qo’yiladigan talablar
Bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lish uchun talabalar quyidagilarni o’zlashtirishlari lozim: Kompaniyalarni boshqarishdagi korporativ siyosatning mazmuni, maqsadi va vazifalari; Investorlarning korporativ huquqi va manfaati asoslari; Korporativ siyosat normalari va tasir etuvchi omillar. Korporativ siyosat modelining turlari Aksiyadorlik jamiyatlarida qo’llanilgan korporativ siyosat modeli va uning xususiyatlari; Masuliyati cheklangan va qo’shimcha masuliyatli jamiyatlarining korporativ siyosat modeli va uning xususiyatlari
Fanning o’quv rejedagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jixatdan uzviy ketma ketligi
Moliya bozori va qimmatli qog’ozlar fani asosiy ixtisoslik fani xisoblanib, 3 va 4 semestrlarida o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish O’quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, informatika va axborot texnologiyalari), umumkasbiy (iqtisodiy talimotlar tarixi, milliy va jahon iqtisodiyoti) va gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy (iqtisodiyot nazariyasi va h.k.) fanlaridan yetarli bilim hamda kO’nikmalarga ega bO’lishlik talab etiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi O’rni
Moliya bozorining mazmuni, mamlakatimiz iqtisodiyotdagi ahamiyati, moliya bozorining tuzilmasi, tarkibiy qismlari va qatnashchilari, Moliya bozoriga hos voqyeliklar (jarayonlar) rivojini shakllantiruvchi omillar. Moliya bozorida amalga oshiriladigan bitishuv va operasiyalar mazmuni va turlari. Moliya bozorining iqtisodiy modeli. Moliya bozorining muvozanat holatini ifodalovchi tuzilmaviy- funksional modellarini aniqlash faninig vazifalaridan hisoblanadi.
Fanni O’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning moliya bozori va qimmatli qog’ozlar fanini O’zlashtirishlari uchun O’qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informasion - pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Talim jarayoniga yangi axborot-kommunikasiya va pedogogik texnologiyalarni, elektron darsliklar va multimedia vositalarini keng joriy etish orqali O’qitish sifatini yanada tubdan yaxshilash asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Fanni O’zlashtirishda darslik, O’quv va uslubiy qO’llanmalar, maruza matnlari, pedogogik texnologiyalar, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda internet resurslaridan foydalaniladi.
Maruza va amaliy darslarda mavzularga mos ravishdagi ilg’or pedagogik texnologiyalar va multimedia vositalari qO’llaniladi.
O’quv jarayoni bilan bog’liq; talim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli maruzalar O’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, O’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qO’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
"Moliya bozori va qimmatli qog’ozlar" kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |