Umuman olganda, davlat krediti boshqa Moliyaviy kategoriyalardan о‘zining quyidagi
xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi:
agar bank kreditini taqdim etishda ta’minlanganlik elementi sifatida konkryet
boyliklar – ombordagi tovarlar, tugallanmagan ishlab chiqarish va boshqa Shunga
о‘xshashlar – maydonga chiqadigan bо‘lsa, davlat tomonidan mablag’lar qarzga
olinayotganda uning egaligida bо‘lgan barcha mol-mulk, ma’lum bir hududiy
birlikning mulki yoki uning qandaydir bir daromadi davlat kreditining
ta’minlanganlik elementi bо‘lishi mumkin;
Markaziy hukumat darajasida davlat krediti aniq maqsadli xarakterga ega
bо‘lmaydi. Shunday bо‘lishiga
qaramasdan, hokimiyatning quyi darajalarida
olingan qarziy mablag’lar aniq ifodalangan maqsadli xarakterga yо‘naltirilgan
bо‘ladi. Masalan, yangi yо‘llarni va turar-joy massivlarini qurish uchun olingan
qarziy mablag’lar ana Shunday xarakterga egadir
14
;
har qanday qarz oluvchi singari davlat ham mablag’larni oldindan belgilangan
muddatlarga jalb qiladi va bu muddatlar davlat kreditining aniq shartlarida о‘z
ifodasini topadi.
Davlat kreditining mazmun-mohiyati u tomonidan bajariladigan funksiyalar orqali yaqqol
namoyon bо‘ladi. Moliyaviy kategoriya sifatida davlat krediti quyidagi funksiyalarni bajaradi:
taqsimlash;
tartibga solish;
nazorat.
Davlat kreditining taqsimlash funksiyasi orqali davlatning markazlashtirilgan pul
fondlarini shakllantirish yoki muddatlilik, haqlilik va qaytaruvchanlik prinsiplari asosida ulardan
foydalanish amalga oshiriladi. Davlat qarz oluvchi (qarzdor) sifatida maydonga chiqib, о‘z
xarajatlarini Moliyalashtirishni qо‘shimcha mablag’lar bilan ta’minlaydi. Sanoati taraqqiy etgan
mamlakatlarda davlat qarzlari byudjet defisitini Moliyalashtirishning asosiy manbai bо‘lib
hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat qarzlari orqali olinadigan tuShumlar
byudjet xarajatlarini Moliyalashtirishning soliqlardan kyeyingi ikkinchi myetodidir. Bu narsa
soliq tuShumlarining oshishiga nisbatan byudjet xarajatlari о‘sish sur’atlarining Yuqoriligi bilan
izohlanadi.
Kapital xarakterdagi xarajatlarni qarzga olingan mablag’lar hisobidan Moliyalashtirish,
ma’lum chyegaralarda, ijobiy ahamiyatga ega. Masalan, maktab yoki kutubxona eng kamida
30-50 yil xizmat
qilganligi uchun bir emas, bir nyecha avlodning ehtiyojlarini qondirishi
mumkin. Shunday ekan, nyega unda ularning qurilishi, hatto yoki ehtimol maktab va
kutubxonaning xizmatidan foydalanishga ulgurmaydiganlarning soliqlari hisobidan bir nyecha
yilga tо‘lanishi kerak? Bunday holatlarda ana Shunga о‘xshagan ob’yektlarni qurish bilan
bog’liq bо‘lgan Moliyalashtirish masalalarini ularning xizmatlaridan foydalanishi mumkin
bо‘lgan barcha avlodning zimmasiga Yuklash oqilonadir. О‘z navbatida, Moliyalashtirish
manbalarini vaqt nuqtai-nazaridan uzaytirish (chо‘zish) о‘sha muddatga zayomlar chiqarish
yо‘li bilan ta’minlanishi mumkin. Bu holda maktabni yoki kutubxonani
qurayotgan avlod
kyeyingi avlod bilan bir xil Moliyaviy Yukni о‘z yelkasida kо‘tarishiga erishiladi. CHunki bu
holda ular tomonidan tо‘lanadigan soliqlar hisobidan asosiy qarz ham va ular bо‘yicha foizlar
ham qaytariladi.
Shunday qilib, kо‘rinib turibdiki, davlat krediti taqsimlash funksiyasining ijobiy ta’siri
natijasida, vaqt nuqtai-nazaridan, soliq Yuki og’irligining nisbatan tekisroq taqsimlanishiga
erishiladi. Davlat qarzlari hisobidan xarajatlarni Moliyalashtirish davrida olinayotgan soliqlar
miqdori oshmaydi va uning og’irlik Yuki ortmaydi. Aks holda, ya’ni xarajatlarni
Moliyalashtirishga davlat tomonidan qarzga olingan mablag’lar jalb qilinmasa, bu narsani,
boshqa sharoitlar tyeng bо‘lgan taqdirda, faqat soliqlar miqdorini oshirish va uning og’irlik
14
Афсуски, бундай характердаги давлат кредитлари ҳамон бизнинг мамлакатимизда
айтишга арзигулик
даражада таркиб топмаган.
Yukini orttirish evaziga Moliyalashtirish mumkin. Shuning uchun ham kyeyin – olingan
kreditlar qaytarilayotgan (uzilayotgan) paytda - soliqlar ularni tо‘lash uchun olinmasdan, balki
qarzlar bо‘yicha foizlarni uzish (qaytarish) uchun ham olinadi.
Davlat qarziga xizmat qilish va uni qaytarish bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlarni
Moliyalashtirishda soliqlar asosiy manba bо‘lsa-da, Lekin ular bu jarayonning yagona manbai
emas. Bunday xarajatlarni Moliyalashtirish manbalari mablag’lardan foydalanishning
yо‘nalishlariga bog’liq. Agar davlat tomonidan jalb qilingan kapitallar unumli joylashtirilsa,
qurib bitkazilgan ob’yekt ishga tushganidan sо‘ng foyda kyeltira boshlaydiki, uning hisobidan,
jumladan, olingan qarzlar qaytarilishi mumkin. Bu holda soliq Yuki og’irligining
kuchaytirilishiga hyech qanday hojat qolmaydi.
Davlat qarzlarini jalb qilish evaziga olingan kapitallardan unumsiz foydalanilsa,
masalan, ular hisobidan harbiy yoki sosial xarajatlar Moliyalashtirilsa, ularning qaytarish
(uzish)ning yagona manbai bо‘lib soliqlar yoki yangi qarzlar bо‘lishi mumkin. Oldin chiqarilgan
zayomlarni qaytarish (uzish) uchun yangi davlat zayomlarining joylashtirilishi davlat qarzlarini
qayta Moliyalashtirish deyiladi.
Davlatning qarz olishi natijasida soliq Yuki og’irligining kuchayishi ularning muddatiga
va qarz oluvchi tomonidan tо‘lanadigan kreditlarning foizlari darajasiga bog’liq. Investor uchun
davlat qarzining daromadlilik darajasi qancha Yuqori bо‘lsa, davlat
Shunchalik katta soliqlar
qismini ularni qaytarish (uzish) uchun yо‘naltirishga majbur. Agar davlat qarzining о‘lchami
qanchalik katta bо‘lsa, boshqa sharoitlar tyeng bо‘lgan taqdirda, ularga xizmat qilish uchun
yо‘naltirilayotgan mablag’larning salmog’i Shuncha Yuqori bо‘ladi.
Davlat krediti orqali davlat kredit munosabatlariga kirishaturib, u ixtiyoriy yoki
noixtiyoriy ravishda pul muomalasining ahvoliga (holatiga), pullar va kapitallar bozoridagi foiz
stavkalarining darajasiga, ishlab chiqarishga va aholi bandliligiga ta’sir kо‘rsatadi. Iqtisodiyotni
tartibga solish instrumyenti sifatida davlat kreditidan ongli ravishda foydalanib, davlat u yoki bu
Moliyaviy siyosatni amalga oshirishi mumkin.
Qarzlarni investorlarning turli guruhlari о‘rtasida joylashtirib, davlat pul muomalasini
tartibga soladi. Jismoniy shaxslarning mablag’larini jalb qilib, davlat ularning tо‘lovga
qobiliyatli talabini kamaytiradi. Davlat krediti hisobidan ishlab chiqarish xarajatlari, masalan,
investisiyalar, Moliyalashtirilsa muomaladagi naqd pul massasining absolYut qisqarishi sodir
bо‘ladi. Xuddi Shuningdyek, davlat krediti hisobidan о‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining ish
haqlari Moliyalashtirilsa, aholi tо‘lovga qobil talabining tarkibiy tuzilishi (strukturasi)
о‘zgarishiga qaramasdan, muomaladagi naqd pul massasi о‘zgarmasdan qolavyeradi.
Davlat qimmatli qog’ozlarini sotish-sotib olish yoki ularning
garovi asosida kreditlar
berish bо‘yicha Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan opyerasiyalar mamlakat tijorat
banklari likvidligini tartibga solishning muhim instrumyentlaridan biri bо‘lib hisoblanadi.
Moliyaviy bozorda qarz oluvchi sifatida maydonga chiqib, davlat qarziy mablag’larga
bо‘lgan talabni oshiradi va buning hisobidan kredit baholarining ortishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Davlatning talabi qancha Yuqori bо‘lsa, boshqa sharoitlar tyeng bо‘lgan taqdirda, ssuda
foizining darajasi Shuncha Yuqori bо‘ladi va tadbirkorlar uchun kredit Shunchaga
qimmatlashadi. Qarziy mablag’larning qimmat ekanligi ishlab chiqarish sohasiga tadbirkorlar
investisiyalarining qisqarishiga majbur qiladi va bir vaqtning о‘zida, u davlat qimmatli
qog’ozlarini sotib olish kо‘rinishidagi jamg’armalarni rag’batlantiradi.
Ma’lum chyegaraga yetgunga qadar bu jarayon ishlab chiqarishga keskin salbiy ta’sir
kо‘rsatmaydi. Agar mamlakatda erkin kapitallar yetarli darajada bо‘lsa, ular tо‘liq qо‘shib
olingunga qadar salbiy ta’sir darajasi nolga tyeng bо‘lib qolavyeradi. Faqat Shundan kyeyingina
Moliyaviy bozordagi davlatning faolligi ssuda foizining о‘sishida о‘z ifodasini topadi, pul
jamg’armalari katta qismining nounumli foydalanilishga jalb qilinishi esa iqtisodiy о‘sish
sur’atlarini susaytiradi.
Kreditor va kafil sifatida faoliyat kо‘rsatib, xorijdan qarzga olingan mablag’lar hisobidan
milliy ishlab chiqarish mahsulotlariga talabni vujudga kyeltirib, davlat ishlab chiqarish va aholi
bandliligiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarda kichik biznyes,
mahsulot eksporti yoki ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi
kuzatilayotgan alohida
mintaqalarda tyegishli dasturlarga muvofiq banklar tomonidan berilayotgan kreditlarni davlat
tomonidan kafolatlanishi yо‘li bilan ishlab chiqarishni rag’batlantirish tizimi keng tarqalgan.
Kichik biznyesni qо‘llab-quvvatlash kasodga uchrash hollari sodir bо‘lganda davlat
tomonidan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan kreditlar bо‘yicha banklarga bо‘lgan
qarzdorlikni qaytarishni (uzishni) о‘z zimmasiga olinishini anglatadi. Dunyoning sanoati
rivojlangan kо‘plab mamlakatlarida davlat yoki yarimdavlat kompaniyalari faoliyat kо‘rsatadiki,
ular milliy mahsulotlarni eksport qiluvchilarning notо‘lovlilik risklarini past stavkalar bо‘yicha
sug’urta qiladilar. Shu yо‘l bilan milliy mahsulotning yangi bozorlarni о‘zlashtirishi
rag’batlantiriladi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashni rag’batlantirishda
hududlar byudjetlari va nobyudjet fondlari hisobidan beriladigan kreditlar katta rol о‘ynaydi.
Ularning yordamida ma’lum bir mintaqalar va u yoki bu hududlar iqtisodiyoti kerakli
yо‘nalishlarining Yuqori sur’atlar bilan rivojlanishi ta’minlanadi.
Davlat kreditining nazorat funksiyasi Moliyaning nazorat funksiyasi bilan organik
ravishda qо‘shilib kyetgandir. Lekin uning bu funksiyasi Shu kategoriyaning о‘ziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqqan quyidagi xarakterli belgilarga ega:
davlatning faoliyati va markazlashtirilgan pul mablag’lari fondining ahvoli bilan
uzviy bog’langan;
qiymatning ikki tomonlama harakatini qamrab oladi, chunki mablag’lar
olinishining qaytarilishi va tiklanishini taqoza etadi;
faqat Moliyaviy tarkibiy tuzilmalar tomonidan emas, balki kredit institutlari
tomonidan ham amalga oshiriladi.
Davlat kreditining nazorat funksiyasi orqali mablag’larning maqsadli foydalanilishi,
ularning qaytarilish muddatlari va foizlarning о‘z vaqtida tо‘lanishi nazorat ostiga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: