkil
etilgan. Bu ikki tashkilot ko’pincha Bryetton-Vuds tashkiloti dyeb ataladi, ular ikkinchi jahon
urushi tugagandan kyeyin XI va XIM ning mustahkam mavqyeini ta’minlash uchun tuzilgan edi.
XVFning bosh maqsadi – xalqaro valYuta tizimi ustidan nazoratni amalga oshirish va
barcha a’zo mamlakatlarga (ham
rivojlangan boy, ham rivojlanayotgan kambag’al) qisqa
muddatli Moliyaviy muammolarni hal etishda yordam ko’rsatish. O’zbekiston 1992 yilda XVFga
a’zo bo’lgan.
Jahon bankining bosh maqsadi – uzoq muddatli iqtisodiy o’sishga yordam ko’rsatish,
buning natijasi o’laroq, rivojlanayotgan mamlakatlarda qashshoqlikni tugatish. JBni qarzlari
faqat rivojlanayotgan mamlakatlarga ularning uzoq muddatli rivojlanishni hal etish uchun
beriladi. O’zbekiston Jaxon bankiga 1992 yilda a’zo bo’lgan. JBda 3 ta sho’ba bor, bular
XTTBdan ancha kyeyin tashkil etilgan.
Bu – 1956 yilda tuzilgan Xalqaro Moliyaviy korporasiya (XMK), u xususiy Shu’baga
xukumat kafolatisiz investisiyalar beradi.
Bu – Xalqaro rivojlanish assosiyaasiyasi (XRA), 1960 yilda tuzilgan bo’lib, kambag’al
mamlakatlarga xukumat kafolatini olgan holda foizsiz qarzlar beradi.
Bu – Investisiyalashni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlik (IKKA), 1988 yilda
tuzilgan, investorlarni notijorat risklardan himoya qilish maqsadida investisiyalar bo’yicha
kafolatlar berish yo’li bilan rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy investisiyalarni amalga
oshirishga ko’maklashadi, xuquqiy yoki siyosiy, masalan,
urush riski, siyosiy larzalar riski,
milliylashtirish riski, investisiya qilingan mamlakat xukumatining xatti xarakatlari riski.
XVF va JB (XTTB va uning uch shahobchasi XMK, XRA, IKKA) BMTning
iqtisoslashgan tashkilotlar hisoblanadi. Ular Vashington shahrida (AQSH, Kolumbiya okrugida)
joylashgan.
- XTTB rivojlanayotgan mamlakatlarga foizli qarz beradi, foiz stavkasi har 6 oyda
o’zgarib turadi. Xozirgi vaqtda mazkur stavka 6-7%ga tyeng. Imtiyozli davr, odatda, 5 yilga
tyeng, qarz 15-20 yil mobaynida qaytarildi. Qarz berish xukumat kafolati olingandan so’ng
amalga oshiriladi.
Qit’alar miqyosidagi XMI tizimida Xalqaro hisob-kitoblar banki (XXKB) ga ega, 1930
yilda Yevropaning 5 mamlakati va Osiyodagi yetakchi mamlakat –
YAponiya xamkorligida
Markaziy banklar Xalqaro banki sifatida tuzilgan. Bular asoschilar, ya’ni rahbariyat va XXKB
mijozlari hisoblanadi.
XXKBning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 1) Markaziy banklararo
hamkorlikka ko’maklashish; 2) Xalqaro Moliyaviy opyerasiyalar uchun qulay sharoitni yaratish,
3) O’z mijozlari xalqaro hisob-kitoblarni o’tkazishida ishonchli vakil yoki agent sifatida xarakat
qiladi. Qarorgohi Bazyel shahri (SHvyeysariya)da joylashgan. XXKB amalda XVF va JBning
yordamchi organi hisoblanadi va bular bilan yaqindan aloqa o’rnatgan. Faoliyatining qat’iy sir
tutilishi uning o’ziga xos xususiyatidir.
Mintaqaviy miqyosda XMI tizimi Amyerakaaro rivojlanish banki (ATB)ga ega, u 1959
yilda tuzilgan, Yevropa tiklanish va rivojlanish banki (YETTB) ga ega, u 1991 yilda tuzilgan;
Afrika Rivojlanish bankiga (AFTB)ga ega, u 1963 yilda tuzilgan; Osiyo rivojlanish banki
(OTB)ga ega, u 1965 yilda tuzilgan. Ular uchun umumiy bo’lgan xususiyat BMT bilan aloqada
bo’lishligi, BMT bilan bular uning tyegishli qit’alardagi iqtisodiy komissiyalari orqali
bog’lanadi.
XTTBning maqsadi – a’zo mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishini tyezlashtirish,
davlatlar
va xususiy shaxarlarning qit’adagi kapital quyilmalarini rag’batlantirish, qarz berish yoki uni
kafolatlash, rivojlanish programmasini Moliyalash.
AFTBning maqsadi – qit’ani rivojlantirish programmasini loyihalash yo’li bilan
Afrikadagi a’zo mamlakatlar rivoji va ijtimoiy taraqqiyotiga ko’maklashishi.
OTBning maqsadi – Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar itisodi va tashqi savdosi
rivojlanishiga ko’maklashish. O’zbekiston OTBga 1996 yilda a’zo bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: